Superliga. "Dinamo" "Sho'rtan" maydonida ishonchli g'alabaga erishdi
04 may 22:21
Yangiliklar


Superliga. "Dinamo" "Sho'rtan" maydonida ishonchli g'alabaga erishdi
"Sho'rtan" – "Dinamo" 1:3
04.05.2025, 20:15
Bosh hakam: Nikita Mustafin
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Aleksandr Burov
Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Asker Naҷafaliev
AVAR: Akmal Sultonov
Komissar: Sherzod Radjabov
Gollar: 0:1 – 48, Mirjahon Mirahmadov (Anvar Hojimirzaev), 0:2 – 89, Xislat Xalilov (Ratino), 0:3 – 90+4, Oybek O'rmonjonov, 1:3 – 90+8, Ulug'bek Xudoyberdiev
"Sho'rtan": 1. Shohruh Eshbo'taev, 4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 3. Shohjahon Sultonmurodov, 55. Azizbek Pirmuhammadov, 8. Shahboz Nuriddinov (77. Asadbek Saitxonov, 56), 17. Javohir Hasanov (11. Daler Sharipov, 56), 15. Jo'rabek Mannonov, 24. Doniyor Narzullaev, 33. Bekjon Rahmatov, 6. Sirojiddin Qo'ziev (21. Murodxo'ja Jabborov, 78), 10. Temur Mamasiddiqov
Zaxira: 35. Sherzodbek Abduraimov, 22. Sardor Sadullaev, 19. Nuriddin Hasanov, 14. Abror Toshqo'ziev, 99. Kamron Saidazimov, 47. Asilbek Anvarov
"Dinamo": 13. Ravshanbek Yagudin, 22. Ulug'bek Abdullaev, 17. Salim Mustafoev, 6. Jahongir O'rozov, 18. Oleksandr Kucherenko, 7. Fransisko Jurani, 10. Anvar Hojimirzaev (37. Firdavs Abdurahmonov, 67), 88. Marko Stanoevich (25. Oybek O'rmonjonov, 58), 8. Sanjar Qodirqulov (5. Duglas Maykon, 58), 9. Mirjahon Mirahmadov (24.Muhsin Bozorov, 90+3), 16. Richard Fraydey (11. Xislat Xalilov, 67)
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 14.Bahodir Nasimov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev
Ogohlantirishlar: Doniyor Narzullaev (17), Sanjar Qodirqulov (37)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90+8. GOL! Ulug'bek Xudoyberdiev hisobni qisqartirdi!
90+4. GOL! O'rmonjonov "Sho'rtan" himoyachisining qo'pol xatoasidan so'ng hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!
93. "Dinamo"da o'zgarish.
90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shildi.
Hakam golni VAR bilan muhokama qildi va qarorni o'zgartirmadi.
89. GOL! Ratinoning uzatmasidan so'ng Xalilov bosh bilan raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobdagi farqni ishonchli ko'rinishga keltirdi!
88. "Dinamo" ikkinchi golni urishga yaqin keldi, ammo Abdurahmonovning zarbasini raqib posboni qaytardi.
85. Ratinoga tibbiy yordam ko'rsatildi.
Hakam qaror o'zgarmadi. Ofsayd.
80. Xalilov raqib darvozaboni ustidan to'pni oshirib qo'yib, "Dinamo"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi, ammo hakam o'yinni tashqari holatni qayd etdi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda.
79. Pirmuhammadovning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.
78. "Sho'rtan" tarkibida o'zgarish bo'ldi.
77. Xavfli vaziyat! Burchak uzatmasidan so'ng bosh bilan zarba yo'lladi, Sharipov to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishga ulgurmadi.
Hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.
76. Hakam VAR bilan ehtimoliy penaltini muhokama qilmoqda. Kucherenko o'z jarima maydonida raqib futbolchisiga qo'pollik qilgan bo'lishi mumkin.
74. Sharipov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
72. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning burchak uzatmasi Sultonmurodovning zarbasi bilan yakunlandi, ammo "Sho'rtan" himoyachisiga biroz aniqlik etishmadi.
69. O'rmonjonov ikkita qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.
67. "Dinamo" yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.
64. Mezbonlar hujumda fol ishlatdi.
58. "Dinamo"da ham ikki o'zgarish bo'ldi.
56. "Sho'rtan" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
55. Qodirqulovga tibbiy yordam ko'rsatildi.
52. Zarba! Hojimirzaev tomonidan yo'llangan zarbani Eshbo'taev qiyinchilik bilan qaytardi.
51. "Dinamo" burchak zarbasi ishlab oldi. Stanoevichning uzatmasini raqib darvozaboni urib yubordi.
48. GOL! Hojimirzaevning uzatmasini Mirahmadov bosh bilan "Sho'rtan" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. Hojimirzaev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini takidladi.
45. Ratinoning jarimadan yo'llagan zarbasi sherigiga tegib qaytdi.
39. Qodirqulovning chap qanotdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
37. Qodirqulov qo'pol o'yin uchun ogohlantirildi.
36. "Dinamo" hujumi zarba bilan yakunlandi, mezbon futbolchilar "blok" qo'yishdi.
35. "Sho'rtan" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
27. Burchak uzatmasi Hojimirzaev zarbasi bilan yakunlandi. Bu safar Sultonmurodov ishonchli harakat qildi.
26. Stanoevich burchakdan "Sho'rtan" darvozasini mo'ljalga oldi, Eshbo'taev qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
25. Xavfli vaziyat! Mirahamdov yana qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Hojimirzaevning uzatmasidan so'ng Xudoyberdiev raqib hujumchisining zarbasiga blok qo'ydi.
21. Xavfli vaziyat! Mirahmadov raqib jarima maydonida o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, uning zarbasi noaniq ketdi.
21. Mamasiddiqov tomonidan yo'llangan aylanma zarbaga aniqlik etishmadi.
17. Doniyor Narzullaevga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatildi.
15. Zarba! Mezbonlar hujumga tezkor javob berishdi. Doniyor Narzullaev chap qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi. Biroq aniqlik etishmadi.
14. Zarba! Stanoevichning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
13. "Dinamo" raqib jarima maydoni yaiqinda standart vaziyatga ega bo'ldi. Hasanov to'pga qo'l bilan o'ynadi.
12. "Dinamo" burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Ammo urinish ko'ngildagidek chiqmadi.
11. Mezbonlarning hujumi besamar yakunlandi.
6. "Dinamo" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
3. Zarba! Hojimirzaevning raqib jarima maydoniga yaqin markaziy zonadan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
1. O'yinni mehmonlar boshladi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Sho'rtan" ko'k, "Dinamo" oq rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бу кетишда чемпионликни хам олас!!!
ПАХТАКОР мухлисидан табриклар!!!