So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  0 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

Superligaga qaytgan "Mashal" Proligadagi chempionlikni nishonladi Yangiliklar

Superligaga qaytgan "Mashal" Proligadagi chempionlikni nishonladi

"Mashal" futbol klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana Superligaga qaytdi.

O'z akademiyasi bilan tanilgan "Mashal" ushbu mavsumni Proligada o'tkazib, birinchi o'rinni egallagan holda yana Superligaga qaytdi. Albatta, buni Muborak shahri, qolaversa Qashqadaryo ahli uchun katta sovg'a desa bo'ladi. 

SHu munosabat bilan kecha, 27 yanvar kuni "Mashal" futbol klubi bosh homiy "Muborakneftegaz" USHK ko'magi bilan Yangi yil bayram tadbiri tashkil etdi hamda Superligaga qaytgan jamoa azolarini taqdirlash marosimini o'tkazdi. 

Ushbu tadbirda saytimiz vakillari ham ishtirok etishdi. Kecha ertalab "Afrosiyob" tezyurar poezdida yo'lga chiqib tushga yaqin Qarshiga etib bordik. So'ngra to'g'ri Muborakka yo'l oldik. "Bahrom Vafoev" nomli stadionda bizni "Mashal" futbol klubi Bosh direktori Ilhom Qurbonov kutib oldi.

 

Bayram tadbiri kechki payt boshlanishi kerak edi, shu bois vaqtni bekor ketkazmaslik uchun "Mashal" vakillari bilan birgalikda futbol o'ynashga qaror qildik va ikki jamoaga bo'lindik. "Mashal"ning zaxira maydonida tashkil etilgan bahsda klub rahbariyati, klub matbuot xizmati vakillari hamda saytimiz jurnalistlari to'p tepishdi.

 

Kechki payt bayram tadbiriga yo'l oldik. SHahardagi "Bek" restoranida tashkil etilgan taqdirlash marosimi ajoyib ruhda kechdi. Faqat jamoa azolariga medallarni va chempionlik Kubogini topshirish marosimida PFLdan hech kimning yo'qligi biroz ranjitdi. Musobaqa tashkilotchisi PFL bo'lganidan keyin taqdirlash marosimiga hech bo'lmasa bir kishi borganida ham "Mashal" vakillarining boshi ko'kka etardi.

 

"Mashal" rahbariyati shu kuni faqat futbolchi va murabbiylarni taqdirlab qolmadi, balki futbol faxriylari, fan-klub azolari, OAV xodimlari, shuningdek klub homiylari va hokimiyat vakillariga ham alohida ehtirom ko'rsatdi. Ayniqsa Qashqadaryo futboli rivojiga hissa qo'shgan yoshi katta insonlarning taqdirlanishi ayni muddao bo'ldi.

 

Bayram dasturi qiziq o'tishida yoshlarning sevimli "Benom" guruhi ijrochilari Sarvar va Komil ham munosib hissa qo'shishdi. Yosh sanatkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar davraga fayz kiritib turdi. Kechaning asosiy qahramonlari - yana Superligaga qaytgan "Mashal" futbolchilari Yangi yilni maza qilib nishonlashdi.



































Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика