So’nggi yangiliklar

22:47"Қуршовда қолган Кападзе". Ўзбекистон терма жамоаси машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:42Қирғиз Республикаси футболчиси: "Мураббийлар Ўзбекистоннинг кучли ва заиф томонларини ўрганиб чиқди"  1 22:11Тимур Кападзе: "Эронни яхши ўрганиб чиқамиз ва керакли маълумотларни тўплаймиз"  7 21:43Отабек Шукуров: "Ҳар бир очко бизни мундиалга яқинлаштиради"  2 21:31Ўзбекистон терма жамоаси Хитой ва Тожикистонга қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  1 21:00"Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтинги  18 20:03​Дембелени Саудия Арабистонида кутишмоқда  4 19:41АПЛ 25 йил ичида илк бор тўп етказиб берувчисини ўзгартирди  3 19:15"Барселона"нинг икки ўйинчиси жароҳат олди  4 18:48Таҳлил. Қосимовнинг "Пахтакор"га қарши ўзига ҳос бўлмаган қуроли иш берди  10 18:38"Вольфсбург" ҳимоячиси "Ливерпул"да Ван Дейкнинг ўрнини эгаллаши мумкин  0 18:11Дориев, Одилов, Бубанья, Зотеев... Суперлига 2-тур рамзий терма жамоаси  2 17:50VIP'даги Ортиқхўжаев, Риаскос билан гап талашаётган Ғиёсов, ботаётган қуёш — "Пахтакор" Олмалиқда мағлубият аламини татиб кўрган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 17:26Мағлуб бўлган дарвозабон, легионер ҳужумчи, тажрибали ҳимоячи ва ОКМК устози — Суперлигада 2-турнинг энг яхшилари  2 17:18"Мен Мэйсон Манутга ишонаман" — Аморим  3

Tahlil. Superligada shovqin solayotgan "Xorazm"ning g'alabali starti va oldinda kutayotgan sinovlar haqida Yangiliklar

Tahlil. Superligada shovqin solayotgan "Xorazm"ning g'alabali starti va oldinda kutayotgan sinovlar haqida

Superliganing 2-turida "Surxon" va "Xorazm" Termizda o'zaro to'qnash kelishdi.

15 yildan so'ng Superligaga qaytish

"Xorazm"ning Superligada o'ynashiga imkoniyat berilishini hamma turlicha qabul qildi. Jamoaning elitadagi ishtiroki barchani qiziqtirishi tabiiy edi. So'nggi bor 2010 yilda yuqori ligada qatnashgan xorazmliklar endilikda o'z o'rniga ega bo'lishni istardi. Hakim Fuzaylov qisqa vaqt ichida katta futbolda nom va tajriba orttirgan futbolchilarni jamladi. Keling dastlab qishki transferlarga etibor qaratsak: Dilshod Jo'raev, Humoyunmirzo Iminov, Jasur Azimov, Sardor Qobuljonov, Rustam Abduhamidov, Ixtiyor Toshpo'latov, Sunnatillo Abdullajonov, Ilhom Alijonov, Sanjar Shoahmedov, Vladimir Bubanya, Doston Tursunov, Shahrom Samiev, Fransis Narx, Adhamjon Musulmonov (ijara), Azizjon Ahrorov (ijara). Superligada o'rta o'rinlarga kurasha oladigan munosib tarkib deyish mumkin. Tayyorgarlik va nazorat uchrashuvlari Toshkent va Antaliyada olib borildi.


Ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Sardor Qobuljonov

Darvozabon yarim jamoa deyilishini "Xorazm"ning 2 ta tur o'yinlari misolida ko'rdik. "Sho'rtan" 1-turda 4 ta aniq zarba yo'lladi va bularning barchasini Sardor Qobuljonov bartaraf etdi. U quruq seriyasini ikkinchi turda Termizda ham davom ettirdi. 38 yoshli darvozabon bu yil Superliganing eng yoshi katta futbolchisi ham bo'lib turibdi. U 1-turda eng yaxshilari qatoridan joy oldi. 



Muvaffaqiyatli start haqida

"Xorazm"ning startni muvaffaqiyatli boshlagani quvonarli. Fuzaylov qisqa vaqt ichida Superligada kurashadigan yaxshi tarkib yig'a oldi. Markaziy himoyada Bubanya va Tursunov juftligi qalqon bo'la olyapti. Lekin bu erda ketma-ket g'alabalar bilan cheklanib qolish emas, mavsumni barqaror o'tkaza olish muhim hisoblanadi. Ayniqsa ikkinchi davrada bu yaqqol seziladi. Futbolda barqarorlikni ushlab qola olgan jamoa uzoqroqqa bora oladi. Hakim Fuzaylov aytganidek hozirgi futbol bahor bilan bog'liq va bu aldamchi bo'lishi ham mumkin. Futbolchilar dastlabki turlarda juda katta ishtiyoq bilan o'ynashmoqda va bunda raqiblarning holati turlicha ekanligi ham "Xorazm" foydasiga ishlayapti. Masalan, bunday holat avvallari "Dinamo"da bo'lardi. Jamoa qaytishi bilanoq yaxshi natijalar qayd etar, keyinchalik barqarorlikni ushlab qola olmasdi. "Xorazm" keyingi o'yinlarda ham kechagidek harakat qilsa har qanday jamoani enga oladi. "Surxon"da katta muammo ko'rayotganim yo'q. Jamoa keyingi turlarda o'yinini yaxshilab boradi.  Muhimi klub oxirgi ikki yilda to'g'ri yo'lni tanlab oldi. Ikkinchi bo'limda mezbonlar o'yinga tezlik qo'sha olishdi, qanotlar faol ishladi. Kombinaciyalar ishladi. Umuman hech narsa yo'q emas, bor. 1-turda ham o'yin sifati borasida "Qizilqum"dan past daraja ko'rsatmagandi. "Xorazm"da eng kerakli jihat realizaciya bor. Vaholanki, avvalgi turda "Sho'rtan", kecha "Surxon" golga bir necha bor yaqin kelishdi. Lekin samara chiqara olishmadi. Buning sababini yuqorida keltirdim. 

Faktlar

1. "Surxon" va "Xorazm" 17 yildan so'ng Superligada to'qnash keldi. Ular so'nggi bor 2008 yilgi mavsumda o'zaro uchrashishgan.

2. "Xorazm" 27 yildan so'ng "Surxon"ni Superligada mag'lub etdi.  Jamoa oxirgi martta 1998 yil elitada termizliklar ustidan zafar quchgandi. 

3. "Surxon" ketma-ket ikki yildan buyon mavsumni 2 ta mag'lubiyat bilan boshlamoqda.

4. Termizliklar 3 yillik tanaffusdan so'ng o'z maydoniga qaytdi. Ular oxirgi marotaba 2021 yil 27 noyabr kuni uyda "Mashal"ni qabul qilgan edi. 


Taqvim

27 mart. "Xorazm" - "Buxoro"

5 aprel. "Qizilqum" - "Xorazm"

13 aprel. "Xorazm" -  OKMK


28 mart. "Bunyodkor" - "Surxon"

4 aprel. "Surxon" - "Qo'qon-1912"

13 aprel "Nasaf" - "Surxon"


Superligada kurashadigan jamoalar ko'payishi tarafdoriman. Aynan shundagina o'yinlarga mazmun kiradi, muxlis stadionga qaytadi. "Xorazm"ning omadli yurishi esa qolgan jamoalarni sergak torttirishga chaqiradi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
17 mar 14:25:13
VOAJAB
Bir vaqtlar ham Xorazm bir yonib tutab ketgandi.Yaqin orada o'sha davrlar yana qaytadi
+1   
17 mar 14:19:14
Фарход
Хаким Фузайлов тажрибали мураббий, унга эркинлик берилса, оз - моз пул берилса булди, эсларинга булса Динамо Самаркандни 4 уринга чикарган эди, ( уша даврда битта, иккита тажрибали футболистлар бор эди ) хозиргача энг юкори натижа булиб турибти. Кубок финалида Гали Имомов шунча халк куз унгида хунар курсатган эди. Уша таркибни асосини мархум Махмуд Рахимов томонидан шакланган эди,
+1   
17 mar 13:51:02
Baxtigali Adilov
Хоразм га омад,.яхши календарь секин аста кириб боришади
+1   
17 mar 12:02:49
Xan
кеча хоразмни уйинини 2чи таймини 30 минутча тамоша қилдим,бу жамоани про лигадан чиқиб келган жамоа деб булмайди,жамоа тартибли хам тезкор уйнаши билан бирга агресив уйнаётганига гувоҳ булдим,туғри даслабки 2 турда харазмни рақиблари унчалик номдор жамоалар эмасди,кучли камандалар билан уйнаса кейин хоразмга тулиқро тариф берсак булади,хар қандай жамоани асл кучини кучли жамоаларга рубару келгандагина тулиқ билволиш мумкин булади,битта савол туғилади,масалан машал ва шуртан про лигада хоразмдан тепароқда урин олиб супер лигага чиқишди,нимага машал ва шуртани уйинлари ухшамаяптию хоразм хаммани хайрон қолдиряпти???
+1   
17 mar 11:37:28
Жамшид Jamshid
Дарвозабонларидан кутилгани учун шу уйин. У́ткан йилги дарвозабонлари булганда ютказарди
+1   
17 mar 11:22:07
FK DAVR
Xorazmdagi stadion tezroq tayyor bo'lsa Xorazmga xam katta futbol qaytardi. Xalq sog'inib qoldi futbolni.
   
17 mar 20:05:44
Nodirbek Axmedov
FK DAVR foydalanuvchining fikriga javob berish
Xorazmdagi stadion tezroq tayyor bo'lsa Xorazmga xam katta futbol qaytardi. Xalq sog'inib qoldi futbolni.
Сизни яна коммент ёзаятганиздан бағоят хурсандман
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика