So’nggi yangiliklar

13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  4 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  1 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  11 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7

Coca Cola Superligasi. "Neftchi" joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyatini "Nasaf"dan qabul qilib oldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Neftchi" joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyatini "Nasaf"dan qabul qilib oldi

Coca Cola Superligasi 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

21-tur

"Nasaf" – "Neftchi" 2:0

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: SHuhrat Rajabov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Jasur Rustamov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: 1:0 — 38, Jambuli Jigauri, 2:0 — 90+6, Andres CHaves.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 17.Suhrob Nurulloev (21.Doniyor Narzullaev, 84), 28.SHuhrat Muhammadiev 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (9.Javohir Sidiqov, 67), 77.Oybek Bozorov (25.Bekjon Rahmatov, 90+3), 88.Marko Stanoevich (18.Bahrom Abdurahimov, 67), 92.Umarbek Eshmurodov (s), 99.Azizbek Amonov (10.Andres CHaves, 84).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 32.Zafar Hakimov, 36.Azizjon Axrorov, 41.Firuzbek Zoyirov.

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Zoir Jo'raboev, 5.Tomislav Mrchela, 7.Umar Adhamzoda, 8.SHarof Muhitdinov, 13.Lutfulla To'raev (28.Fozil Musaev, 78), 19.Mirzohid G'ofurov (70.Abbosjon G'ulomov, 61), 20.Anvarjon G'ofurov, 22.Giorgi Nikabadze, 24.G'ulom Haydar G'ulomov (23.Diyorjon Turopov, 61), 40.Bachana Arabuli (77.Bilolxon Toshmirzaev, 61).

Zaxira: 1.Asrorbek Kenjaev, 10.Sunnatulla Abdullajonov, 14.Rahmonjon Ro'ziev, 15.Muhsin Bazarov, 66.Doniyor Valiev.

Ogohlantirish: Mirzohid G'ofurov (10), Abduvohid Nematov (58), Bilolxon Toshmirzaev (86), Andres CHaves (90+3).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+6. CHetlatish. Andres CHaves gol nishonlashda futbolkasini echgani uchun ikkinchi bor sariq kartochka oldi va maydonni tark etdi. 

90+6. GOL! Andres CHaves Superligadagi o'zining ilk golini urdi -2:0.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

81. G'ulomovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

78. Mezbonlar yaxshi hujum tashkillashtirdi, so'nggi pallada "Neftchi" himoyachisi jamoasi joniga oro kirdi.

74. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi, biroq hujum samarasiz yakunlandi.

67. "Nasaf" tarkibida birato'la ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

65. Omonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

61. Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasi "Nasaf" himoyachilariga tegib qaytdi. Bu orada farg'onaliklar murabbiyi birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi.

58. Nematov vaqtni cho'zishga uringani uchun ogohlantirildi.

55. Stanoevichdan yana bir zarba! Yana noaniq.

54. Stanoevichning jarimadan erlatib tepgan zarbasi kuchli chiqdi, biroq yana mo'ljalga aniq bormadi.

51. Jigauri maydonda yotibdi. Mehmonlar esa uni vaqt cho'zishda ayblab, etiroz bildirmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ilk vaziyatdayoq G'aybullaev tibbiy xodimlar yordamiga muhtoj bo'ldi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Qanotdan uzatilgan to'pga Nikabadze bosh bilan zarba yo'lladi, biroq biroz aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Gol inobatga olindi! "Nasaf! hisobda oldinga chiqib oldi!

38. GOL! Stanoevichning burchakdan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Eshmurodov Jigauriga pas berdi. Gruziyalik futbolchi esa bo'sh darvozani ishg'ol qildi. Biroq hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini malum qildi. VAR ishga tushdi.

34. Mehmonlarning hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo to'p "Nasaf" himoyachisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to'pni esa Nematov qaytardi.

30. "Neftchi" futbolchilari standart amalga oshirishda bir-birini tushunmasligi oqibatida to'pni osongina yo'qotdi. 

28. Stanoevichning olisdan yo'llagan zarbasi yana noaniq ko'rinish oldi.

26. Mezbonlarda standart yuzaga keldi. Jigaurining uzatmasi esa hech kimga tegmasdan autga chiqib ketdi.

23. ZARBA! Muhitdinovning 25-30 metrlardan yo'llagan jarima zarbasini Nematov qaytardi.

20. Stanoevichning olis masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

18. Mezbonlarning xatosidan so'ng tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tgan "Neftchi" futbolchilariga nisbatan qoida buzildi. Standart vaziyat esa xavfli ko'rinish oldi, biroq to'p hech kimga tegmasdan, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

15. Mezbonlar chap qanotdan tezkor hujum boshladi, biroq yakuniy uzatmaga Nasrullaev etib kela olmadi.

10. ZARBA! Adhamzodaga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng jabrlanuvchining o'zi amalga oshirgan jarima zarbasini Nematov qaytardi.

8. "Neftchi" futbolchisining zarbasi kuchsiz bo'lishiga qaramay, raqib futbolchisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirgani uchun Nematovga qiyinchilik tug'dirdi.

7. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Stanoevichning uzatmasidan so'ng to'p to'g'ri "Neftchi" darvozabonining qo'llariga borib tushdi.

2. "Nasaf" futbolchilari Mozgovoyga nisbatan ishlatilgan qo'pollik natijasida yuzaga kelgan standartdan unumli foydalana olmadi. 

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика