So’nggi yangiliklar

21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  4 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  3 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  13 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  7 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2

Superliga. "Metallurg" o'z uyida "Surxon" bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" o'z uyida "Surxon" bilan murosa ko'chasini tanladi

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Surxon" bahsi nihoyasiga etdi.

Coca-Cola Superliga. 3-tur

16 mart, chorshanba

Hakamlar: Vadim Agishev, Husniddin SHodmonov, Obid Jumaev, Ravshan Abdivohidov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

Komissar: SHohruh Said

Metallurg

Superliga. 3-tur

16/03/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

Surxon

45'
90'
29'  Abror Toshqo'ziev
64'  Ibrohim Ibragimov (ZHasur Xolto'raev)
68'  Aleksandr Lobanov
87'  Ixtiyor Toshpo’latov (SHahzodbek G'ofurbekov)
13'  Javohir Sohibov
52'  Luis Migel Kesada
68'  Iqbol Malikzhonov
80'  Luis Migel Kesada (Abdulaziz Yusupov)
81'  Boburjon Akbarov

"Metallurg" – "Surxon" 0:0  

Markaziy stadion

“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov (22.SHahzodbek G'ofurbekov, 87), 80.Farrux Ibrohimov, 5.Abbos Otaxonov, 97.Muhammadali Aliqulov, 94.Farhod Bekmuratov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 18. Fozil Musaev, 30.Ibrohim Ibragimov (16.Jasur Xolto'raev, 64), 11.Damir Temirov, 9.Zabihillo O'rinboev.

Zahira: 87.Akmal Ortiqov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 19.Ergash Ismoilov, 7.Islombek Isoqjonov, 25.SHahzodjon Nematjonov, 26.Hakimxon Alamxonov.

"Surxon": 35.SHohruh Eshbo'taev, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Bobirjon Akbarov, 4.Javohir Sohibov, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 10.Murodbek Bobojonov, 11.Luis Migel Kezada (23.Abdulaziz Yusupov, 80), 13.Miroslav Markovich, 20.Iqbol Malikjonov, 33.Tohirjon SHamshiddinov, 66.Behro'z SHaydulov.

Zaxira: 25.Xaver Ximenes, 6.Jahongir Ahmadov, 7.Islomjon Toshpo'latov, 9.Zohir Pirimov, 19.Nuriddin Hasanov, 26.Ulug'bek Abdullaev, 55.SHarofiddin SHobirov, 64.Samandar Qodirov, 99.Kamron Saydazimov.

Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov (13), Abrorbek Toshqo'ziev (29), Luis Migel Kezada (52), Iqbol Malikjonov (68), Aleksndr Lobanov (68), Bobirjon Akbarov (81). 

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakuniga etdi!  

Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. "Metallurg" hujumga etiborni kuchaytirgan bir paytida "Surxon" qarshi hujumga o'tib ketdi. Markovich muvaffaqiyatsiz zarba berdi. 

87. "Metallurg"da almashtirish: Toshpo'latov o'rniga G'ofurbekov o'yinni davom ettiradi. 

85. Ixtiyor Toshpo'latovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

81. Bobirjon Akbarov Xolto'raevga nisbatan o'ta qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

80. "Surxon"da almashtirish: Luis Migel Kezada o'rniga Abdulaziz Yusupov tushdi. 

78. Jamoalar navbatma-navbat hujumga borishmoqda. Hozircha yaqqol xavfli vaziyat yo'q. 

76. Zarbaaa!  Iqbol Malikjonovning kuchli zarbasini Lobanov bartaraf etdi. 

74. Zarbaaa! Toshpo'latovning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin  Xolto'raev bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

72. Kezadaning Bobojonov tomon amalga oshirgan uzatmasiga Lobanov ega chiqdi. 

68. Iqbol Malikjonov va Aleksandr Lobanov sariq kartochkaga loyik qo'rildi. 

67. Lobanov to'p yo'lini to'sgan holda maydondan chiqib ketishini taminladi, Iqbol Malikjonov uni turtib yubordi. SHundan so'ng kichik tortishuvlar ro'y berdi. 

64. "Metallurg"da o'zgarish: Ibrohim Ibragimov o'rniga Jasur Xolto'raev maydonga tushdi. 

63. GOOOOOL!  Farhod Bekmuratov raqib darvozasiga to'p kiritdi, biroq sal oldinroq Zabihillo O'rinboev ofsaydda qolgan ekan. SHu bois gol inobatga olinmadi.

59. O'yin tempi yuqori. Jamoalar bir-biriga o'ziga xos kurashni taklif qilishmoqda. 

56. Maydonda tortishuv yuzaga keldi. Ixtiyor Toshpo'latov Baxtiyorjon Qosimov bilan janjallashib qoldi. 

54. Abbos Otaxonov ikkinchi qavatda Bobojonovga nisbatan qoidani buzdi. 

52. Kezada Toshpo'latovga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

50. Fozil Musaev jarima maydoni ichida himoyachini aldashga urindi, ammo "Surxon" vakili to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

47. "Surxon" ikkinchi taymdagi birinchi xavfli vaziyatni hosil qildi. Kezadaning pasidan keyin Bobojonov to'pga ulgurmay qoldi, aks holda holat gol bilan ham tugashi mumkin edi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi taym nihoyalandi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Zarba! Abrorbek Toshqo'zievning yaqin masofadan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish kasb etdi. 

39. Malikjonov "Surxon" foydasiga burchak to'pi ishladi. 

36. Uuuux!  "Surxon" azosining qanotdan uzatgan pasidan so'ng Ixtiyor Toshpo'latov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga oz qoldi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

35. Zarbaaa! Kezadaning aylanma zarbasi juda xavfli chiqdi. 

31. Qosimovdan yana bir zarba!  Bu gal ham noaniq. 

29. CHap qanotdlan oldinga borgan Iqbol Malikjonovni Abror Toshqo'ziev qoida buzish evaziga to'xtatb qoldi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

27. Zarba!  Baxtiyorjon Qosimovning kutilmaganda yo'llagan zarbasmi noaniq ko'rinish oldi.  

25. Uuuux! "Metallurg" ajoyib vaziyatga ega bo'ldi. Damir Temirov yaqin masofadan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.

22. Muhammadali Aliqulovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

21. "Surxon" burchak to'pini o'yinga kiritdi. Bu mezbonlarga xavf tug'dirmadi.  

18. Jamoalar maydonda kurashlarga boy o'yin namoyish etishmoqda.  

15. "Metallurg" o'ng qanotdan hujumga o'tdi, ammo bu samara keltirmadi. "Surxon" qarshi hujumga chog'landi. 

13. Javohir Sohibov maydon markazida qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi.

12. Zarba! Kezadaning zarbasidan so'ng Lobanov to'pni qaytardi, burchak zarbasi. 

11. Luis Migel Kezadaning jarimadan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. Bekoboddagi kuchli shamol o'yinga tasir o'tkazmasdan qolmayapti. 

10. O'ng qanotda Iqbol Malikjonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, jarima to'pi. 

7. Zarba! Kezada jarima maydonchasi ichiga kirdi va kuchli zarba yo'lladi, noaniq.

6. Zarbaaa!  Murodbek Bobojonovning olis masofadan erlatib yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

5. Murodbek Bobojonov raqibdan o'zib ketishga urindi, ammo unga xalaqit qilib qolishdi. 

2. "Metallurg" dastlabki hujumni uyushtirishga kirishdi. Damir Temirovning zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

1. Farhod Bekmuratov maydon markazida Sohibovni yiqitdi.  

1. O'yin boshlandi! 

Foto: Tolibjon Qosimov

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- O'yin 18:30 da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика