Superliga. "Qo'qon-1912" 7 yillik noxush ananaga barham beradimi?

Iskandarov Abdulaziz
27 fev 2026, 13:26
Andrey Shipilov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi mavsum startini safardagi o'yin bilan boshlaydi.

"Shunqorlar" bugun 1-turda "Buxoro" jamoasi mehmoni bo'ladi. Jamoalar shu kungacha elita doirasida 32 marotaba uchrashgan. Bu bellashuvlarda 16 bor omad mezbonlarga, 12 tasida mehmonlarga kulib boqqan. Buxoroda kechgan 16 ta qarama-qarshilikda mutloq ustunlik maydon egalari tomonida 12 g'alaba, 3 ta to'qnashuvda durang qayd etilgan. "Qo'qon-1912" mehmondagi oxirgi va yagona g'alabasini 2019 yilda qo'lga kiritgan. 


21.08.2025. "Buxoro" - "Qo'qon-1912" 1:0

11.09.2020. "Buxoro" - "Qo'qon-1912" 2:2

30.10.2019. "Buxoro" - "Qo'qon-1912"  0:1


Ma'lumot uchun, bellashuv bugun soat 18:00 da boshlanadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia