So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  3 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  12 19:35U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  100 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  2 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  14 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  24 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" "Buxoro" ustidan qiyin g'alabaga erishib, 1-davrani peshqadam sifatida yakunladi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Navbahor" "Buxoro" ustidan qiyin g'alabaga erishib, 1-davrani peshqadam sifatida yakunladi

Coca Cola Superligasi 8-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Coca Cola Superligasi. 8-tur

NAVBAHOR – BUXORO 1:0

1 iyul. Namangan. "Markaziy" stadioni. 20:00 

Hakamlar: Akmal Rahimov, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Doston Mirzaraimov

VAR hakami: Ahrol Risqullaev 

AVAR: Anvar Marajabov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Milosh Milovich, 81 (1:0)

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev (31.Luka CHermel, 82), 8.Jasur Yaxshiboev, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Temurxo'ja Abduholiqov, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 27.SHahboz Jo'rabekov (11.SHohro'z Norxonov, 78), 77.Asadbek Sobirjonov (17.Abror Ismoilov, 46)

"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 5.Dilshod Jo'raev (c), 9.Aleksandr Kasyan (28.Sohib Muhammadiev, 60), 14.Rustamjon Abduhamidov (24.Sardor Izzatov, 56), 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 25.Abbosjon Otaxonov (15.Obid Jo'raboev, 35), 70.Aleksandar Stanislavlevich, 80.Farruhjon Ibrohimov, 88.Vsevolod Nixaev, 91.Asiljon Begimqulov, 99.Javohir Ro'ziev (77.Fayzullo Jumanqo'ziev, 56)

Ogohlantirish: Farruhjon Ibrohimov (23), Sardor Qobuljonov (39), Jasur Yaxshiboev (45), Asiljon Begimqulov (53), Jamshid Iskanderov (87)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Milovich burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

76. Ismoilov tepgan to'p stadion tepasida so'roqsiz uchib yurgan qushlarni quva ketdi.

72. Boltaboev bir raqibini aldadi, ikkinchisiniyam aldadi, keyin darvoza bag'riga kirishi lozim bo'lgan to'p uni aldab ketdi.

69. Abrorrrrrr... Tilimni tishlab oldim.

67. Jokichning standartgan tepgan to'pi oldida UzAirways ham bulut esholmaydi.

66. Boltaboevni "chopishdi". Oyoq bilan.

63. Golban, Goldan... Qisaqasi, Golbanning zarbasi goldan nishona bermadi.

54. Stanislavlevich raqib jarima maydonida bir raqibini aldadi, ikkinchisini poyida tiz cho'ktirdi, uchinchisida esa ertak yaxshilik bilan tushamadi.

50. Raqib posboni qarshisida yolg'iz qolgan Abduhamidov tepsammi, tepmasammi, tepaman-ey, balki aldasamchi deya o'ylanib olgunga qadar "Navbahor" himoyachisi uning qarshisiga etib keldi. 

47. Jokich jarima maydoniga uzatilgan to'pga boshi bilan zarba yo'llagan holda darvoza qolib, burchakdagi bayroqni nishonga olishga urinib ko'rdi. Qoyil.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

15 daqiqa

45+2. Qobuljonov to'pga otilib, jamoasini goldan qutqarib qoldi, ammo libosini loydan qutqarib qololmadi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

38. Sobirjonov... iloji boricha, tanaffusgacha stadiondagi muxlislarning mazkur vaziyat reakciyasiga quloq solmay turishni maslahat beraman.

32. Yaxshiboev qulay vaziyatda raqibidan to'p suradi, ammo biroz bo'y ham so'ramadi.

26. Stanislavlevich maydonda u yoqdan bu yoqqa ag'anab yotibdi, hakam esa telefonda kim bilandir gaplashmoqda.

23. Farruhjon Ibrohimov hujumga otlanayotgan Abduxoliqovni bag'riga bosgani uchun ogohlantirildi.

18. Iskanderovning super uzatmasidan keyin Sobirjonov superzarba bilan havoni tepdi.

17. Yaxshiboev darvoza ortidagi bolakayga aniq uzatma amalga oshirdi.

15. "Buxoro"ning birato'la ikki nafar futbolchisi maydonda osmondagi yulduzlarni sanamoqda.

11. Golban familiyasining dastlabki bo'g'iniga yarasha harakat amalga oshira olmadi. 

9. Iskanderovdan qo'llash mumkin bo'lmagan usul bilan to'pni olib qo'yishdi, shu bois yana standart yuzaga keldi.

6. "Navbahor" futbolchisi Stanislavlevichni tulpor deya tasavvur qilib yuborgani uchun jarima zarbasi belgilandi.

4. Ubaydullaevning beli og'rib qoldi. Yomon ish qilgani yo'q.

1. Uchrashuv boshlandi. YO hakam hushtagini kech chaldi, yoki Abduxoliqov erta zarba berib yubordi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Mezbonlar ko'k, mehmonlar oq rangli libosda harakat qiladi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Namanganda Superliganing qoldirilgan 8-turida doirasida uchrashuv guvohiga aylanamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика