So’nggi yangiliklar

18:32Суарес дисквалификация қилинди  0 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  2 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  4 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   20 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  3

"Surxon" mavzusi davom etadi: Hamidjon Aktamov qolishi kerak yoxud muxlislar nima deydi? Yangiliklar

"Surxon" mavzusi davom etadi: Hamidjon Aktamov qolishi kerak yoxud muxlislar nima deydi?

"Surxon" Superligaga qaytganiga mana 4 yil bo'libdi. So'nggi 3 yilni jamoa faqat jon saqlash yo'lida kurashish bilan o'tkazdi.

2022 yilgi mavsumda ham shunday holatga tushib qolgan, agar vaqtida harakat qilinmaganida balki hozir Pro liga uchun taraddudni boshlab yuborishi hech gapmasdi. O'zbek futbolida katta obro'ga ega Hamidjon Aktamovning "Surxon"ga kelishi amalda Superligada qolishini taminladi. To'g'ri u murabbiy rolida emas, balki menejer sifatida. Xabaringiz bor, endilikda klubda rahbariyat almashyapti. Uzun-quloq gaplar SHog'ulomovlarga berilishi haqida bong urmoqda. Muxlislarning bunga munosabati turlicha. Aslidachi? Bu borada "Surxon" fan klub raisi Ilhom Toshboevning fikrlarini tingladik. 

Kecha hokimiyatga bordik, telefon raqamlarimizni olib qolishdi. 3 yanvar kuni Surxondaryo hokimi bilan uchrashmoqchimiz. Bilishimiz bo'yicha yangi hokimimiz futbolga qiziqadi. O'z vaqtida Denov tumani hokimi bo'lgan. 

So'nggi voqealarga kelsak, albatta muxlislarning reakciyasini yaxshi, deb bo'lmaydi. Biz ham barqaror jamoa bo'lishini istaymiz. Yoshlar uchun tramplin "Surxon" bo'lishi kerak. Birinchi navbatda albatta infratuzilma. Hamidjon Aktamov barqaror jamoa shakllantira oladi, kuchli futbolchilarni atrofiga jamlaydi. Hozir klubga kim yangi rahbar bo'ladi, u nima qiladi biz bilmaymiz. 


— Surxondaryo xalqi ham futbolni juda yaxshi ko'radi. 2022 yilgi mavsum mobaynida faqat chetda Toshkent shahri, Olmaliqda, Samarqandda o'yinlar bo'ldi, hammasiga bordik. Yomg'irda, qorda ham borib jamoani qo'llab-quvvatladik. Surxondaryoliklarni ham o'z uyida futbol ko'rishga xaqqi bordir. Biz "Surxon" jamoasiga OCHLda muxlislik qilishni xohlaymiz. Muxlislarning fikricha, jamoada menejer Hamidjon Aktamov qolishi kerak. U haqiqatdan juda kuchli boshqaruvchi. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика