So’nggi yangiliklar

19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 19:06"Страсбур" — "Ланс". Ҳусанов доимгидек асосий таркибда  0 19:00Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов "Тракторсози" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0 18:37Камолиддин Тожиев: "Драган Черан бу мавсумда ҳам тўпурар бўлмоқчи. Максим Шацких билан маслаҳатлашиб турибман"  5 18:27"Алавес" — "Барселона". Педри, Ямал, Рафинья ва Левандовски асосий таркибда  1 18:09Вадим Абрамов: "Ўйин ғалати ҳодисаларга бой бўлди. Бизнинг дарвозамига ҳар доим пенальти тепишади, биз эса ҳеч қачон"  11 18:00АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:31А Серия. "Ювентус" 88-дақиқада урилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди, Консейсау симуляция учун майдондан четлатилди  3 16:42"Реал" Карвахалнинг жароҳати сабаб қишдаёқ Александер-Арнольдни харид қилиши мумкин  2 16:17Дилшод Ирсалиев қайси жамоа жаҳон чемпионлигини қўлга киритишини айтди  1 16:00Суперлига. Черан туғилган кунида "Динамо" дарвозасига учта гол киритиб, "Пахтакор"га муҳим ғалабани тақдим этди  88 15:39Баҳодир Аҳмедов: "Ўзбекистонга юлдузлар ташрифи кўпайса, футзал янада ривожланади"  3 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  4

Tahlil. Mourinoning "avtobusi" Yangiliklar

Tahlil. Mourinoning "avtobusi"

Bugun "Yunayted" ECHL chorak finaliga xos o'yin ko'rsatmadi.

1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan "Yunayted"ning ashaddiy muxlislari shok holatida. Bilamiz, uyqulari ham kelmayapti. Albatta, bu erda uyqudan voz kechib, sevimli jamoaning g'alabasini kutsangiz-u, oqibatda o'sha superklub nursiz o'ynab, yutqazib qo'ysa barchaga alam qiladi-da.

O'yinni kuzatar ekanmiz, "Yunayted" chorak finalga chiqa oladigan jamoaga o'xshamadi. MYU muxlislari, tan oling shuni. Aslida Sevilyada o'tgan bahsdayoq bu xulosaga kelgandi ko'pchilik. O'yin sifati borasida ispan jamoasi keragidan ortiqcha ustunlikni namoyish eta oldi.

Balki bunga Mourinoning "avtobusi" sababchidir?! Yo'q, "avtobus" - "Yunayted"ning yutug'i. Axir shunday uslub bilan safarda "Arsenal" mag'lub etildi, "Liverpul" bilan durang o'ynaldi. SHuningdek, Mersisayd jamoasi va "CHelsi"ning "Old Trafford"da mahv etilishida ham "avtobus"ning o'rni katta. To'g'ri emasmi?

"Manchester Yunayted" - qo'rqoq jamoa. Kuchli jamoalar bilan o'yinlarda tashabbus har doim raqibga topshiriladi. Bu esa katta tavakkalchilik. Bunday pallada o'yin sifati ikkinchi o'ringa tushib qoladi va natija birinchi o'ringa qo'yiladi. Ayni damda klubda Ser Aleks ishlamayapti. Uning jamoasi natija borasida ham, o'yin sifatida ham yuqori ko'rsatkichlarni qayd eta olardi. U davrlar o'tib ketgan, 2013 yil tugaganiga 5 yil o'tdi. Uyg'on, "Old Trafford"!

Joze Mourino ham o'zining ananaviy principlari bor mutaxassis. Jozening kamchiligi - "avtobus" emas! Taxmin qilib ko'ringchi, bu nima ekan?! Darvozabon - David De Xea! Yo'q, bilamiz, u dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri. Xo'sh, nima uchun men bunday dedim? Joze aynan uning mahoratiga ishongan holda katta tavakkalchilikka qo'l urmoqda. Agarda uning o'rnida boshqa biror saviyasi pastroq posbon "Yunayted" darvozasini qo'riqlaganida, jamoa bunchalik darajada chuqur himoyaviy o'yin ko'rsatmasmidi?!

"Sevilya"dan o'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan keyin Joze tarkibda ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. Ko'rdingiz-a, o'shanda "Yunayted"ga "gaz berildi". Jamoa xohlasa mana shunday o'ynay oladi. Biroq bugungi kun ular uchun atalmadi. Faqatgina o'tkazib yuborilgan ikkinchi golgina jamoa azolari va muxlislari ustiga muzdek suvni ag'darib yubordi. Ishtiyoq oshib ketdi. Ammo...

Ammo, vaqt juda kam qolgandi. SHunda ham "iblislar" sher kabi hujumga otlandi. Bu tomonda esa "Sevilya" "Yunayted" uslubini qo'lladi. Biroz pala-partish bo'lsa-da, "avtobus"!

Joze raqibning salohiyatiga to'liq baho bermadi. Bu uning katta aybi. Mag'lubiyatda to'laqonli u aybdor. Uning o'yinga tanlagan taktikasi, yo'nalishi o'zini oqlamadi. Oqibatda jamoa chorak finalsiz qoldi. (MYU muxlislari bu gaplarimga qo'shilmaslikka haqqingiz bor)

ECHL chorak finaliga har doim munosib jamoalar chiqadi. Demak kutib oling, "Sevilya" chorak finalda.

Mirjalol Normatov

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика