So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  21 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Superliganing 4 ta o'yinidan badarg'a qilingan hakam SHerzod Qosimov Pro-Ligada ishlay boshladi Yangiliklar

Superliganing 4 ta o'yinidan badarg'a qilingan hakam SHerzod Qosimov Pro-Ligada ishlay boshladi

Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida kechgan So'g'diyona - Bunyodkor uchrashuvini (3:3) boshqarib borgan hakam SHerzod Qosimov to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilingani malum bo'ldi.

«Daryo»ning O'FAdagi manbasiga ko'ra, Professional futbol Ligasi (PFL) «So'g'diyona» — «Bunyodkor» uchrashuvidagi (3:3) o'yin natijasiga tasir qilgan bahsli qarorlar sabab O'zbekiston futbol associaciyasidan (O'FA) uchrashuvdagi hakamlikni o'rganib chiqishni so'ragan.

SHundan keyin O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi Qosimovni Superliganing to'rtta uchrashuvidan chetlatish qarorini qabul qilgan va o'yin uchun oladigan gonorarining 75 foizini ushlab qolgan. Biroq tashkilot hali ham Qosimovning Superliga bahslaridan chetlashtirilgani haqida hech qanday malumot bermagan.

Qayd etish joiz, O'FA 13-tur doirasida o'tgan «Buxoro» — OKMK (2:2) va «Navbahor» — «Qo'qon-1912» (0:1) o'yinlaridan keyin, ushbu bahslarda faoliyat yuritgan Vadim Agishev hamda Viktor Serazetdinovni Superliga o'yinlaridan chetlatgandi. Ular mazkur bahslarni boshqarishda jiddiy xatolarga yo'l qo'ygani aytilgandi.

Eslatib o'tamiz, Qosimov ikkinchi bo'limda «Bunyodkor» foydasiga penalti belgilamagan — himoyachi o'z jarima maydoni ichida raqib futbolchisining libosidan tortib yiqitgan. Biroz o'tib bahsli holatda «So'g'diyona» foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan — hakam to'p «Bunyodkor» futbolchisining qo'liga tegganini malum qilgan.


Takidlash o'rinli, 7 sentyabr, dushanba kuni SHerzod Qosimov Pro-Liga 5-turidan o'rin olgan «Oqtepa» — «Dinamo» uchrashuvini boshqarib bordi. O'yin tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakuniga etdi. Bellashuvda bahsli holatlar ham kuzatildi.

Jumladan, 30-daqiqada «Oqtepa» futbolchisi Vladislav Fomin penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Ammo o'sha vaziyatda Qosimov oldin jarima zarbasi belgiladi. Biroq ko'p o'tmay qarorini o'zgartirgan holda «Dinamo» darvozasi tomon penalti tepilishiga ko'rsatma berdi. SHuningdek, 58-daqiqada samarqandliklar azosi SHahzod Hamidovni raqibiga nisbatan keskin o'ynadi deb topgan holda maydondan chetlashtirdi.

Malumot uchun, SHerzod Qosimov FIFA toifasidagi hakam hisoblanadi. U 2014 yildan beri xalqaro maydonda ham o'yinlarni boshqarib keladi.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика