So’nggi yangiliklar

22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  8 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  91 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  9 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  42 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  8 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4

Superliga. 2 ta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda Nimeli "Surxon"ga "Metallurg" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. 2 ta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda Nimeli "Surxon"ga "Metallurg" ustidan g'alaba keltirdi

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Surxon

Silvanus Nimeli - 36'

Superliga. 11-tur

20/05/2023, 19:30

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
26'  Kamron Saidazimov
36'  Silvanus Nimeli
58'  Asilbek Jumaev (Asadbek Karimov)
60'  Behruz SHaydulov
69'  Aziz Pirmuhammadov (Tamirlan Jamalutdinov)
83'  Asadbek Karimov (Sunnatulloh Hamidjonov)
83'  Bobur Asqarov (Jahongir Abdusalomov)
90'  Artyom Potapov
12'  Ergash Ismoilov
46'  Xudoyshukur Sattorov (Bektemir Abdumannonov)
46'  Abdujalil Manazarov (Husniddin G’ofurov)
72'  Abror Toshqo'ziev
90'  Husniddin G’ofurov

"Surxon" – "Metallurg" 1:0 

20 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:30

Gol: Silvanus Nimeli (Bobirjon Asqarov) 36'

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Umidjon Rahimov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Qudrat Madraimov

"Surxon": 1.Artyom Potapov (s), 2.Bobirjon Asqarov (Jahongir Abdusalomov, 83), 5.Azizbek Pirmuhammadov (10.Tamirlan Jamalutdinov, 69), 6.Artyom Sokal, 7.Doston Tursunov, 8.Xumoyun SHerbo'taev, 18.Silvanus Nimeli (77.Asadbek Karimov, 58, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 83), 27.Asilbek Jumaev, 55.SHohjahon Sultonmurodov, 66.Behruz SHaydulov, 99.Komron Saydazimov.

Zaxira: 13.Azizxon Isoqov, 4.SHamil Gasanov, 9.Muhammadali Abdurahmonov, 16.Artyom Filiposyan, 17.Jahongir Abdusalomov, 22.Javohir Jo'raev.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov (10.Bektemir Abdumannonov, 46), 9.Zabihillo O'rinboev, 11.Damir Temirov, 14.Abrorbek To'shqo'ziev, 17.Vladislav Kasminin, 19.Ergash Ismoilov, 21.Abdujalil Manazarov (7.Husniddin G'ofurov, 46), 22.SHaxzodbek G'ofurbekov, 97.Muhammadali Aliqulov.

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 15.Rian Islomov, 20.Daler SHaripov, 23.Behruz SHodmonov, 29.Diyorbek Toirov, 55.Filip Stamenkovich, 91.Marko Obradovich.

Ogohlantirishlar: Behruz SHaydulov (60), Abrorbek To'shqo'ziev (72), Husniddin G'ofurov (90), Artyom Potapov (90+4). 

CHetlatishlar: Ergash Ismoilov (12), Komron Saydazimov (26).


BAHS YAKUNLANDI! 

90+4. Bahs yakunida termizliklar posboni ham sariq kartochka ishladi. 

Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Husniddin G'ofurov sariq kartochka oldi. 

88. Doston Tursunovning zarbaga o'xshash uzatmasi noaniq ko'rinish oldi. 

83. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Asadbek Karimov o'rniga Sunnatulloh Hamidjonov, Bobirjon Asqarov o'rniga Jahongir Abdusalomov maydonga tushirildi. 

79. Husniddin G'ofurovning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvozabon tomonidan bartaraf qilindi. 

75. Asadbek Karimov chapda fint bilan himoyachidan o'tib ketib, muxlislarga yaxshi kayfiyat ulashdi. 

72. Abror Toshqo'ziev kichik fol evaziga raqib qarshi hujumini to'xtatib qo'ygani uchun jazolandi. 

72. Zarbaaa! Nimelining yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

69. Azizbek Pirmuhammadov o'rniga Tamirlan Jamalutdinov bahsni davom ettiradigan bo'ldi. 

67. Azizbek Pirmuhammadovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

65. Zarba! Abror Toshqo'zievning zarbasini Potapov xotirjam egallab oldi.

61. Zarba! Toshqo'zievning jarimadan bergan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 

60. Qulay imkoniyatga chiqib borayotgan Damir Temirovni yiqitgan Behruz SHaydulov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

58. "Surxon"da almashtirish: Asilbek Jumaev o'rniga Asadbek Karimov o'yinga qo'shildi. 

58. Silvanus Nimeli himoyachilar qurshovida bo'lishiga qaramasdan, kuchsiz bo'lsa-da, zarba berdi. 

55. Zarbaaa! Bektemir Abdumannonovning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

50. SHahzodbek G'ofurbekovning uzatmasidan keyin Bektemir Abdumannonov chalqancha uslubda zarba yo'llashga urinib ko'rdi. 

46. "Metallurg"da 2 ta o'zgarish: Xudoyshukur Sattorov o'rniga Bektemir Abdumannonov, Abdujalil Manazarov o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45+2. "Metallurg" bu o'yini bilan nimani ko'zlayapti, tushunish qiyin. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Manazarovning havolatib uzatgan to'pi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

40. "Metallurg" safida Zabihillio O'rinboev faol harakat qilmoqda. U maydon markazida to'pni nazorat qilib turgan paytda unga nisbatan qoidani buzishdi. 

36. GOOOOOOOL! Vladislav Kasmininning xatosi qimmatga tushdi. To'p "Surxon"ga "sovg'a" qilingach, Asqarov Silvanus Nimeliga pas berdi, hujumchi esa qiyinchiliksiz hisobni ochdi! 

33. Silvanus Nimeli maydon markazida ikki nafar raqibini ortda qoldirdi, biroq qoida buzish qurboni bo'ldi. 

28. CHetlatishlar bo'yicha – 1:1. Hisob – 0:0. Davom etamiz.  

26. Bosh hakam Akobirxo'ja SHukurullaev sariqni yana qizilga almashtirdi. 

25. Endi Saydazimov bilan bog'liq vaziyat VAR'da tekshirilmoqda. U oyog'ini tik holda bosh tomon yo'naltirgandi.  

23. Komron Saydazimov Muhammadali Aliqulovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

22. Zabihillo O'rinboev havodan kelgan to'pni ikki raqib qurshovida to'xtatishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. 

18. "Surxon" to'pga egalik qilib, vaziyat hosil qilishga shoshilmayapti. 

15. Bekobodliklar juda qiyin ahvolda qolishdi. 

12. Hakam Ismoilovning harakatini VAR'da ko'rib chiqdi va sariqni qizil kartochkaga almashtirdi.  U Doston Tursunovga nisbatan juda qo'pol o'ynagandi.

11. Ergash Ismoilov qoidabuzarlikka yo'l qo'ygani uchun sariq kartochka oldi. 

7. Asilbek Jumaev markazdan yorib kirmoqchi bo'ldi, ammo himoyachilar unga to'sqinlik qilishdi.

4. Silvanus Nimeli raqibni taqib qilib, burchak to'pi ishlab oldi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:30 da boshlanadi.

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика