So’nggi yangiliklar

00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  8 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4

Superliga. "Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvida g'olib aniqlanmadi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvida g'olib aniqlanmadi

Bugun Superliganing 19-tur bahslariga start berildi.

Turning ilk uchrashuvi Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida bo'lib o'tadi. Unda "Neftchi" va "Qizilqum" o'zaro bahs olib boradi.


Superliga. 19-tur
"Neftchi" – "Qizilqum" 2:2 (TUGADI)
19 sentyabr. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 19:30
Bosh hakam: Xushnud Suyunboev
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Zaxira hakami: Jaloliddin Husniddinov
VAR: Davron Akmalov
AVAR: Maksim Nechoxin
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: SHerzod Rajabov

Gol: Bilol Toshmirzaev (penalti) 10 1:0, Javohir Qahramonov (Nsungusi Effiong) 21, 2:0, Samandar SHukrullaev (Asror G'ofurov) 27, 2:1, Elguja Lobjanidze 70, 2:2

"Neftchi" — 45.Akbar To'raev (1.Botirali Ergashev, 72), 4.Boyan Ciger, 8.Sardor Abduraimov (20.Anvarjon G'ofurov, 72), 10.SHoxruz Norxonov (55.Manuchehr Safarov, 56), 11.Javohir Qaxramonov (22.Azizbek Amonov, 56), 21.Muxsinjon Ubaydullaev, 24.G'uom-Haydar G'ulomov, 30.Quvondiq Ro'ziev, 70.Abbosjon G'ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 99.Nsungusi Effiong.
Zaxira:  14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Mirzoxid G'ofurov,  23.Diyorjon Turopov, 28.Bexruzbek Oblaqulov, 

"Qizilqum" — 12.Robert Ozols, 4.Ilhomjon Vaxobov, 6.Asror G'ofurov, 10.Elguja Lobjanidze, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G'iyosov ( 7.Davron Anvarov, 90+7), 18.Baxtiyorjon Qosimov (8.Giorgi Kuxianidze, 46), 22.SHaxzodbek Rahmatullaev (14. Fayzulla Qambarov,87), 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov (2.Farrux Jo'raev, 46), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev.
Zaxira: 1.Xumoyunshox Sayyotov, 24.Abduxoliq Tursunov, 71.Jamoliddin Ubaydulloev, 79.Diyor Raxmatilloev.

Ogohlantirish: Samandar SHukurullaev ("Qizilqum") 41


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90+10. "Neftchi" bosimni oshirdi. Lekin bu samara bermadi.

90+7. O'ZGARISH. "Qizilqum", Muhammadali G'iyosov o'rniga Davron Anvarov tushdi. 

90+6. "Neftchi" futbolchisi Bilolxon Toshmirzaev qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi. 

87. O'ZGARISH. "Qizilqum", SHahzod Rahmatullaev o'rniga Fayzulla Qambarov tushdi. 

85. "Neftchi"da gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Bilol Toshmirzaev birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. 

72. O'ZGARISH. "Neftchi", Akbar To'raev o'rniga Botirali Ergashev, Sardor Abduraimov o'rniga Anvar G'ofurov tushdi. 

70. GOL. Elguja Lobjanidze penaltini xatosiz amalga oshirdi. 

70. PENALTI. "Neftchi" darvozasi tomon 11 metrlik nuqta belgilandi. 

57. O'ZGARISH. SHohruz Norxonov o'rniga Manuchehr Safarov, Javohir Qahramonov o'rniga Azizbek Amonov tushdi. 

50. Navoiyliklar to'pni yaxshi nazorat qilmoqda. "Neftchi" qarshi hujumda imkoniyatini kutyapti. 

46. O'ZGARISH. "Qizilqum", Azizbek Usmonov o'rniga Farruh Jo'raev, Baxtiyorjon Qosimov o'rniga Giorgi Kuxianidze tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


45. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

41. SARIQ KARTOCHKA. "Qizilqum" futbolchisi Samandar SHukurullaev ogohlantirildi. 

34. ZARBA. CHiroyli hujum SHahzodbek Rahmatullaevning zarbasi bilan yakunlandi. Zarba noaniq. 

27. GOL. "Qizilqum"dan javob goli. Samandar SHukrullaev jamoadoshining yuqorilatib bergan uzatmasini boshi bilan golga aylantirdi. 

21. GOL. Javoxir Qahramonov Effiongning uzatmasiga etib kelib gol urdi. Efiongdan yaxshi pas va Qahramonovdan ajoyib yakun. 

17. Yana navoiyliklar raqib jarima maydonchasi ichida imkoniyat yaratishdi. Lobjanidze va G'iyosov bu vaziyatda faollik ko'rsatishdi. 

15. "Qizilqum"dan keskin yurish. G'ulom Haydar G'ulomov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi. Jamoadoshlari uning xatosini bartaraf etdi.

10. GOL. "Neftchi" futbolchisi Bilol Toshmirzaev 11 metrlik nuqtadan hisobni ochdi. 

7. PENALTI. "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilandi. Abbos G'ulomov jarima maydonchasi ichida qo'pollik bilan to'xtatib qolishgandi. O'yinda VAR tizimi ishlamoqda. 

2. ZARBA. "Neftchi"ning o'yindagi ilk hujumi xavfli ko'rinish oldi. Abbos G'ulomovning jarima maydonchasi ichida boshi bilan yo'llagan zarbasini raqib posboni egallab oldi. G'ulomov hujumchi poziciyasida paydo bo'lgan edi.

- O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- Uchrashuv 19:30da boshlanadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика