So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  2 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  3 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  6 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

Mag'lubiyatsiz seriya davom etadi. "Neftchi" "Buxoro"ni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

Mag'lubiyatsiz seriya davom etadi. "Neftchi" "Buxoro"ni yirik hisobda taslim qildi

Coca Cola Superligasi 20-turi doirasida "Neftchi" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


19:00. "Neftchi" - "Buxoro" 3:0 (TUGADI)
Bosh hakam:
Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Ibrohim Ismoilov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Davron Ibrohimov.

Gollar: Giorgi Nikabadze (G'ulom-Hayjar Gulyamov) 16, 1:0, Giorgi Nikabadze (Zoir Jo'raboev) 22, 2:0, Diyor Turopov (penalti) 78

"Neftchi": 45. Akbar To'raev, 2. Zoir Jo'raboev, 7. Umar Adhamzoda, 8. SHarof Muhitdinov, 13. Lutfulla To'raev (23. Diyorjon Turopov, 65), 19. Mirzohid G'ofurov, 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev (5. Tomislav Mrchela, 44), 22. Giorgi Nikabadze, 24. G'ulom-Hayjar Gulyamov, 40. Bachana Arabuli (77. Bilolxon Toshmirzaev 65)

Zaxira: 1. Asrorbek Kenjaev, 10. Sunnatulla Abdullajonov, 28. Fozil Musaev, 66. Doniyor Valiev, 70. Abbosjon G'ulomov, 


"Buxoro": 50. Luka Kukich, 2. Izzatillo Po'latov, 5. Dilshod Jo'raev (10. Humoyunmirzo Iminov, 46), 7. Muhammadjon Rahimov, 9. Jasur Xolto'raev ( 70. Aleksandar Stanisavlevich, 29), 11. SHohro'z Norxonov, 15. Diyorbek Ortiqboev, 77. Asilbek Qayumov, 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixaev, 94. Frane Ikich

Zaxira: 20. Sardor Qabuljanov, 4. Mirjalol Jumaev, 6. Behzod Kamolov, 8. Asliddin Tursunpo'latov, 17. Jamoliddin Ubaydulloev, 22. Mahmud Jo'raboev, 91. Asiljon Begimqulov

Ogohlantirish: Anvarjon G'ofurov ("Neftchi"), SHohro'z Norxonov ("Buxoro") 45+4, Zoir Jo'raboev ("Neftchi") 55


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. O'yin tempi pasaydi. Aftidan hammasi malumdek. 

83. Stanisavlevichda yaxshi vaziyat bo'lgan edi. 

78. GOL. Diyor Turopov 11 metrlik nuqtada adashmadi. 

78. PENALTI. "Buxoro" darvozasiga. 

77. O'ZGARISH. "Neftchi", Umar Adhamzoda o'z o'rnini Abbos G'ulomovga bo'shatib berdi. Muhammadjon Rahimov o'rniga Jamoliddin Ubaydullaev tushdi. 

74. OGOHLANTIRISH. "Buxoro", Muhammadjon Rahimov

67. GOL. Nikabadze uzoqdan gol urib 3:0 qilganida hakamlar o'yindan tashqari holat, deb elon qildi. VAR hakami bilan suhbatdan so'ng gol bekor qilindi. 

65. O'ZGARISH. "Neftchi", Bachana Arabuli o'rniga Bilolxon Toshmirzaev, Lutfulla To'raev o'rniga Diyor Turopov tushdi. 

64. ZARBA. "Buxoro" futbolchisi Izzatillo Po'latovning zarbasi aniq bormadi. 

58. ZARBA. G'ulom-Hayda Gulyamov jarima zarbasini ijro qildi. To'pni yuqorilatib jarima maydonchasiga uzatdi. Anvar G'ofurovning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 

55. OGOHLANTIRISH. "Neftchi", Zoir Jo'raboev 

50. Yo'q hammasi joyida. 

49. Stanisavlevichga tibbiy yordam kerakka o'xshayapti. 

46. O'ZGARISH. "Buxoro", Dilshod Jo'raev o'rniga Humoyunmirzo Iminov maydonga tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45+4. OGOHLANTIRISH. Maydonda o'zaro kichik janjal yuzaga keldi. Hakam o'z o'rnida "Neftchi"dan Anvarjon G'ofurov va "Buxoro"dan SHohruz Norxonovni sariq kartochka bilan siyladi. 

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

44. O'ZGARISH. "Neftchi", Muxsinjon Ubaydullaev jarohat oldi va u o'rnini Tomislav Mrchelaga bo'shatib beradi. 

42. Mezbonlar birinchi bo'limda raqib darvozasiga 3ta aniq zarba berdi va uning 2tasi gol bilan yakunlandi. Yaxshi samaradorlik.

39. "Neftchi"dan yaxshi hujum.  G'ulom-Haydar Gulyamov yana katta sahnada. Lekin jarima maydonchasida vaziyatni yakunlashga mehmonlar yo'l qo'ymadi.

32. Bakaev Stanisavlevich yordamida o'yinda burilish yasashga harakat qilmoqchi. Lekin bu birdaniga samara bergani yo'q. 

29. O'ZGARISH. "Buxoro", Jasur Xolto'raev o'rniga Aleksandar Stanisavlevich maydonga tushdi

22. GOL. "Neftchi" to'xtashni istamayapti. Jo'raboev jarima maydonchasiga yaqin xududga kirib borib to'pni Nikobadzega uzatdi. Nika esa boshi bilan osongina to'pni darvozaga yo'llab qo'ya qoldi. 

18. G'ulom-Haydar G'ulomov bugun "Neftchi" safida katta hajmdagi ishni bajarmoqda. Maydon markazi to'liq uniki. 

16. GOL. G'ulom-Haydar G'ulomovning burchakdan uzatmasi Nikobadzega kelib tushdi. U to'pni o'ziga qulay qilib to'g'irlab oldi va aniq zarba bilan hisobni ochdi. 

8. ZARBA. Asilbek Qayumov o'tgan turda "Bunyodkor"ga urgan golidan yana urmoqchi bo'ldi. Biroq noaniq ketdi. 

7. Ilk daqiqalardan ustunlik "Buxoro" tomonida. 

O'yinga start berildi. "Istiqlol" stadionida bugun qaysidir jamoa g'alaba qozonadi balki tomonlar birinchi davrada bo'lgani kabi durang qayd etilar. O'yinni birgalikda kuzatamiz. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика