So’nggi yangiliklar

21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  11 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  13

Suriya o'rtoqlik o'yinida Ummon bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Suriya o'rtoqlik o'yinida Ummon bilan durang o'ynadi

Teglar :  SuriyaUmmon
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi guruhdoshi – Suriya terma jamoasi kecha, 1 iyun kuni Ummonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Ummon poytaxti Muskat shahrida bo'lib o'tgan o'yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Uchrashuvning 56-daqiqasida ummonliklar hisobni ochgan bo'lsa, asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida Suriya vakillari hisobni tenglashtirdi.

Ertaga, 4 iyun kuni milliy terma jamoaning guruhdagi raqibi – Eron termasi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan CHernogoriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Karlush Keyrush bosh murabbiyligidagi jamoa Avstriyadagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini tugatib, Podgoricaga yo'l oldi.

O'zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi o'yindan avval Toshkentda Tailand termasi bilan to'qnash keladi. Ushbu o'yin 6 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida, soat 20:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 13 ochko jamg'argan Janubiy Koreya ikkinchi pog'onada bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o'rinni band qilgan. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) termalari egallagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика