So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  17 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  11 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Surxon" FK: "Uch emas ikki ispaniyalik murabbiyda kerakli licenziya yo'q" Yangiliklar

"Surxon" FK: "Uch emas ikki ispaniyalik murabbiyda kerakli licenziya yo'q"

"Surxon" futbol klubi bundan bir necha soat oldin championat.asia saytida "Eshitdik-da! "Surxon"ga kelgan uch nafar ispaniyalik mutaxassisda kerakli licenziya yo'q ekan" deya elon qilingan xabar bo'yicha batasfil malumot beradi.

Eshitdik-da! "Surxon"ga kelgan uch nafar ispaniyalik mutaxassisda kerakli licenziya yo'q ekan         


Aslida, Ispaniyadan tashrif buyurgan mutaxassislar orasida 3 nafar murabbiyning licenziyasi yo'q ekan degan malumot noto'g'ridir.

- "Surxon" jamoasiga bosh murabbiy sifatida tashrif buyurgan Xordi Fabregat Valmana (Jordi Fabregat Valmana)da UEFA "PRO" licenziyasi mavjud.

- Sport direktori sifatida kelgan Barosso Gonsales (Barosso Gonzalez)da ham kerakli licenziya mavjud va u bemalol klubda sport direktor sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

- Analitik murabbiy sifatida tashrif buyurgan Jonatan Egea Lomas (Jonathan Egea Lomas)da kerakli licenziya mavjud.

- Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida tashrif buyurgan Xorxe Ruiz (Jorge Ruiz) Ispaniyaning Las Palmas universitetini (Las Palmas de Gran Canaria) aynan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha fakultetini tamomlagan. Ming afsuski, OFK talabiga ko'ra jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiydan "Level-2" licenziyasi talab qilinadi. Xorxe UEFA tasnifidagi davlatlarda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ishlay oladi.

- Darvozabonlar murabbiyi sifatida tashrif buyurgan Adrian Manuel (Adrian Manuel) "Level-1" darvozabonlar murabbiyi licenziyasiga ega. OFK talabiga ko'ra Superliga klubida darvozabonlar murabbiyidan "Level-3" licenziyasi talab qilinadi.

Bu yildan to'g'ri tizimda ishlashni va kelasi yili OFK licenziyasini olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan "Surxon" klubi ushbu murabbiylar o'rnini aynan licenziyasi OFK talabiga javob beradigan mutaxassislar bilan to'ldirishga qaror qildi.

SHuningdek, O'zPFL tomonidan ishlab chiqilgan Musobaqalar reglamenti 6.1 bandida "2023-yilgi mavsumdan boshlab faqat OFK licenziyalashidan o'ta olgan klublarga Superligada ishtirok etish uchun licenziya berilishi" takidlab o'tilgan.

Klub muxlislaridan esa, sarosimaga tushmaslikni va ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilayotgan norasmiy malumotlarga ishonmaslikga chaqiradi", - deb yozadi "Surxon" klubi matbuot xizmati.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика