So’nggi yangiliklar

10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  0 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  5 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  0 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  1 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  5 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  12 07:22Бугун ФИНАЛ  11 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  20 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  9 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2

Superliga. OKMK va "Nasaf" o'rtasidagi o'yinda 7 ta gol urildi, "ajdarlar" peshqadamlar safiga qo'shilishdi Yangiliklar

Superliga. OKMK va "Nasaf" o'rtasidagi o'yinda 7 ta gol urildi, "ajdarlar" peshqadamlar safiga qo'shilishdi

O'zbekiston Superligasi 6-turi doirasidagi OKMK – "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

OKMK - "Nasaf" - 3:4
7 may 2024 yil. Olmaliq, OKMK stadioni. 19:00
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Farruh Yansupov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Rishat Nugmanov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Qudrat Madraimov.

Gollar: Sardor Rahmonov 22, - 1:0 (Mirjamol Qosimov). Akmal Mozgovoy 27, - 1:1. Zoran Marushich 45+3, - 1:2 (Islom Kenjaboev). Zoran Marushich 60, - 1:3 (SHerzod Nasrullaev). Jambuli Jigauri 67, - 1:4 (SHerzod Nasrullaev). Ali Abdurahmonov 78, - 2:4. Avazbek O'lmasaliev 90+2, - 3:4 (Xurshid G'iyosov).

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akromjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 65), 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Baxtiyorjon Qosimov (14.Azizbek Bahromov, 76), 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 28.Arixiro Sentoku (88.Murat Ermatov, 90), 95.Milan SHkrbich (18.Aziz Xolmurodov, 46), 99.Irakli Ruxadze (27.Ali Abdurahmonov, 65)
Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 25.Dilshod Yoqubov, 11.Murodjon Toshmatov, 21.Saidafzalxon Axrorov, .

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 73), 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhitdinov, 27.Islom Kenjaboev (30.Temur CHogadze, 88), 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (20.Viktor da Silva, 88), 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (88.Marko Stanoevich 73), 77.Oybek Bozorov
Zaxira: 91.Zafar Safaev, 10.Bobir Abdiholiqov, 21.Doniyorjon Narzullaev, 25.Bekjon Raxmatov, 44.SHahzod Akromov, 

Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov 84.

 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+5. O'YIN TUGADI. OKMK - "Nasaf" 3:4

90+3. GOL! AVAZBEK O'LMASALIEV 3:4. Xurshid G'iyosov uzatgan to'pn O'lmasaliev boshi bilan darvozaga yo'lladi! 

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

90. O'zgarish. OKMK. Sentoku o'rniga Ermatov tushdi

88. O'zgarishlar. "Nasaf". Marushich va Kenjaboev o'rniga Da Silva va CHogadze tushdi

84. Ogohlantirish. OKMK. Oybek Rustamov

78. GOL! ALI ABDURAHMONOV! 2:4. Darvozaga yo'llangan zarbadan keyin Nematov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Ali Abdurahmonov darvozaga yo'lladi! 

76. O'zgarish. OKMK. Baxtiyor Qosimov o'rniga Azizbek Bahromov tushdi

75. ZARBA! Bu safar Nasrullaev uzatmadi, darvozaga zarba berdi, Ilyosov to'pni qaytardi!

73. O'zgarishlar. "Nasaf". Davronov va Jigauri o'rniga Abdirahmatov va Stanoevich tushdi

67. GOL! JAMBULI JIGAURI! 1:4. Yana chap qanotdan Nasrullaevning uzatgan to'pini Jigauri darvozaga yo'lladi! GOLNI KO'RISH



65. O'zgarishlar. OKMK. Mirjamol Qosimov va Ruxadze o'rniga Ali Abdurahmonov va Abdurazzoqov tushdi

60. GOL! ZORAN MARUSHICH! 1:3. CHap qanotdan SHerzod Nasrullaevning ajoyib uzatmasidan keyin Marushich boshi bilan gol urdi!  GOLNI KO'RISH




56. "Nasaf"ning tezkor qarshi hujumi vaqtida Jigauri yiqtildi, mehmonlarda jarima to'pi

55. OKMKning hujumi vaqtida Komilov yiqilib tushdi, hakam o'yinni davom ettirishni ko'rsatdi. VARni eshitmoqda bosh hakam, yo'q penalti yo'q topildi.

51. ZARBA! Irakli Ruxadzening burama zarbasi noaniq ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. OKMK. SHkrbich o'rniga Xolmurodov tushdi


45+5. Birinchi taym yakunlandi, hozircha hisob 1:2

45+3. GOL! ZORAN MARUSHICH! 1:2. "Nasaf"ning tezkor qarshi hujumi, Bozorov-Kenjaboev-Marushich kombinaciyasini Zoran gol bilan yakunladi - 1:2.  GOLNI KO'RISH.

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi

45. Bosh hakam VARni tomosha qildi va OKMK darvozasiga penalti belgilash uchun asos yo'q deb topdi

42. ZARBA! Mozgovoyning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Ilyosov ushlab oldi!

40. ZARBA! Nasrullaevning chap qanotdan uzatgan to'pini Marushich boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

33. Bugun "Nasaf" safida himoyachi Igor Golban jarohat sabab maydonga tusha olmayapti.

27. GOL! AKMAL MOZGOVOY 1:1. Burchak to'pidan keyin Mozgovoy gol urib, hisobni tenglashtirdi. GOLNI KO'RISH



25. UXXXX! "Nasaf"ning hujumi, ketma-ket zarbalardan keyin to'p maydonni tark etdi. Ilyosov to'pni qo'lidan chiqarib yuborgandi...

22. GOL! SARDOR RAHMONOV 1:0. Mirjamol Qosimovning zargarona uzatmasidan keyin Rahmonov boshi bilan ajoyib gol urdi, bu vazitda Abduvohid Nematov ojiz edi.  GOLNI KO'RISH




10. Bugun OKMK safida jarohat tufayli bir qator futbolchilar maydonga tusha olishmaydi: Sardor Mirzaev, SHohruh Gadoev, Ruben Sanches, Islom To'xtaxo'jaev, Giorgi Papava hamda Dilshod Ahmadaliev.

7. Oybek Bozorov yiqitildi. "Nasaf" jarima to'piga ega bo'ldi. Standartdan yo'llangan zarbadan keyin burchak to'piga ega bo'lishdi mehmonlar. Burchak to'pi samara keltirmadi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика