So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Suriya U-20 termasi ustozi Mark Votte: "O'zbekiston bilan o'yinga tayyormiz" Yangiliklar

Suriya U-20 termasi ustozi Mark Votte: "O'zbekiston bilan o'yinga tayyormiz"

Suriya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Votte ertangi O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz Toshkentda ekanligimizdan xursandmiz. Turnirgacha 8 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Ularda 5 marta g'alaba qozonib, 3 marta mag'lubiyatga uchradik. Maqsadimiz – terma jamoaga yaxshi o'yinchilar etkazib berish. 

Biz oldimizga ikkita maqsad qo'yganmiz. Yarim finaliga etib borish va Jahon chempionatiga chiqish", – dedi Mark Votte.

- Suriyadagi zilziladan so'ng futbolchilarning tiklanishi qanday bo'ldi? 

- Albatta, bu yomon holat. Ushbu avlod qiyin davrda o'sgan va er qimirlashi ham katta tasir o'tkazdi. Men o'yinchilarga 5 kun dam berdim  va 2 kun oilalari davrasida bo'lishdi.

- Suriya terma jamoasidan avval Marokash yoshlarini boshqargansiz. Bu terma jamoadagi ko'p futbolchilar Jahon chempionatida harakat qildi. Bu borada nima deya olasiz?

- Qilgan mehnatlarimiz samara bergani quvonarli. Suriya futbolchilarini ham Evropaga yuborish niyatimiz bor. Ularda salohiyat katta.

- Jamoani ko'proq mahalliy futbolchilardan yig'dingiz. Bu Jahon chempionatiga chiqish uchun etarli bo'ladimi?

- Suriyalik o'yinchilar butun dunyoda bor. Biz Daniya, Rossiya, umuman, Evropadan barcha o'yinchilarni yig'ishga harakat qildik. Mahalliy futbolchilar va legionerlarni uyg'unlashtirdik. "Gerta"da o'ynaydigan Mustafo Abdulativni chaqirdik. 

- O'zbekiston haqida fikringiz qanday? Kuchli va kuchsiz chiziqlari bormi?

- O'zbekiston – mezbon va guruh favoriti. Ertaga birinchi raqibimiz ham aynan O'zbekiston. Bu raqib bilan o'yinga tayyormiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика