So’nggi yangiliklar

12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  0 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  1 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  4 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  7 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  2 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  4 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  7 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0

Superliga. "Surxon" "Metallurg"ni mag'lub etib, "Andijon"ga etib oldi. Bekobodliklarning g'alabasiz seriyasi davom etadi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" "Metallurg"ni mag'lub etib, "Andijon"ga etib oldi. Bekobodliklarning g'alabasiz seriyasi davom etadi

Coca Cola Superligasi 24-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca Cola Superligasi

24-tur

"Metallurg" – "Surxon" 0:1 (TUGADI)

4 noyabr. Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 16:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Doston Rahmonov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: SHohnur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Bekzod Aripov

Gol: Tamirlan Jamalutdinov (Silvanus Nimeli) 56, 0:1

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 3.Danial Mahini, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov (20.Daler SHaripov,86), 14.Abrorbek Toshqo'ziev (7.Husniddin G'ofurov, 46), 15.Sardor Abduraimov (11.Damir Temirov,46), 17.Rizo Yazdando'st, 19.Ergash Ismoilov ( 33.Ivan Yosovich,79), 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 77.SHahzod Ubaydullaev, 97.Muhammadali Aliqulov.

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov,   21.Muhammadaziz Ibrohimov, 23.Behruz SHodmonov, 24.Ro'ziboy Fayzullaev, 70.Alisher Xayrullaev.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2.Bobur Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 6.Artyom Sokal, 7.Dostonbek Tursunov, 10.Tamirlan Jamalutdinov (27.Asilbek Jumaev,71), 15.Diyor Ramazonov, 18.Silvanus Nimeli, 19.Nuriddin Hasanov (5.Azizbek Pirmuhammadov,86) 25.Behzod SHamsiev (8.Humoyun SHerbo'taev,33), 66.Behruz SHaydulov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 4.SHahzod Toirov,  9.Muhammad Ali Abdurahmonov, 17.Jahongirbek Abdusalomov,  77.Asadbek Karimov, 99.Komron Saydazimov.

Ogohlantirish: Rizo Yazdando'st ("Metallurg") 58, Humoyun SHerbo'taev ("Surxon") 63, Nuriddin Hasanov ("Surxon") 66

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90+2. Artyom Potapov jamoasini yana bir vaziyatda qutqarib qoldi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

86. O'ZGARISH. "Metallurg", Xudoyshukur Sattorov o'rniga Daler SHaripov

86. O'ZGARISH. "Surxon", Nuriddin Hasanov o'rniga Azizbek Pirmuhammadov tushdi. 

85. "Metallurg" xavfli hujum uyushtirdi. "Surxon" himoyachilari ishonchli harakat qildi. 

79. O'ZGARISH. "Metallurg", Ergash Ismoilov o'rniga Ivan Yosovich tushdi. 

77. Ubaydullaevning zarbasini jonli devor qaytardi. 

76. "Metallurg" juda qulay nuqtada jarima zarbasi ishladi. To'p oldida Ubaydullaev 

71. O'ZGARISH. "Surxon", Tamirlan Jamalutdinov o'rniga Asilbek Jumaev tushdi. 

66. OGOHLANTIRISH. "Surxon", Nuriddin Hasanov

63. OGOHLANTIRISH. "Surxon", Humoyun SHerbo'taev

58. OGOHLANTIRISH. "Metallurg", Rizo Yazdando'st

56. GOL. "Surxon" chiroyli kombinaciya tashkil qildi. Nuriddin Hasanov boshlab bergan hujumni Nimeli davom ettirdi. Uning ohista uzatmasini Tamirlan Jamalutdinov golga aylantirdi.

53. ZARBA. G'ofurbekovning zarbasi noaniq ketdi. 

46. O'ZGARISH. "Metallurg", Sardor Abduraimov o'rniga Damir Temirov, Abror Toshqo'ziev o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+3. O'ng qanot jarima maydonchasi chizig'i ustida "Surxon" futbolchilari jarima zarbasini ishladi. Lekin standartdan samara yo'q. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Sattorov va Sokal to'qnash keldi. Sattorovda barchasi joyida. 

33. O'ZGARISH. "Surxon", Behzod SHamsiev o'rniga Humoyun SHerbo'taev tushdi. 

31. "Surxon" futbolchisi Behzod SHamsiev to'pga etish chog'ida oyog'ini qayirib oldi. U almashtiriladi. 

29. ZARBA. Akmal Ortiqov oldinga chiqib kelganidan foydalanib Tamirlan Jamalutdinov zarba yo'lladi. Noaniq. 

27. ZARBA. Yana Ubaydullaev.  U bu safar uzoqdan zarba yo'llab ko'rdi. Vaziyat qahramoni "Surxon" posboni

23. ZARBA. SHahzodbek Ubaydullaev jarima zarbasini aniq ijro qildi. Darvozabon Artyom Potapov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi. 

17. Hozircha darvozabonlar murakkab vaziyatga tushgani yo'q. CHunki ularning darvozasi oldida xavf yuzaga kelmadi. 

12. "Surxon" to'pni nazorat qilgan holda pozicon hujumlarni boshlayapti. "Metallurg" raqibiga imkoniyat berayotgani yo'q. 

7. O'yin maydon markazida kechmoqda. 

2. ZARBA. Ubaydullaevning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

- O'yinga start berildi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика