So’nggi yangiliklar

12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   0 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  3 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  6 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  22 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3

Superliga klublari futbolchilaridan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ qabul qilish boshlandi Yangiliklar

Superliga klublari futbolchilaridan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ qabul qilish boshlandi

Teglar :  TestSuperliga
Superliga klublari futbolchilarining jismoniy holati O'zbekiston Futbol Associaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar bergan edik.

SHuni takidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari joriy yil avvalida o'zbek futbolida ilk marta amalga tadbiq etildi. Sinovlarning dastlabkisi o'tgan yilning dekabr oyida, so'ngra chempionat starti oldidan fevral oyida o'tkazilib, shu orqali milliy chempionatimiz klublari futbolchilarining jismoniy holati haqida umumiy xulosa qilingandi.

Mazkur test-sinovlari tizimini ishlab chiqib, futbolchilarning jismoniy holati yaxshilanib borishini nazorat qilayotgan O'zbekiston Futbol Associaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi belgilangan reja asosida yozgi normativlar qabul qilishni ham boshladi.

Kecha, 24 iyun kuni “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchilari birinchi bo'lib normativlar topshirishdi. Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimi pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar har bir klub futbolchilarining oydan-oyga jismoniy jihatdan o'zining optimal sport formasiga kirib borayotganini sinovdan o'tkazishmoqda.  Futbolchilar 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50  metrga yugurish,  “Yo-Yo” test sinovlari bo'yicha normativlar topshirishmoqda. Darvozabonlar esa qo'shimcha ravishda to'pni belgilangan masofaga qo'lda va oyoqda etkazib berish bo'yicha ham o'z ko'rsatkichlari yaxshilanib borayotganini namoyish etishlari talab etilmoqda.

“Test-sinovlari mavsum avvalida futbolchilarning yangi chempionatga qanday tayyorgarlik ko'rganini aniqlash, ularning jismoniy jihatdan to'liq mavsum o'tkazishga tayyorligiga ishonch xosil qilish maqsadida tashkil etilgan edi. Ana endi hozirda klublar yozgi tatilga yo'l olishdi.  Ular mavsumning ilk qismini o'tkazishdi. Har bir klubning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi o'z qo'l ostidagi futbolchilarning jismoniy jihatdan faqat o'sishga erishishlarini nazorat qilib bormoqda. Ularning bu borada qanday ish olib borganini endi normativlar aniq ko'rsatib beradi. Normativlar shartlari o'zgarishsiz qoldi.  Faqatgina futbolchilarning sekin-asta formaga kirib borayotganini inobatga olib, ko'rsatgichlar biroz kuchaytirildiki, endi o'yinchilar qishdagidan ko'ra biroz tezroq va yaxshiroq natijalar qayd etishi lozim bo'ladi”, - dedi SHamil Iseev.

Superliga klublarining normativ topshirish muddatlari jadvali:

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика