So’nggi yangiliklar

12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  0 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизишни ишлари бошлади  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  2 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  4 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3

Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum" ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi Yangiliklar

Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum" ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 14-daqiqasida mezbonlarning xavfli hujumi. Boymatovning o'ng qanotga Grigalashviligi uzatib bergan to'pini Elguja qabul qilib oldi va jarima maydonchasiga kirib borib, ikki himoyachini aldab zarba berishga erishdi. To'p darvoza to'riga orqa tomondan tegdi. 

16-daqiqada qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Maqsud Karimov yaqin masofadan darvozaga boshi bilan aniq yo'lladi. Islomjon Abdullaev jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

23-daqiqada Eldor Boymatovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

35-daqiqada SHahboz Erkinovning uzoq masofadan yo'llagan aylanma zarbasini Makosin katta qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

Birinchi taym tugadi. 

Ikkinchi taym boshlandi.

69-daqiqada Grigalashvilining kuchli zarbasini darvozabon qaytardi.

79-daqiqadan Murod Bobojonovga kutilmaganda to'p etib keldi va hujumchimizning zarbasi noaniq chiqdi...

90-daqiqada belgilangan jarima to'pidan Murod Xolmuhammedov unumli foydalanib hisobni ochdi - 0:1. 

O'yin mana shu hisob bilan tugadi va "Qo'qon-1912" mavsumdagi ilk g'alabasini Navoiyda qo'lga kiritdi.


Superliga, 5-tur.
QIZILQUM – QO'QON-1912 - 0:1
19 aprel 2019 yil. Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 18:15
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Baxtiyor Nomozov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Murod Xolmuhammedov 90, - 0:1.

"Qizilqum": 22. Artyom Makosin, 4.Erkin Baydullaev, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoev, 18.Eldor Boymatov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev (10.Alisher Sanoev, 59), 30.Elguja Grigalashvili, 36.Xurshid Olimov (19.Mirjalol Qosimov, 46), 44.Maqsud Karimov, 99.Medina Smit (7.Murod Bobojonov, 69).
Zaxira: 1.Evgeniy CHeremisin, 8.Akmal Rustamov, 9.Humoyun Abdualimov, 25.Azizbek Usmonov, 97.Suhrob Yarashov, 98.Behzod G'anijonov.

"Qo'qon-1912": 1.Islomjon Abdullaev, 10.Quvondiq Ro'ziev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 17.Behruz Sadilloev (16.Jasur Hasanov, 67), 19.Suhrob Berdiev, 20.Iqbol Malikjonov (7.Jamshid Hasanov, 82), 22.SHahboz Erkinov (21.Timur Usmonov, 90+4), 23.Aleksandr Merzlyakov, 65.Marko Milich, 70.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 25.Sarvar Karimov, 89.Boyan Knejevich, 8.Muhammadanas Hasanov, 11.Timur Hakimov, 55.Milosh Nikolich, 99.Dilshod Baratov.

Ogohlantirishlar: SHahboz Erkinov 37, Muhsin Ubaydullaev 57, Mirjalol Qosimov 87, Elguja Grigalashvili 89.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика