So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Superliga. Qo'qondagi birinchi afrikalik, Sergeev rekordchi, Muhitdinov yubiley gol sohibi, To'xtasinov to'xtamayapti yoxud maydondagi ota-o'g'illar Yangiliklar

Superliga. Qo'qondagi birinchi afrikalik, Sergeev rekordchi, Muhitdinov yubiley gol sohibi, To'xtasinov to'xtamayapti yoxud maydondagi ota-o'g'illar

Teglar :  Superliga-2020
2020 yilgi Superliganing 1-turida kuzatilgan qiziqarli vaziyatlarni taqdim etamiz.


Igor Sergeev "Paxtakor" rekordchisi

Ushbu o'yinda "sherlar" safida Igor Sergeev ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa u Anvar Solievni ortda qoldirib, "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi to'purariga aylanib oldi.

"Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi to'purarlari
Igor Sergeev 87
Anvar Soliev 86
Zayniddin Tojiev 71
Aleksandr Geynrix 66
Igor SHkvirin 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56
Sobir Xodiev 54
Mirjalol Qosimov 52
SHuhrat Maqsudov 51



SHarof Muhitdinov "Nasaf"ning 1200-goli muallifi

"Nasaf" chempionatni Navoiyda "Qizilqum" ustidan 3:1 hisobida g'alaba bilan boshladi. SHu kunga qadar "ajdarlar" O'zbekiston chempionatlarida jami 1199ta gol urishgandi. SHarof Muhitdinovning 25-daqiqada urgan goli "Nasaf"ning milliy chempionatimizdagi yubiley 1200-goliga aylandi.




Nurillo To'xtasinov 5ta o'yindan buyon gol urmoqda


"Bunyodkor" yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinov Superliganing so'nggi beshta turida raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

2019 yilgi mavsumning 23-turida safarda «Andijon» darvozasiga to'p kiritgan Nurillo shundan so'ng ketma-ket to'rtinchi o'yinki maydonni golsiz tark etayotgani yo'q. 24-turda «Navbahor», 25-tur «Paxtakor», 26-turda «So'g'diyona» darvozalarini ishg'ol qilgan To'xtasinov mana bugun mavsumning ilk o'yinida ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Nurillo To'xtasinov gol urgan o'yinlar
SUPERLIGA-2019
23-tur. «Andijon» - «Bunyodkor» - 1:1
24-tur. «Bunyodkor» - «Navbahor» - 2:1
25-tur. «Paxtakor» - «Bunyodkor» - 2:3
26-tur. «Bunyodkor» - «So'g'diyona» - 2:2

SUPERLIGA-2020
1-tur. «Surxon» - «Bunyodkor» - 1:3



Toshkent viloyati klublari yana durang bilan boshlashdi yoxud maydonda ota-o'g'illar


AGMK - "Metallurg" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Qizig'i ikkala jamoa o'tgan ikki yilda ham mavsumni durang bilan boshlagan ekan. Ushbu o'yindagi yana bir etiborli holat ikki jamoa bosh murabbiylarining o'g'illari shu kuni maydonga tushishdi: AGMKda Mirjalol Qosimovning o'g'li Mirjamol Qosimov, "Metallurg"da Andrey SHipilovning farzandi kichik Andrey SHipilov.



"Mashal" o'z tarixida ilk bor yirik g'alaba bilan boshladi


Superligaga qaytgan "Mashal" ilk turni o'z muxlislari qarshisida "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazib, 3:0 hisobida zafar quchdi. SHunday qilib "Mashal" o'z tarixida ilk bor mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi.



"Qo'qon-1912"da birinchi afrikalik futbolchi maydonga tushdi

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi qo'qonliklar "Buxoro"ni 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Mazkur bahsda maydon egalari safida ivuarlik Yakuba Bamba zaxiradan o'yinga qo'shildi. SHu tariqa u "Qo'qon-1912" safida o'ynagan birinchi afrikalik futbolchiga aylandi.



"Lokomotiv"da 7 yildan keyin legioner dublga erishdi


Dastlabki turda "Lokomotiv"ning rossiyalik hujumchisi Kirill Pogrebnyak "Andijon" darvozasiga ikkita gol urdi. SHu tariqa Kirill 7 yildan keyin "Loko" safida dubl qayd etgan ilk legionerga aylandi. So'nggi bor O'zbekiston chempionatida "temiryo'lchilar" safida 2013 yilda legioner futbolchi dublga erishgan ekan - Tojikistonlik Akmal Xolmatov "Qizilqum"ga ikkita gol urgan.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика