

"Ajdarlar" Qashqadaryoning yirik ishlab chiqaruvchi korxona "SSmart" bilan kelishuvga erishgan.
Ma'lumot uchun, "SSmart" aqlli televizorlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

Endilikda Superliganing titul homiysi yo'q jamoalar soni to'rtta qoldi. Ular - "Bunyodkor", "Xorazm", "Mashal" va "Qo'qon-1912" jamoalari.
Qizig'i, "Qo'qon-1912" jamoasida o'tgan mavsumda ham titul homiysi yo'q edi. O'tgan mavsumda "Mashal"ning titul homiysi "O'zbekiston Milliy banki" edi. "Bunyodkor"da "O'zbekneftgaz" titul homiysi bo'lgan bo'lsa, "Xorazm" jamoasining liboslarida "Uztelekom" logosi tushirilgandi.




