So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  16

"Surxon" kimning o'rniga chiqadi? Yangiliklar

"Surxon" kimning o'rniga chiqadi?

Teglar :  SurxonBunyodkorPFL
"Surxon"ga oid gap-so'zlar ko'payib ketgan bir paytda bizning bir savol qiynayapti. "Surxon" Superligani kengayishi evaziga kuchlilar safiga qo'shiladimi yoki biron klub o'rniga?

Tabiiyki, "Surxon"ni Superligaga qo'yish uchun yagona asos bu hududda futbolni yo'qligi. Bundan kelib chiqadigan bo'lsak, "Buxoro", "Qizilqum, "So'g'diyona", "Navbahor", "Qo'qon-1912", "Nasaf", "Andijon" jamoalariga tegilmaydi. Sababi bu jamoalar o'z viloyatlarining yagona klublari hisoblanadi. Bizda 2ta variant qolayapti. Birinchi variant bu Toshkent viloyatining ikki jamoasidan biri bo'lishi. AGMK OCHLda yurtimiz sharafini himoya qiladi. "Metallurg" qolayapti. Toshkentda esa "Paxtakor" va "Lokomotiv" OCHL ishtirokchilari, bu erda "Bunyodkor" qolayapti. Bu ikki klub ham hech qanday asossiz Superligadan chetlatilina olmaydi. "Bunyodkor"ning yagona muammosi Simonenko edi va bu hal qilindi. "Mashal"ni badarg'a qilish orqali OTJga "zarba" berilganligini hali tushunib etmagan ko'rinasizlar. SHu kungacha OTJ "Mashal", "Paxtakor" va "Bunyodkor" asosida shakllanib kelgan. Hozirgi "Mashal"da esa hech kim qolmadi hisob.

O'FA va PFLga bir taklif! Kelinglar, oilasini shu klublarda ishlab qora qozonini qaynatib turgan klublarga teginmaymiz. Agar "Surxon"ni qo'shish niyatingiz bo'lsa, Diyor Imomxo'jaev yodga olib o'tgan AGMK voqeasini ko'rishimiz mumkin bo'lsa, o'sha yilda bo'lgani kabi tuppa-tuzuk jamoani yo'q qilish orqali emas, liga ishtirokchilari sonini oshirish orqali amalga oshiring. Biz bunisiga hech qanday qarshilik qilmaymiz, ammo meva berib turgan klubni chetlatish to'g'ri bo'lmaydi.

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика