So’nggi yangiliklar

17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  0 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  2 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  1 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  6 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  15 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  49 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0

Arixiro Sentokuning yagona goli OKMKga muhim g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

Arixiro Sentokuning yagona goli OKMKga muhim g'alabani taqdim etdi

Superliganing to'rtinchi turidan o'rin olgan OKMK - Bunyodkor uchrashuvi yakunlandi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkibi bilan tanishing.

OKMK – "Bunyodkor" 1:0

29 mart. OKMK sport majmuasi. 19:00

Gol: 83 - Arixiro Sentoku (Xurshid G'iyosov)

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev 

Qanot hakamlari: Islom Azimov, SHerzod Azamov   

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

VAR: Ahrol Risqullaev 

AVAR: Rishat Nugmanov 

Nazoratchi: Oleg Dachev 

Komissar: Qudrat Madraimov 

OKMK:  35. Javohir Ilyosov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (5. Giorgi Papava, 75), 6. Avazbek O'lmasaliev (18. Aziz Xolmurodov,46), 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 10. Xurshid G'iyosov, 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To'xtaxo'jaev (s), 28. Arixiro Sentoku, 95. Milyan SHkrbich ( 77. Nodirbek Abdurazzoqov,46).

Zaxira: 1. Valijon Rahimov, 8. Baxtiyorjon Qosimov, 11. Murodjon Toshmatov,    23. Iskandar Bo'sinov, 88. Murat Ermatov 99. Irakli Ruxadze.

"Bunyodkor: 71. Sarvar Karimov, 3. Maxmudjon Mahamadjonov, 7. Suhrob Izzatov, 8. Frane CHiryak, 9. Umidbek Sultonov ( 45. Farhod O'tkurov,46 (17. Ollabergan Karimov, 71), 10. Rasul Yo'ldoshev (6. Samir Zelkovich, 78), 14. Mirjahon Mirahmadov, 19. Bilol Tupliev (92. Toni Yovich, 71), 57. Amir To'raqulov (11. Temurxo'ja Abduxoliqov,84), 66. Azizbek To'lqunbekov, 77. Muzaffar Olimjonov.

Zaxira: 1. Marin Lyubich, 4. Najmiddin Normurodov, 5. Momchilo Rasho,  78. Toxirbek To'xtasinov, .

Ogohlantirish: 8 -  Frane CHiryak, 66 - Anvar G'ofurov, 67 - Bilol Tupliev, 89 - Akram Komilov

CHetlatish: 38 - Frane CHiryak



YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+1. Arixiro Sentokuning zarbasiga aniqlik etishmadi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

89. Ogohlantirish: Akram Komilov ogohlantirildi

84. O'zgarish: Amir To'raqulovning o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushdi

83. GOOOL. Arixiro Sentoku hisobni ochdi. 15 metrlardan yo'llagan aniq va kuchli zarbasini bu safar darvozabon qaytara olmadi

82. Yana Nodirbek yaxshi harakat qildi. U bir nechta raqibdan o'tdi va zarba yo'lladi. Biroq bugun Karimovjuda zo'r o'ynamoqda

80. G'iyosovning zarbasini Karimov qaytardi

78. O'zgarish: Samir Zelkovich Rasul Yo'ldoshevni o'zgartirdi

75. O'zgarish: Qosimovning o'rniga Papava tushdi

74. Nodirbek Abdurazzoqovning zarbasi noaniq ketdi

71. O'zgarish: Toni Yovich va Ollabergan Karimov maydonga tushdi, ular Bilol Tupliev va Farhod O'tkirovni alishtirdi

69. OKMK burchak zarbasidan so'ng yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq Karimov yana ajoyib harakat qildi

67. Ogohlantirish: Bilol Tupliev ogohlantirildi

66. Ogohlantirish: Anvar G'ofurov hakam bilan bahslashdi va ogohlantirildi

65. Nodir Abdurazzoqovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

62. Mirjamol Qosimovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

56. Xolmurodovning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

54. G'iyosovning zarbasiga aniqlik etishmadi

52. Nodir Abdurazzoqovning chalqancha zarbasiga aniqlik etishmadi

49. Amir To'raqulovning zarbasi biroz noaniq ketdi

46. O'zgarish: Avazbek O'lmasaliev va Milyan SHkrbich maydonni tark etdi, ularning o'rniga Aziz Xolmurodov va Nodirbek Abdurazzoqov maydonga tushdi.

46. O'zgarish: Farxod O'tkurov maydonga tushdi, u Umid Sultonovni alishtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Muzaffar Olimjonovning zarbasi noaniq ketdi

Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi

38. CHetlatish: Frane CHiryak ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi.

30. Ahmadalievning qanotdan uzatgan to'pini Sarvar Karimov ushlab oldi. Hozircha mehmonlar darvozaboni ajoyib harakat qilmoqda



27. OKMK bir nechta ajoyib hujumlaridan so'ng uchrashuvda sokinlik boshlandi

20. Milyan SHkrbichning aniq zarbasini Sarvar Karimov qaytarmoqda. «Bunyodkor» posboni ajoyib harakat qilmoqda. Ushbu daqiqada Qosimov ham zarba yo'lladi. Bu safar ham Sarvar ajoyib harakak qildi

18. Komilovning uzatmasidan so'ng Ahmadaliev boshi bilan zarba yo'lladi. Bu safar ham Karimov to'pni ushlab oldi

17. G'iyosovning aniq va kuchli zarbasini Karimov qiyinchilik bilan qaytarmoqda

15. Sultonovning o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga etkazib bergan to'piga hech kim ulgurmadi

11. Olmaliqlikda navbatdagi hujum. Milyan SHkrbichning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Burchakdan uzatilgan to'pni esa Rahmonov boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozabon o'z o'rnida

10. Frane CHiryakning aniq zarbasini darvozabon ushlab oldi

8. Ogohlantirish: Frane CHiryak raqibiga tirsagi bilan zarba yo'lladi va ogohlantirildi

4. OKMK ajoyib hujum tashkil qildi. Mezbonlar bir hujumning o'zida uchta zarba yo'llashdi va barcha zarbalar himoyachilarga tegib, qaytmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI


OKMK

Arixiro Sentoku - 83'

Superliga. 4-tur

29/03/2024, 19:00

0
:
1
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
46'  Avazbek O'lmasaliev (Aziz Xolmurodov)
46'  Milyan Shkrbich (Nodir Abdurazzoqov)
83'  Arixiro Sentoku
83'  Xurshid G’iyosov
89'  Akrom Komilov
8'  Franye Chiryak
38'  Franye Chiryak
46'  Umidbek Sultonov (Farhod O'tkirov)
67'  Bilol Tupliev
71'  Bilol Tupliev (Marin Lyubich)
71'  Farhod O'tkirov (Ollobergan Karimov)
77'  Rasul Yo'ldoshev (Samir Jelkovich)
84'  Azizbek To'lqinbekov (Temurxo’ja Abduxoliqov)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика