So’nggi yangiliklar

22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  0 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  5 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  80 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  10 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7

Superliga. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" o'yiniga oid malumotlar

Bugun Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bahsi bo'lib o'tadi.

TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida kechadigan bahs soat 18:45da boshlanadi. Muborak Ramazon oyi munosabati bilan stadionga keladigan muxlislar uchun "Lokomotiv" PFK tomonidan iftorlik tashkil etiladi. 

Quyida ushbu o'yinga doir bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" turnir jadvalida 17 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Jamoa 5ta o'yinda g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynagan va bir marta mag'lubiyatga uchradi. 

- "Lokomotiv" bugun o'z maydonida 6-o'yinini o'tkazadi. Bungacha "temimryo'lchilar" uyda 4ta g'alabani qo'lga kiritishdi. SHuningdek, bitta o'yin durang bilan yakun topdi. To'plar nisbati 12-4. 

- "Lokomotiv" oxirgi ikki turda durang qayd etdi. Jamoa Toshkentda "Qo'qon-1912" va Bekobodda "Metallurg" bilan durang o'ynadi. 

- "Lokomotiv" shu paytgacha "Bunyodkor"ga qarshi 25 bor maydonga tushib shundan 9tasida g'alaba qozongan. 

- "Lokomotiv"ning "Bunyodkor" ustidan eng yirik g'alabasi 3:0 (2015 yil qayd etilgan). 

"Bunyodkor"

- "Bunyodkor" ortda qolgan 8ta turdan so'ng 13 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 4 marta g'alabaga erishib, uch bor mag'lub bo'ldi, shuningdek bitta o'yinda durangga erishdi. 

- Mehmonda ochko yig'ish bo'yicha "Bunyodkor" ikkinchi o'rinda boryapti. "Qaldirg'ochlar" beshta safar o'yinida 7 ochko to'plashdi. 

- 3-5 turlar orasida qatorasiga uchta o'yinda g'alaba qozongan "Bunyodkor" shundan so'ng yana uchta o'yin o'tkazib, faqat bittasida g'alaba qozondi. Jamoa o'tgan tur "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi. 

- Ayni paytda "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov hisoblanadi va bu mutaxassis o'z paytida "Lokomotiv"ni ham boshqargan. 

- "Bunyodkor" bungacha "Lokomotiv"ga qarshi 25 o'yin o'tkazgan bo'lib, shundan 10tasida zafar quchgan. 

Oxirgi 5 o'yin

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1

2018 yil. Birinchi bosqich. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:1

2017 yil. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:2

2016 yil. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0

2015 yil. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:0

"Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning 4tasida "temiryo'lchilar"ning qo'li baland kelgan. Yana bitta uchrashuv 0:0 hisobida yakun topgan. To'plar nisbati 11-4, "Loko" foydasiga. Oxirgi beshta o'yinning birortasida "Bunyodkor" safarda g'olib chiqa olmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика