So’nggi yangiliklar

02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  16 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  2 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  123 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  48 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0

"Surxon" ustozi: "Zamonaviy futbolda raqibni tahlil qilmasdan maydonga chiqib bo'lmaydi" Yangiliklar

"Surxon" ustozi: "Zamonaviy futbolda raqibni tahlil qilmasdan maydonga chiqib bo'lmaydi"

"Surxon" ustozi Sergey Arslanov "Andijon"ga qarshi kechgan bahs (1:0) haqida fikr bildirdi.

Bugungi bahsda avvalgi o'yinga nisbatan yaxshiroq harakat qila oldik. Birinchi o'yindagi hayajonni engib o'ta oldik va g'alabaga erishdik - deya gap boshladi Sergey Arslanov.

- "Andijon"ning o'yinini o'rganib, ularning kuchsiz nuqtalarini o'rgandingizmi?

- Zamonaviy futbolda raqibni tahlil qilmasdan maydonga chiqib bo'lmaydi. Murabbiylar shtabi, butun jamoa katta ko'lamdagi mehnatni amalga oshirdi va bu g'alabaga sabab bo'ldi.

- Keyingi bahsdan nimalarni kutyapsiz?

- Odamlar bizni "qora tulpor"dek ko'rishgan va bir tomondan bu biz uchun yaxshi. SHunga yarasha o'ziga xos syurprizlar amalga oshira olamiz. Keyingi bahs oldidan ruhiy holatimiz juda yaxshi va bu muhim jihat. SHunday ekan navbatdagi uchrashuvda yanada qiziqroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

- "Surxon" hujum chizig'ida muammolar yuz berdi, bu haqida nimalar deya olasiz?

- Bizda muammolar bor demagan bo'lardim. Tarkib yaxshi yig'ilgan, shunchaki ularga tajriba kerak. To'g'ri, hujumni yakunlashda bazi xatolar bo'lib turibdi. Futbolchilarga rahmat aytmoqchiman, ular katta muvaffaqiyatga erishishdi. Raqib ham kuchli o'yin namoyish etdi, bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramasdan munosib o'yin taqdim qildi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика