So’nggi yangiliklar

11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  0 10:40Саудия жамаолари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  1 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  4 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  10 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  8

Superligada legionerlar mavzusi. Qaysi klub limitdan to'liq foydalandi? Yangiliklar

Superligada legionerlar mavzusi. Qaysi klub limitdan to'liq foydalandi?

Qishki transferlar oynasida har bir jamoa bir nechta xorijlik futbolchilar bilan tarkibini to'ldirdi.

Ko'p hollarda qishda serbiyalik futbolchilarning kelishiga guvoh bo'lar edik. Klublar yildan yilga legionerlar borasida boshqa mamlakatlarga ham yuzlanishmoqda. Bu orqali yurtimizga kelayotgan xorijlik futbolchilarning geografiyasi ham kengaymoqda. Malumot uchun, bu yilgi legionerlar limiti reglamentga ko'ra 5+1 etib belgilangan. Batafsil quyida

Legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish to'rt mezonga asoslanadi — O'zPFL

"Paxtakor"

Toshkent shahri klubi qishda katta haridlarni amalga oshirmadi. Faqatgina AGMKdan gruziyalik Giorgi Papavani taklif qila oldi. Hozirda jamoada 3 nafar legioner bor. 

Dragan CHeran (Serbiya)

Pshemislav Banashak (Polsha)

Giorgi Papava (Gruziya)



"Navbahor"

"Lochinlar"da ham xuddi "Paxtakor"da kuzatilgan holat. Klub avvalroq braziliyalik Flamarionni olishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo "lotin amerikasi" vakili Namanganga kelmadi. "Navbahor" mudofaa chizig'iga "Vojdavac"dan chernogoriyalik Milosh Milovichni 50 ming dollarga sotib oldi.

Yovan Jokich (Serbiya)

Luka CHermel (Serbiya)

Milosh Milovich (CHernogoriya)


"Nasaf"

OCHLda qatnashadigan "Nasaf"dagi imkoniyat kuchli legioner olishga yo'l qo'ymadi. Klub Aleksandar Stanisavlevichni jalb qilishga urinib ko'rdi. Hammasi moliyaviy holatga borib taqaldi. Yakunda tojikistonlik futbolchi Muhammadjon Rahimov qo'shib olindi. 

Lima Kruz (Braziliya)

Marko Stanoevich (Serbiya)

Muhammadjon Rahimov (Tojikiston)



OKMK 

Olmaliqliklar qishda o'z tarkibini 3 nafar legioner bilan kuchaytirishga erishdi. Gruziyalik Irakli Ruhadze, tunislik Mohamed ben Salem, ispaniyalik Ruben Sanches Peres. Umumiy hisobda OKMK bu yil 5 nafar xorijlik futbolchi xizmatidan foydalanadi. 

Siyavash Haqnazari (Eron)

Martin Boake (Italiya)

Irakli Ruhadze (Gruziya)

Mohamed ben Salem (Tunis)

Ruben Sanches Peres (Ispaniya)


"Qizilqum"

Tarkibda katta o'zgarishlarga qo'l urgan "Qizilqum" ikki nafar nigeriyalik va bitta rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ulardan biri Ifeani Ifeani "Mashal"dagi o'yinlaridan tanish. Tarasov va Mbaomaning harakatlariga tez orada boshlanadigan chempionatda bilib olamiz. 

Viktor Mbaoma (Nigeriya)

Ifeani Ifeani (Nigeriya)

Nikolay Tarasov (Rossiya)

Oleg Tolmasov (Rossiya)


"So'g'diyona"

Yorqin Nazarov o'zi qurayotgan yangi "So'g'diyona"ga 3 nafar legionerni taklif qildi. Bosniyalik himoyachi Tarik Isich, Belgiya fuqarosi hisoblangan Zenan Zaymovich va rossiyalik Serder Serderev bu yil jizzaxliklar sharafini himoya qiladi. 

Milan Mitrovich (Serbiya)

Marko Kolakovich (Serbiya)

Tarik Isich (Bosniya va Gercogovina)

Zenan Zaymovich (Belgiya)

Serder Serderov (Rossiya)



"Bunyodkor"

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida dastlab Ivan Boshkovich chernogoriyalik Igor Ivanovich, Turkiyadagi yig'inda ikki nafar belaruslik Aleksey Nosko va Viktor Sotnikovni taklif qildi. Jamoada ayni paytda 4 nafar legioner bor 

Davronjon Ergashev (Tojikiston)

Viktor Sotnikov (Belarus)

Aleksey Nosko (Belarus)

Igor Ivanovich (CHernogoriya)



"Neftchi"

Jamoaning yig'inlarida juda ko'p legionerlar ko'rikdan o'tdi. Ko'rikka kelganlardan jamoada qolishga eng yaqini Oliver SHarkich edi. Uni yangi mavsumda "Neftchi"da o'ynashi kutilgandi. Toshkentda jamoaga kelgan Yuriy Batyushin bilan esa yakunda kelishuvga erishildi. Hujum chizig'iga gruziyalik Toma Tabatadze va tojikistonlik himoyachi Zoir Jo'raboev olindi. 

Oleksey Larin (Ukraina)

Andrey Mishenko (Ukraina)

Zoir Jo'raboev (Tojikiston)

Toma Tabatadze (Gruziya)

Yuriy Batyushin (Ukraina)



"Metallurg"

Bekobodliklar transferlar vaqtida asosiy urg'uni legionerlarga qaratdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Klub Vladislav Kasminin, Ivan Yosovich, Filip Stamenkovich, Marko Obradovichni ro'yxatdan o'tkazdi. Ularning barchasi begona emas. Faqat Stamenkovich qanday o'yin ko'rsatishi jumboq bo'lib turibdi. "Metallurg"dagi 2004 yilda tug'ilgan tojikistonlik Daler SHaripov limitga kirmaydi. 

Vladislav Kasminin (Belarus)

Ivan Yosovich (Serbiya)

Filip Stamenkovich (Serbiya)

Marko Obradovich (Serbiya)

Kerim Palich (Bosniya va Gercogovina)

Daler SHaripov (Tojikiston)


"Surxon"

Yangi murabbiylar bilan qaytadan shakllanayotgan "Surxon"da rossiyaliklar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Artyom Potapov, SHamil Gasanov, Temirlan Jamaluddinov shular jumlasidandir. Belarus chempionatidan Artyom Sokol, liberiyalik Silvanus Nimeliy ham borligini eslatib o'tish joiz. 

Artyom Potapov (Rossiya)

SHamil Gasanov (Rossiya)

Temirlan Jamalutdinov (Rossiya)

Artyom Sokol (Belarus)

Silvanus Nimeli (Liberiya)


"Turon"

Bir yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytgan "Turon" oldiga jiddiy maqsad qo'ygani olib borgan transferlaridan payqash qiyin emas. Klubning yana bir aqqli qarori shunda bo'ldiki, 2004 yilda tug'ilgan kamerunlik Ngu Abega Enyang limitdan tashqari hisoblanadi. SHunda jamoa 5 nafar legioner bilan mavsumni boshlaydigan bo'ldi. Ular orasida "golasso", deb etirof etilayotgan Zakariya Beglarashvilidan to'purarlikni kutishmoqda. 

Nikola Kumburovich (CHernogoriya)

Anri CHichinadze (Gruziya)

Zakariya Beglarashvili (Estoniya)

Dushan Stoilkovich (Serbiya)

Milan Boyovich (Serbiya)

Ngu Abega Enyang (Kamerun)


"Andijon"

Bu mavsum legionerlar limitidan to'liq foydalangan yagona klub "Andijon" bo'ldi. "Burgutlar" 5 nafar evropalik va 1ta osiyolik futbolchidan foydalanadi. Rubin Xebay esa chempionatimizdagi ilk albaniyalik hujumchi sifatida tarixga kirdi. 

Vladimir Bubanya (Serbiya)

Igor Litovka (Ukraina)

Levan Arveladze (Ukraina)

Nodari Kavtaradze (Gruziya)

Rubin Xebay (Albaniya)

Ahtam Nazarov (Tojikiston)



"Buxoro"

"Buxoro"da legionerlar 3+1 ko'rinishini oldi. Nikola Stoshich aslida serbiyalik bo'lsada, PFL uni tojikistonlik sifatida qayd etdi. Stanislavlevich va Kasyanni tanisangiz kerak. Vsevolad Nixaev rossiyalik legioner sifatida jamoaning Antaliyadagi yig'inida qatnashdi va bitm imzoladi.

Nikola Stoshich (Tojikiston)

Aleksandar Stanisavlevich (Serbiya)

Aleksandr Kasyan (Rossiya)

Vsevolad Nixaev (Rossiya)

Superliga klublari orasida faqat "Olimpik" to'liq o'zbekistonlik futbolchilardan iborat yagona klub bo'ldi. Timur Kapadze tarkibni yoshlardan shakllantirish rejasiga sodiq qoldi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика