So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  0 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  37 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  11 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  3 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  6 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  72 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  15 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

Superliga. "Neftchi" "Metallurg"ni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" "Metallurg"ni yirik hisobda taslim qildi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.




Coca-Cola Superliga. 10-tur

"Neftchi" – "Metallurg" - 3:0

22 may 2022 yil. Yaypan, "O'zbekiston" stadioni, 18:00.

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov, To'rabek Suyunov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Sirojiddin Qo'ziev 71, - 1:0 (Sunnatilla Abdullajonov). Abror Ismoilov 88, - 2:0 (Ulug'bek Hoshimov). Ulug'bek Hoshimov 90+1, - 3:0 (Abbos G'ulomov).

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 9.Sunnatulla Abdullajonov, 17.Abdulloh Olimov, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvarjon G'ofurov, 44.Darko Stanoevich, 46.SHahzodbek Ubaydullaev (11.Izzatilla Abdullaev, 66) (7.Oybek Qilichev, 90+3), 70.Abbosjon G'ulomov, 77.Abrorbek Ismoilov, 99.Ulug'bek Hoshimov.

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 8.SHerzod Karimov, 31.Marko Sarich, 76.Fahriddin Muhammadov. 

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Xudoyshukur Sattorov (15.Zohid Abdullaev, 86), 8.Salamat Quttiboev, 9.Zabihillo O'rinboev (18.Fozil Musaev, 46), 11.Damir Temirov, 14.Abror Toshqo'ziev, 16.Jasur Xolto'raev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov (27.Ixtiyor Toshpo'latov, 74), 30.Ibrohim Ibragimov (7.Islom Isoqjonov, 74), 97.Muhammadali Aliqulov.

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 99.Vladimir Vagin, 25.SHahzodjon Nematjonov, 26.Hakimxon Alamxonov, 80.Farrux Ibrohimov.

Ogohlantirishlar: Abbos G'ulomov 24,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+6. O'yin tugadi. "Neftchi" "Metallurg" ustidan yirik g'alabaga erishdi!

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ulug'bek Hoshimov 3:0. G'ulomovning uzatgan to'pidan keyin Hoshimov birga bir vaziyatga qochib ketdi va Lobanovni ham aldab o'tib gol urdi!



90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Abror Ismoilov 2:0! O'ng tomondan Ulug'bek Hoshimov uzatgan to'pni Ismoilov birga bir vaziyatda darvozaga yo'lladi! 



86. O'zgarish. "Metallurg". Sattorov o'rniga Abdullaev tushdi

75. ZARBA! Abror Ismoilovning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

74. O'zgarishlar. "Metallurg". G'ofurbekov va Ibragimov o'rniga Toshpo'latov va Isoqjonov tushdi

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sirojiddin Qo'ziev 1:0! O'ng tomondan Abdullajonovning havodan uzatgan to'pini Qo'ziev boshi bilan Lobanov qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi! 




66. O'zgarish. "Neftchi". Ubaydullaev o'rniga Izzat Abdullaev tushdi

65. Jamoalar ketma-ket hujum tashkil etishmoqda, to'p maydon markazida deyarli ushlanib turgani yo'q

62. Damir Temirovdan yana xavfli zarba, biroz noaniq

53. Toshqo'ziev yana bir jarima to'pi ishladi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to'pni Ibrohim Ibragimov noaniq tarzda yo'lladi

50. UXXXX! "Metallurg"dan ajoyib hujum, G'ofurbekovning zarbasidan keyin To'raev to'pni qaytardi, darvoza qarshisida turgan Xolto'raev esa zarba bera olmadi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Metallurg". O'rinboev o'rniga Musaev tushdi



45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45+1. ZARBAAAA! Damir Temirovning o'zi jarima to'pini amalga oshirdi, To'raev to'pni ushlab oldi 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

45. Damir Temirovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. "Metallurg"da yana jarima to'pi...

40. ZARBAAA! SHahzodbek G'ofurbekovdan kuchli zarba, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!

33. "Metallurg" gol urdi, ammo qanot hakami o'yindan tashqari holatni ko'rsatdi va gol inobatga olinmadi. Takroriy lavhada o'yindan tashqari holat borligi yaqqol ko'rindi 

27. ZARBAAAAA! Toshqo'zievdan kuchli zarba, To'raevdan seyv! 

26. Zabihillo O'rinboevga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. "Metallurg" jarima zarbasini amalga oshiradi.



24. Ogohlantirish. "Neftchi". Abbos G'ulomov

19. ZARBA! SHahzod Ubaydullaevning jarimadan tepgan to'pini Aleksandr Lobanov egallab oldi.

14. ZARBAA! Zabihillo O'rinboevdan kuchli va aniq zarba, Akbar To'raev o'z o'rnida

10. Endi "Metallurg"da jarima to'pi, Abror Toshqo'zievning zarbasi ancha kuchli va noaniq bo'ldi.

4. "Neftchi"da jarima to'pi, berilgan zarbadan keyin to'p jonli devorga tegib qaytdi!



1. O'yin boshlandi! 



- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика