So’nggi yangiliklar

16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  17 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  6 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1

Superliga. "Paxtakor" Namangandagi qizg'in bahsda "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" Namangandagi qizg'in bahsda "Navbahor"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan markaziy bahsn yakunlandi.

Coca Cola Superligasi  16-tur

Namangan. "Markaziy" stadioni. 20:00

"Navbahor" – "Paxtakor" 1:2

Gollar: Dragan CHeran 30', Muhammadqodir Hamraliev 44', Toma Tabatadze 68'

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev

Qanot hakamlari: Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev

Zaxira hakami: Sultonmurod Abdurahmonov

VAR hakami: Rustam Lutfullin

AVAR hakami: Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Bekzod Aripov

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov (19.Doniyor Abdumannopov 22'), 8.Jasur Yaxshiboev (77.Asadbek Sobirjonov 57'), 10.Jamshid Iskanderov (21.Temirxo'ja Abduxoliqov 46'), 14.Jamshid Boltaboev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich (4.Azim Ahmedov 90'), 27.SHahboz Jo'rabekov (13.Filip Ivanovich 46'), 91.Toma Tabatadze. 

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 20.Muzaffar Mo'minov, 24.Davron Hoshimov, 39.SHohruh Xudoybergenov.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Aziz Turg'unboev, 10.Dragan CHeran (s), 17.Doston Hamdamov, 19.Pshemislav Banashak (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov 73'), 28.Diyor Xolmatov, 30.Metyu Stinvorden (88.SHahzod Azmiddinov 46'), 77.Dilshod Saitov (34.Farruh Sayfiev 46').

Zaxira: 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 4.Doston Tursunov, 20.Hojimat Erkinov, 23.SHerzod Azamov, 40.Kimi Merk.

Ogohlantirishlar: Jasur Yaxshiboev 23', Pshemislav Banashak 26', Doniyor Abdumannopov 37', Dragan CHeran 41', Odiljon Hamrobekov 75'


90+7. O'yin yakunlandi!

90+6. Turg'unboev darvozabon bilan qariyb birga bir vaziyatga chiqdi, biroq imkoniyatdan foydalana olmadi.

90+6. Havolatib uzatilgan to'pni Xoldorxonov boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi.

90+1. Milosh Milovich darvozagacha bo'lgan 3 metr masofada boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Hojiakbar Alijonovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

86. Sanjar Quvvatov to'pni ushlashda xatoga yo'l qo'ydi. 

84. Dragan CHeranga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Babayan o'z shogirdlariga ko'rsatmalar bermoqda.

72. Mezbonlar hisobni qisqartirgach hujumlar uyushtirishda tinmayapti. Abdumannopovning bosh bilan bergan zarbasini Quvvatov ushlab oldi.

CHap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga "Navbahor"ning ikki futbolchisi zarba berishga urindi, o'xshamadi, Tabatadze esa oyoqlarini qo'yib zarba berdi va gol urdi!

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Namanganliklar hisobni qisqartirdi!

61. Mezbonlar tinmayapti, o'yin tempi juda yuqori!

58. Turg'unboev darvozaga yaqin masofadan zarba berdi, biroq birozgina noaniq bo'ldi.

54. Jarima zarbasidan tepilgan to'pni Quvvatov ushlab oldi.

50. Abdumannopovning darvoza tomon tepgan to'pni darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

47. O'yinning ikkinchi qismi ham juda qiziqarli boshlandi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

"Paxtakor" matbuot xizmatining yozishicha, stadiondagi muxlislar "Paxtakor" rahbariyati o'tirgan mehmonlar sektoriga buyumlar uloqtirgan. Qo'shimcha malumotga ko'ra, mazkur voqeadan so'ng stadiondagi xavfsizlikka masul vakillar mehmonlarni ichkariga kirishga taklif qilgan.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Burchakdan uzatilgan to'pni Muhammadqodir Hamraliev boshi bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "SHerlar" Namanganda ikkinchi golini urishdi!

42. "Navbahor"ning jarima zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tabatadzening bosh bilan bergan zarbasini Quvvatov ushlab oldi.

37. Abdumannopov raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam ushbu vaziyat simulaciya deb baholadi va sariq kartochka ko'rsatdi. 

33. Mezbonlar gol o'tkazib yuborganlaridan so'ng o'yin yanada qizimoqda.

Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi! 

30. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dragan CHeran hisobni ochdi!

27. Babayan maydondan chiqib ketgan to'pni oyoq bilan to'g'rilab yubordi. Hakam uning oldiga kelib og'zaki tushuntirishlarini berdi.

26. Banashak namanganliklar darvozaboni bilan ikkinchi marta to'qnashdi va ogohlantirildi.

22. Majburiy o'zgarish: Oston O'runov o'rniga Donier Abdumannopov tushdi.

20. Oston O'runov jarohat oldi. SHifokorlar uni almashtirishni so'ramoqda.

17. Hujumlar uyushtirish biroz to'xtab qoldi. Jamoalar asosan maydon markazida o'yin o'tkazishmoqda.

11. Oston O'runovning chap qanotdan uzatgan to'pini Jasur Yaxshiboev darvozaga kirita olmadi.

10. Hojiakbar Alijonovning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

6. Hamdamovning uzoqdan tepgan to'pini Yusupov ushlab oldi.

4. Dragan CHeranning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

3. Bahsning dastlabki daqiqalari juda ajoyib boshlandi. Jamoalar tezda hujumkor o'yin namoyish etishmoqda, muxlislar ham stadionni "yondirishmoqda"!

1. O'yin boshlandi! Bahsga o'z belgilangan vaqtidan 9 daqiqa o'tib start berildi. 

Soat 20:00. "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuv o'z belgilangan vaqtida boshlanmadi. Maydonga futbolchi va hakamlar tushib kelishgani yo'q.

Navbahor" – "Paxtakor" uchrashuvini tomosha qilish uchun "Markaziy" stadionida muxlislar to'lib-toshmoqda!

- Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика