So’nggi yangiliklar

13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  7 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  8 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10

Superliga. "Metallurg" va "Qizilqum" safarda dahshatli natija qayd etmoqda, "Navbahor" Namanganda chempion Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" va "Qizilqum" safarda dahshatli natija qayd etmoqda, "Navbahor" Namanganda chempion

Superligada birinchi davraning ekvatoridan o'tdik va qisman aniq ko'rsatkichlar borasida to'xtalsak o'rinli bo'ladi. Oldinda bizni 9-tur kutmoqda.

Mazkur tur oldidan ayrim natijalarni, faktlarni etiboringizga havola qilamiz. 


Mehmonda

Bekobod shahri klubi joriy yil hisobidan bugun  4 safar uchrashuvida ishtirok etadi. 

 Bu turgacha "Metallurg" "Navbahor" (0:3), "So'g'diyona" (2:2), "Andijon" (0:5) jamoalari mehmoni bo'lgan va ularning bittasida ortga ochko bilan qaytdi. "Madanchilar" 3ta bahsda o'z darvozalaridan jami 10ta to'p olib chiqishdi va raqib darvozasini 2 bor ishg'ol qilishdi. Superliga jamoalari orasida safarda gol o'tkazish bo'yicha eng yomon natija ayni paytda  "Metallurg"ga tegishli bo'lib turibdi. Ochko yig'ish borasida esa "Qizilqum"ga havas qilib bo'lmaydi ,4ta o'yin 4ta mag'lubiyat. Bu turda ular Toshkentda OKMKga qarshi o'ynaydi. 

Mazkur masalada "Bunyodkor" etakchilikni qo'lga olgan. Murod Otajonov "komanda"si 7ta turdan 5tasini mehmonda o'tkazdi va jami 12 ochko jamg'ardi, 4ta g'alaba va 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati 9:3. Safarda mag'lubiyatga uchramagan faqatgina 2 klub qoldi, "Neftchi" va "Nasaf". Farg'onaliklar 4ta o'yindan 3tasida g'alaba, 1tasida murosa ko'chasini tanladi. "Ajdarlar"da 5 ochko mavjud, 1 g'alaba va 2 durang. 

Uyda kim chempion?

Albatta "Navbahor". Namanganda "lochinlar"ning parvozi muvaffaqiyatli chiqayotganini aytish joiz. Natijalar: 4ta o'yin 4ta g'alaba, to'plar nisbati 10:0, 12 ochko. Ortiqcha gap so'zsiz yuz foizlik ko'rsatkich. Biroq Namanganga kelgan jamoalarning darajasi "Navbahor"nikidan yuqori emasdi: "Qizilqum" (3:0), "Metallurg" (3:0), "So'g'diyona" (3:0), "Andijon" (1:0).  Uyda mag'lubiyatga uchramayotgan jamoalar qatoriga "Neftchi" (1 g'alaba, 2 durang), "Qizilqum" (1 g'alaba, 2 durang), "Bunyodkor" (2 durang) ham kiritish mumkin. O'z maydonida muxlislarini xursand qilish baxtini his qila olmayotgan 3ta jamoa qoldi. "Bunyodkor", "Buxoro", "Turon". 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика