So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  0 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  5 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  8 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  11 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0

Superliga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasining 17-turi doirasida "Qo'qon-1912" hamda "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 17-tur
QO'QON-1912 – BUNYODKOR 2:1

Gollar: Erkinov 6, Norbekov 11, Malikjonov 27.

27 sentyabr. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 16:00
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Sultonmurod Ulfatov, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Sardor Qudratullaev


"Qo'qon-1912": 96.Islomjon Abdullaev, 7.SHohnazar Norbekov, (69.Filip Rayevac 43, 4.Sobit Sindarov, 86)  9.Suhrob Berdiev, 10.Quvondiq Ro'ziev (14.Avaz Mamatxo'jaev 86), 15.Oybek Rustamov, 17.Muzaffar Muzaffarov ( 91.Yakuba Bamba, 63), 20.Iqbol Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 30.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov.

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 5.Jasurbek Yoqubov, 13.Sardorbek Azimov, 37.Muhsin Normatov, 99.Bek Abdullaev.

"Bunyodkor":  71.Sarvar Karimov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yuldashev ( 34.Suhrob Izzatov, 80), 10.Xurshid G'iyosov (77.Selim Nurmuradov, 67), 11.Rasul Yo'ldoshev ( 49.Farrux Ikromov, 80),  13.Lutfulla To'raev, 17.Sanjar Qodirqulov, 19. Nurillo To'xtasinov, 26.Ulug'bek Abdullaev (7.Dilshodbek Ahmadaliev, 67), 30.Abdulla Abdullaev, 90.SHaxboz Erkinov.

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Davronjon Ergashev, 6.Anvar G'ofurov, 20.Vladislav Nuriev, 37.Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirishlar: Izzatov 87, To'raev 90.


MATNLI TRANSLYACIYA


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Qo'qon-1912" jamoasi qiyin o'yinda uch ochkoga ega chiqdi.

90+4. Jamoalar o'zaro kelisha olishmayapti. So'nggi daqiqalar asabiy tarzda kechmoqda.

90+2. Lutfullo To'raevga sariq kartochka.

90. Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi. 

87. Suhrob Izzatov etiroz bildirgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

86. "Qo'qon-1912"da ham ikkita o'zgarish. Ro'ziev o'rniga Mamatxo'jaev, Rayevac o'rniga Sindarov o'yinni tugatib qo'yadi. 

81. Selim Nurmuradovning jarimadan bergan zarbasi maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

80. Rasul Yo'ldoshev o'rniga Ikromov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'rniga Izzatov maydonga tushdi.

76. Rasul Yo'ldoshevning bergan zarbasi kuchsiz bo'ldi.

70. Mehmonlar tempni oshirishmoqda.

67.  "Bunyodkor"da ikkita o'zgarish: Ulug'bek Abdullaev o'rniga Ahmadaliev, G'iyosov o'rniga Nurmurodov o'yinni davom ettiradi.

63. Mezbonlar safida Muzaffarov o'rniga Bamba maydonga tushdi.

61. Sarvar Karimov darvozasini tashlab chiqdi va xavfni bartaraf etdi. Aks holda Muhammadanas Hasanov mehmonlar darvozasiga xavf solayotgandi.

57. Qo'qonliklarning hujumi "offsayd" bilan yakunlandi.

54. Zarbaa! Erkinovning bergan zarbasi raqib himoyachisiga tegib maydonni tark etdi.

53. "Bunyodkor" hujum qilmoqda. Lekin mezbonlar himoyachilari tartibli harakat qilishmoqda.

50. "Bunyodkor" futbolchilari gol kiritishgandi. Ammo to'p etkazib berilgan vaziyatda koptok maydondan tashqariga chiqib ketgan ekan. Gol hisobga olinmadi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. Norbekov o'rniga Rayevac maydonga tushirildi.

41. Norbekov jarohat oldi. U o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi.

36. Muzaffarovning uzoqdan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

30. Endi "Bunyodkor" futbolchilari oldinga o'tishmoqda.


27. GOOOL! Iqbol Malikjonov! Quvondiq Ro'zievning ajoyib to'p oshirishidan so'ng Iqbol Malikjonov engil zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. CHiroyli gol - 2:1!

24. Muzaffarovning uzoqdan bergan zarbasi noaniq va kuchsiz.

22. Qo'qonlik muxlislar o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlashmoqda.

16. Mehmonlar oldinga o'tishmoqda. To'xtasinovning bergan zarbasini raqib posboni ushlab oldi.


12. GOOOL! SHohnazar Norbekov hisobni tenglashtirdi. Qo'qonliklar ajoyib hujum tashkil etib, muvozanatni tiklashdi - 1:1!

9. Qo'qonliklar bosim uyushtirishmoqda. Muzaffarovning bergan zarbasini Karimov qiyinchilik bilan qaytardi.


6. GOOL! SHahboz Erkinov boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda. Unga To'xtasinov to'pni o'ng qanotdan etkazib bergandi.

4. Maydon markaziga yaqin joyda to'p uchun kurash. Kichik to'qnashuv sodir bo'ldi.

2. Bugun stadionga muxlislar ham malum miqdorda kiritilgan. Stadionlarga muxlislar qaytmoqda do'stlar.

-Uchrashuv boshlandi!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun birgalikda "Qo'qon-1912" hamda "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni birgalikda kuzatamiz.

-Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика