So’nggi yangiliklar

02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  16 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  2 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  123 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  48 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0

"Surxon" sobiq darvozaboni Azamat Ahmedov: "2 yillik qarzi bor klubga nega chempionatga ruxsat berildi? Hattoki, portalga ham yozdik" Yangiliklar

"Surxon" sobiq darvozaboni Azamat Ahmedov: "2 yillik qarzi bor klubga nega chempionatga ruxsat berildi? Hattoki, portalga ham yozdik"

Superliga start olgan, jamoalar ishtiroklarini boshlab olganiga qaramay hal qilinmagan muammolar yuzasidan futbolchilardan murojaatlar kelib tushmoqda.

"Surxon" sobiq darvozaboni Azamat Ahmedov ham saytimizga o'zining fikrlarini bildirdi. 


— Futbolchilarning etirozlari 2021 va 2022 yilgi qarzdorliklar uchun bo'lyapti. Afsuski, shuncha gaplardan keyin ham bu masalada hech qanday siljish bo'lmayapti. Eski rahbariyat klubni yangi rahbariyatga topshirganda, bizga qarzdorlikni yopib berishlarini aytishgandi. Yangi rahbariyat esa bu pullarni bizga o'sha vaqtdagi xomiylik qilgan hokimiyat to'lab berishini aytishdi.SHundan beri bir yil vaqt o'tdi, lekin xaligacha na PFL, na boshqa tashkilotlar bizga hech qanday malumot berishgani yo'q.

— O'sha davrdagi shartnomalarimiz PFL tomonidan qonuniy tasdiqlangan bo'lishiga qaramasdan, PFL "Surxon" klubiga futbolchilarning qarzlarini yopib berish yuzasidan hech qanday taqiq qo'ymagan. Futbolchilar yig'ilib tashkilotga borganimizda ular hech qanday taqiq qo'ya olmasligini, bu yangi xomiylarni cho'chitib, klubdan ko'ngli qoldirvorishi mumkinligini, yakunda xomiylikdan bosh tortishlari mumkinligini takidlashdi. Bu masala esa qachonlardir o'z echimini topishini kutishimiz kerakligini aytishdi. 

— Agar bunday bo'lmaganida hech qanaqasiga 2 yillik qarzi bor klubga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishlariga imkon bermasdi.  Bilishim bo'yicha FIFPro PFLga yaqinda tezlashtirilgan holatda qarzlarni yopish kerakligi haqida xat yuborgan. Ammo bu xatga aniq javob qaytarilmagan. Hozirgi kunda fuqarolik sudiga murojaat qilinmagan. Qolgan barcha tashkilot, hattoki portalga ham futbolchilar ariza bergan.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика