So’nggi yangiliklar

16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  0 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  4 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  2 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  1 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  5 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4

Tachmurod Agamurodov: "Qizilqum" muxlislari oldida uzr so'rayman. Hozir holatimiz shunday" Yangiliklar

Tachmurod Agamurodov: "Qizilqum" muxlislari oldida uzr so'rayman. Hozir holatimiz shunday"

Coca Cola Superligasi 10-turi doirasida "Olimpik"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o'z fikrlarini bildirdi.


- CHetlatish bizning zararimizga bo'ldi. Har qanday holatda ham 10 kishi bo'lib o'ynash juda qiyin. "Olimpik" juda tartibli jamoa. Bu jabhada bizga og'ir bo'ldi. Yigitlarga o'yin so'ngigacha harakat qilishganini, kuchini berganini aytdim. Raqiblarni g'alaba bilan tabriklayman. 

- Ikki o'yindan buyon Viktor Mbaoma hujumda o'ynadi. Biroq bundan samara chiqqani yo'q. Boshida Jasur Xolto'raev hujum chizig'ida yaxshi o'yin ko'rsatayotgandek edi. Nega u asosiy tarkibda maydonga tushmayapti?

- Umuman olganda Viktor yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. O'yin davomida unda birgina yaxshi vaziyat bo'ldi. Biroq o'shanda u noto'g'ri poziciya tanladi. Nazariy jihatdan buni muhokama qilib oldik. Boshqa tomondan u yaxshi o'yin ko'rsatdi. Yomon o'ynadi deya olmayman, chunki 10 kishi bo'lib qolgandan keyin barchaga qiyin bo'ldi. SHunchaki kuchlarni yangilab olish kerak edi. Biz hali ko'p ishlashimiz kerak. Mbaoma yomon futbolchi emas. Biroq uning bir qancha funkciyalarini o'zgartirish lozim. Jamoada ishlanishi kerak bo'lgan narsalar ko'p. Jamoa boshqatdan qurilayotganini inobatga olsak, 5 oy davomida o'yinni qurish qiyin bo'lyapti. Navbatdagi uchrashuvlarda o'yinimiz yaxshiroq bo'lishiga, maksimal kuch bilan ishlashga harakat qilamiz.

Albatta, "Qizilqum" muxlislari oldida uzr so'rayman. Hozir holatimiz shunday. Bu futbol. Barcha ishdan to'g'ri hulosa chiqarish kerak. SHu orqali biz to'g'ri yo'lga tushib olamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика