"Surxon" liberiyalik futbolchini safiga qo'shib oldi
16 fev 2023 11:15
Yangiliklar
"Surxon" liberiyalik futbolchini safiga qo'shib oldi
Termiz klubi tarkibiga navbatdagi legioner jalb etildi.
Gap liberiyalik hujumchi Silvanus Nimeli haqida bormoqda. Bizga malum bo'lishicha, o'tgan mavsum Xorvatiyaning "Solin" jamoasida o'ynagan futbolchi faoliyatini "Surxon"da davom ettiradi.
Nimeli faoliyati mobaynida CHexiyaning "Karvina", Rossiyaning "Spartak" va "Spartak-2", Xorvatiyaning "Gorica" va "Solin", Finlyandiyaning "Ilves" jamoasi sharafini himoya qilgan. SHuningdek, Liberiya terma jamoasi libosida 12 ta o'yinda harakat qilishga ulgurgan.
24 yoshli Nimeli o'tgan mavsum Xorvatiya Ikkinchi ligasi va Xorvatiya Kubogida 18 ta o'yinda qatnashib, 6 ta to'p kiritgan va 1 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali uni 400 ming evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar