So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  0 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  1 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  1 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  17 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

Superliga. O'ta qo'pol tarzda kechgan Toshkent viloyati derbisida "Metallurg" ikki kishi kam AGMKni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. O'ta qo'pol tarzda kechgan Toshkent viloyati derbisida "Metallurg" ikki kishi kam AGMKni mag'lub etdi

Coca-Cola Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Metallurg" – AGMK o'yini yakuniga etdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib bordingiz.

Coca-Cola Superliga. 1-tur

4 mart, juma

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Ravshan Abdivohidov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Vladimir Nazarov

"Metallurg" – AGMK 1:0

"Metallurg" markaziy stadioni

Gol: SHohnazar Norbekov penalti 23' 

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 80.Farruh Ibrohimov, 5.Abbos Otaxonov (6.Xudoyshukur Sattorov, 12'), 97.Muhammadali Aliqulov, 14.Abror Toshqo'ziev, 94.Farhod Bekmuratov, 18.Fozil Musaev (16.Jasur Xolto'raev, 70'), 30.Ibrohim Ibragimov, 10.SHohnazar Norbekov (11.Damir Temirov, 70'), 9.Zabihillo O'rinboev

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev, 3.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov (70.Mirg'iyos Sulaymonov, 46'), 4.Mirjamol Qosimov (17.Sanjar Tursunov, 46'), 11.Murod Toshmatov (88.Siyovush Haqnazariy, 46'), 63.Alisher Jalilov (15.Andrey Mishenko, 23', 29.Iskandar Bo'sinov, 90+2'), 22.SHohruh Gadoev, 27.Martin Boake, 10.Xurshid G'iyosov

Ogohlantirishlar: Farhod Bekmuratov (15), Mirjamol Qosimov (26), Ixtiyor Toshpo'latov (50), Valijon Rahimov (50), Sanjar Tursunov (53), Zabihillo O'rinboev (83), SHohruh Gadoev (85), Damir Temirov (88), Aleksandr Lobanov (90+1).

CHetlatishlar: Sardor Rahmonov (20), SHohruh Gadoev (85)


BAHS YAKUNLANDI! 

90+2. Ikki jamoada o'zgarish kuzatildi: Zabihillo O'rinboev o'rniga SHahzod Nematjonov tushdi. 

90+1. Lobanov vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka oldi. 

Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Valijon Rahimoa sheriklarini oldinga boshlamoqda. 

88. Damir Temirov ogohlantirildi. 

87. Jasur Xolto'raev qarshi hujumga o'tib, gol urdi, ammo u ofsaydda qolgan ekan. 

85. Uuux! SHohruh Gadoev ikkinchi sariqqa loyiq ko'rildi va maydondan chetlatildi! 


83. Zabihillo O'rinboev qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

82. AGMK standartga ega bo'ldi. Abdulla Abdullaevning zarbasi ancha noaniq ko'irini kasb etdi. 

79. Zarbaaaa!  Qanday vaziyat!  Abror Toshqo'ziev darvozabonni aldab o'tdi va zarba berdi. Himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. 

75. Zarbaaaaa!  Mirg'iyos Sulaymonovning zarbasidan so'ng Lobanov qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga urib yubordi.  

74. Burchak to'pidan uzatilgan to'p uchun havodagi kurashga kirishgan Xudoyshukur Sattorov darvozabon Rahimovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

72. Zarba!  Lobanov qaytargan to'p Siyovush Haqnazariyga kelib tushdi. Eronlik futbolchining zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

70. "Metallurg"da 2 ta o'zgarish: SHohnazar Norbekov o'rniga Damir Temirov, Fozil Musaev o'rniga Jasur Xolto'raev tushirildi.  

68. Zarbaaaa!  Ibragimovning qulay uzatmasidan keyin Zabihillo O'rinboevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

67. Ixtiyor Toshpo'latov o'zini yaxshi his qilmayapti. Unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatilyapti.

65. "Metallurg" ko'pchilik bo'lib hujumga o'tyapti, ammo hujumda juda no'noq o'ynamoqda.  

62. Ibrohim Ibragimovdan aniq zarba, ammo bu Rahimovga qiyinchilik tug'dirmadi. 

61. "Metallurg" ko'pchilik bo'lib hujumga o'tdi. Ibrohim Ibragimov qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi.

59. Ixtiyor Toshpo'latovdan ichkariga yaxshi uzatma, biroq to'pga boradigan futbolchi topilmadi. 

53. Sanjar Tursunov Bekmuratovni yiqitdi va ogohlantirildi. 

53. O'yin tempi u qadar yuqori emas. Uchrashuv faqat qo'polliklarga boyligi bilan ajralib turibdi. 

50. Ixtiyor Toshpo'latov Sanjar Tursunovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va maydonda janjal yuzaga keldi. SHundan so'ng Toshpo'latov va Rahimov sariq kartochka oldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. AGMKda 3 ta almashtirish: Akrom Komilov o'rniga Mirg'iyos Sulaymonov, Mirjamol Qosimov o'rniga Sanjar Tursunov, Murod Toshmatov o'rniga Siyovush Haqnazariy 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob — 1:0. Tanaffus! 

45+3. Xurshid G'iyosovning chqin masofadan bergan zarbasini Lobanov ilib oldi. Ammo AGMK azosi o'yindan tashqari holatda edi...

Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

45. Boake faollik ko'rsatib, jamoasi foydasiga burchak to'pi ishladi, lekin bundan samara chiqmadi. 

44. "Metallurg" to'pni o'zida saqlagan holda vaqtni cho'zishga urinyapti. Bekobod klubi tanaffusga g'alaba bilan chiqib ketmoqchi. 

42. Norbekovning pasidan so'ng markazda turgan O'rinboev zarba berdi. Valijon Rahimov o'z o'rnida. 

41. Xurshid G'iyosovning qanotdan uzatgan pasi juda muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

38. Ixtiyor Toshpo'latovning uzatmasidan keyin to'p Akrom Komilovning tirsagiga tegdi. Toshpo'latov hakamning qaroridan hayratda. To'p burchakdan yo'inga kiritiladi. 

36. Zarbaaaa! Mishenkoning bosh bilan bergan zarbasi sal noaniq chiqdi. 

32. Qosimovning olisdan jarima orqali yo'llagan zarbasi to'g'ri Lobanovga borib tushdi.

28. Kurashlarga boy o'yin bo'lmoqda. Bu gal SHohnazar Norbekov Mishenko bilan to'qnash kelib qoldi. Zaxiradan tushgan himoyachi jahl otiga mingan. 

26. Mirjamol Qosimov fol ishlatgani tufayli sariq kartochka oldi. 

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  SHohnazar Norbekov 11 metrlik nuqtaga yaqinlashdi va undan unumli foydalandi — 1:0!  


20. PENALTI!  AGMK sardori Sardor Rahmonov Zabihillo O'rinboevni qo'l bilan tortib qolgani bois penalti belgilandi. Rahmonovga qizil kartochka!  


19. "Metallurg" o'ng qanot orqali yorib kirishga urindi. 

15. Farhod Bekmuratov Mirjamol Qosimovga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

12. "Metallurg"da majburiy o'zgarish: Abbos Otaxonov o'rniga Xudoyshukur Sattorov o'yinni davom ettiradi.  

11. Zarba! Akrom Komilov yana bir bor olis masofadan zarba berib ko'rdi, noaniq.

9. Abbos Otaxonov o'z jamoadoshi Farruh Ibrohimov bilan to'qnashib ketdi. 

7. Bekobodda kuchli shamol esayotgani tufayli o'yin sifatiga tasir etmasdan qolmayapti.  

5. Olmaliqliklar vakili Murod Toshmatov jarima maydoni ichida qulay nuqtada to'pni qabul qilib oldi, ammo u ofsaydda qolgani malum bo'ldi. 

3. Akrom Komilovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi. 

2. Ixtiyor Toshpo'latov to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritish orqali jamoadoshlarini oldangi boshlashga urindi, AGMK esa bosim qilmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'zbekiston Rempublikasi davlat madhiyasi yangramoqda. 

Jamoalarning chigil yozdi mashqlaridan suratlar

Foto: Tolibjon Qosimov

- Toshkent viloyati derbisi 18:30 da start oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика