So’nggi yangiliklar

14:53Меҳди Моҳиби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  0 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  1 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  15 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  3 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  9 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   3 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  65

Superliga. "Qizilqum" va "Lokomotiv" qarama-qarshiligida nursiz durang qayd etildi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" va "Lokomotiv" qarama-qarshiligida nursiz durang qayd etildi

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

4-tur

Qizilqum

Superliga. 4-tur

29/03/2024, 19:15

0
:
0
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
46'  SHahzod Rahmatullaev (Muhammadali G'iyosov)
65'  Sherzod Fayziev (Davron Anvarov)
69'  Sardor Abdunabiev (Jasur Hakimov)
79'  Ivan Rogach
84'  Ivan Bulatovich (Sobit Sindarov)

"Qizilqum" – "Lokomotiv" 0:0 

29 mart. "Markaziy" stadioni. 19:15

Bosh hakam: Temur To'xtasinov  

Qanot hakamlari: Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov   

Zaxira hakami: Nayim Qosimov

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Elnur Doniyorov 

Nazoratchi: Konstantin Smirnov  

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 8.Giorgi Kuxianidze, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 22.SHahzod Rahmatullaev (17.Muhammadali G'iyosov, 46), 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov (s), 27.SHahboz Jo'rabekov, 37.SHerzod Fayziev (7.Davron Anvarov, 65), 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev.

Zaxira: 1.Humoyunshox Sayyotov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 24.Abduxoliq Tursunov, 28.Akmal Muzaffarov, 29.Salohiddin Tursunov, 79.Diyor Raxmatilloev. 

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 7.Sardor Abdunabiev (15.Jasur Hakimov, 69), 8.Damyan Krayishnik, 10.Ivan Bulatovich (27.Sobit Sindarov, 84), 14.Dilshod Komilov, 17.Sanjar Tursunov (s), 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 55.Anzur Ismoilov.

Zaxira: 16.Danil Baklanov, 32.Suhrob Sultonov, 6.SHerzod Komilov, 11.Izzatilla Abdullaev, 23.Jahongir Hoshimboev, 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Laziz Mirzaev.

Ogohlantirish: Ivan Rogach (79).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI! 

90+4. Zarbaaa! Muhammadanas Hasanovning bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

84. "Lokomotiv"da o'zgarish: Bulatovich o'rniga Sindarov tushirildi. 

79. Ivan Rogach qo'polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. 

73. Ikkinchi taymda "temiryo'lchilar" faollikni oshirishdi, ammo navoiyliklar ham bo'sh kelishgani yo'q. 

69. "Lokomotiv"da o'zgarish: Abdunabiev o'rniga Hakimov bahsni davom ettiradi. 

65. "Qizilqum"da almashtirish: Fayziev o'rniga Anvarov o'yinga qo'shildi.  

59. "Lokomotiv" pozicion hujum amalga oshirishga urinmoqda. 

55. Zarbaaa! Abdulloh Yo'ldoshevning kuchli zarbasi sal noaniq ketdi. To'p darvoza to'ridan joy olishiga oz qoldi.  

51. "Loko" murabbiylar shtabi hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. Ularga tartibni saqlab o'tirish uqtirildi. 

46. "Qizilqum"da o'zgarish: Rahmatullaev o'rniga G'iyosov maydonga tushdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:0. Tanaffus!

45+2. Zarbaa! Krayishning olisdan yo'llagan zarbasidan so'ng Ozols to'pni egallashda qiynalmadi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

38. Rahmatullaevning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

36. Akaki SHulaya o'ng qanotdan oldinga borib, ichkariga pas uzatmoqchi bo'ldi, ammo Dilshod Komilov bunga yo'l qo'ymadi, korner.  

33. Krayishnik maydon markazida Kuxianidze tomonidan qoida buzish evaziga to'xtatib qolindi. 

27. Azizbek Usmonov fol ishlatib, Krayishnikni  to'xtatib qoldi. 

22. "Qizilqum" pozicion hujum boshlamoqda. Navoiyliklar hozircha o'zaro paslashish bilan band. 

14. Zarba! Kuxianidzening kuchli zarbasidan so'ng Abdujalilov to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, ammo himoyachi jonbozlik ko'rsatib, xavfning oldini oldi. Sal o'tib hakam ofsayd qayd etdi. To'p Kuxianidzega kelguniga qadar ofsayd kuzatilgan ekan. 

12. Sanjar Tursunov bu gal Azizbek Usmonov bilan to'qnashdi. Jarima zarbasi belgilandi. 

9. SHerzod Fayziev Sanjar Tursunovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Jiddiy to'qnashuvda lat egan Tursunovga tibbiy yordam ko'rsatildi.  

6. "Loko" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Oshirib berilgan to'pni Anzur Ismoilov darvozaga yo'naltirishga urindi, darvozabon qiyinchilikka duch kelmadi. 

3. O'yin tempi yuqori. Bugun jamoalar bir-birlariga jangovar o'yin taklif etishlari aniq edi o'zi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:15 da start oladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика