So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  6 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

"Paxtakor" - 2023 yilgi Coca Cola Superligasi chempioni! Yangiliklar

"Paxtakor" - 2023 yilgi Coca Cola Superligasi chempioni!

Coca Cola Superligasi 25-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Coca Cola Superligasi. 25-tur

24 noyabr, juma

SURXON – PAXTAKOR 1:2

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:15

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Davronbek Akmalov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

AVAR: Sanjar SHoyusupov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Sardor Qudratillaev

Gol: 0:1 — 53, Dilshod Saitov, 0:2 — 66, Azizbek Turg'unboev, 1:2 — 72, Silvanus Nimeli.

"Surxon": 1.Artyom Potapov (c), 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Azizbek Pirmuhammadov (66.Behruz SHaydulov, 71), 6.Artyom Sokal, 7.Dostonbek Tursunov (99.Komron Saydazimov, 83), 10.Tamirlan Jamalutdinov (9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 46), 15.Diyor Ramozonov, 18.Silvanus Nimeli, 19.Nuriddin Hasanov, 27.Asilbek Jumaev (77.Asadbek Karimov, 71)

Zaxira: 13.Azizxon Isaqov, 35.SHoxruhjon Eshbo'taev, 4.SHahzod Tairov, 28.Abduqodir Amirqulov.

"Paxtakor": 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov (40.Kimi Merk, 71), 3.Hojiakbar Alijonov (77.Dilshod Saitov, 8), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Dragan CHeran (s), 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov (20.Hojimat Erkinov, 54), 17.Dostonbek Hamdamov (8.Azizbek Turg'unboev, 54), 27.Sardor Sobirxo'jaev (28.Diyor Xolmatov, 46), 34.Farruh Sayfiev, 88.SHahzod Azmiddinov.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Doston Tursunov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Ogohlantirish: Dostonbek Tursunov ,13 ("Surxon").

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Paxtakor" — 2023 yilgi Coca Cola Superligasi chempioni!

90+3. Penalti! "Surxon" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Biroq Hakam VARni ko'rib, penaltini bekor qildi!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. Turg'unboevning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

81. Erkinov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

72. GOL! Nimeli Sayfievning xatosidan keyin raqibning ikki himoyachisidan qochib ketib, Pavlyuchenkoni ojiz qoldirdi!

70. "Paxtakor"da standrat vaziyat yuzaga keldi, Turg'unboevning zarbasini raqib posboni qaytardi, qaytgan to'pni CHeran darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

66. GOL! Turg'unboev Sayfievning qanotdan uzatgan to'pini bosh bilan raqib darvozaiga joylab qo'ydi!

61. GOL! Raqib darvozasini ishg'ol qilgan Asqarov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

53. GOL! Saitov jarima maydoni chegarasidan kuchli zarba bilan raqib darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga oldi!

51. Xolmatovning burchakdan uzatgan to'pi "Surxon" himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda.

48. Hamdamov raqib jarima maydoniga oshirilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

40. CHeran hujumda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

35. Hamdamovning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

34. Sayfievning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Potapov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

31. "Surxon" futbolchilari hujumda raqib posboniga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

26. Hamdamovga nisbatan Jumaev tomonidan qo'pollik ishlatildi.

"Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvida aka-uka Bobur va Behruz Asqarovlar to'qnash kelmoqda.

24. Hamdamovning burchakdan uzatgan to'piga CHeran bosh bilan zarba yo'lladi, Potapov to'pni ushlab oldi.

23. Hamrobekovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

22. Sayfievning chap qanotdan uzatgan to'pni CHeran bosh bilan raqib darvozasiga yo'lladi, biroq zarba kuchsiz chiqqani uchun "Surxon" posboni to'pni egallab oldi.

19. Azmiddinov markazdan oldinga qarab bordi va raqib jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi, Potapov esa to'pni egallab oldi.

15. CHeranning jarima zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi.

13. CHeranga nisbatan qo'pollik ishlatgan Tursunov ogohlantirildi.

10. "Surxon"ning ketma-ket ikki burchak zarbasi samarasiz yakunlandi.

8. Majburiy o'zgarish: Alijonov o'rniga Saitov maydonga tushirildi.

7. Hamdamovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Potapov egallab oldi.

4. Alijonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

3. Xavfli vaziyat! CHeranning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi. "Surxon" sariq, "Paxtakor" qora rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика