“Surxon” va “Metallurg” mezbonligidagi jami uch uchrashuv 1 soat ertaroq start oladi
		
		23 iyu 2022 15:40
        Yangiliklar	
	
				
				“Surxon” va “Metallurg” mezbonligidagi jami uch uchrashuv 1 soat ertaroq start oladi
"Coca-cola Superliga uchrashuvlari vaqtlari “Sport” telekanali bilan hamkorlikda avvaldan malum qilib kelinmoqda. Bellashuvlar, shuningdek, “Dunyo bo'ylab” telekanali orqali ham jonli namoyish etiladi.
“Dunyo bo'ylab” sportga ixtisoslashmagan bo'lsa-da, MTRK jonli uchrashuvlar sonini ko'paytirish maqsadida telekanalni ham teletranslyaciyalarga jalb qilgan. Mana shunday holatda O'zbekiston Professional futbol ligasi ham ayrim jambahalarda telekanal rejalari bilan hisoblashishi to'g'ri bo'ladi. SHundan kelib chiqib, “Sport” taklif kiritdi va avvalroq elon qilingan uch uchrashuv vaqti o'zgardi.
26 iyun kuni 11-turning qoldirilgan o'yini doirasida “Olimpik” Bekobodda mehmon bo'ladi. 30 iyun kuni esa Bekobodga Toshkentning boshqa bir klubi “Lokomotiv” tashrif buyuradi. Aynan shu ikki uchrashuv 20:00 dan 19:00 ga ko'chirildi. SHuningdek, o'z uy uchrashuvlarini endilikda Olmaliqda o'tkazib kelayotgan “Surxon” 29 iyun kuni “Neftchi”ga qarshi bellashuvni ham 19:00 da boshlaydi", — deyiladi xabarda.



O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar