So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiyada tajriba oshirishadi Yangiliklar

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiyada tajriba oshirishadi

O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan o'zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqish uchun bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Asosiy urg'u futbol boshqaruvidagi kadrlar masalasiga etibor berish, tashkilotning shaffofligini oshirish, oshkoralikni taminlash, milliy chempionat tizimini tubdan yangilash, yangi tahrirdagi Reglamentga ko'ra klublarga nisbatan talablarni kuchaytirish qatorida, futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanishga qaratilmoqda.

SHu maqsadda O'zbekiston futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov qisqa muddat ichida BAA, Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya, Franciya, Ispaniya kabi  qator mamlakatlarga safar uyushtirib, ular bilan hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishishga, memorandumlar imzolashga muvaffaq bo'ldi.

Dastlabki safarlaridan biri o'tgan yilning noyabr oyida Yaponiyaga uyushtirilgandi.   Umid Ahmadjonovning  Tokio shahrida Yaponiya Futbol Associaciyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuvi chog'ida  O'zbekiston va Yaponiya  Futbol Associyaciyalari o'rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuv asosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish, o'ziga xos musobaqalar va mavsumiy yig'inlarni tashkil etish, O'FA va YAFA terma jamoalari murabbiylari o'rtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki davlat futboli  murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o'quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o'rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo'yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasidagi ishlarni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgandi.

Memorandumga javoban shu yilning 7-12 fevral kunlari Yaponiyada O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo'yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. SHuningdek, marketing bo'yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida malumot olishadi.

Qayd etish lozimki, Yaponiya Jey-ligasida marketing sohasi rivojlangan bo'lib, Jey-liga birgina 2017 yil davomida jami 240 million AQSH dollari miqdorida homiylik mablag'lariga ega bo'lgan. Seminarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad klublarimiz vakillari uchun o'z sohalari bo'yicha bilimlarini oshirish, xorij tajribasini o'rganish va o'rganganlarini o'z klublarida tatbiq qilishdan iborat.

O'FA va Jey-Liga o'rtasidagi munosabatlar shu bilangina chegaralanib qolmaydi. Ikki davlat Futbol Associaciyalarining kelishuvidan o'rin olgan yana bir tadbir shu yil mart oyining dastlabki o'n kunligida tashkillashtirilishi mo'lajallanmoqda.

4-11 mart kunlari mamlakatimizda bolalar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga safar etishi rejalashtirilmoqda. Maqsad, yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida selekciya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.

Mazkur safar bilan bog'liq masalalar bo'yicha Yaponiya Futbol Associaciyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Associaciyaning xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassisi, o'zbekistonliklar delegaciyasiga masul xodim Tomo Sugiyama o'zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.

Unga ko'ra, delegaciyamiz azolari 7 mart kuni Jey-Liga uchrashuvlaridan birini tomosha qilishlari, 8 mart kuni yaponiyalik malakali mutaxassislar semminarlarida ishtirok etishlari, Jey-Liga maydonida o'tadigan Yaponiya U-14 terma jamoasi mashg'ulotlarini kuzatishlari, 9-10 mart kunlari huddi shunday tadbir U-15 va U-18 termalari ishtirokida davom etishi, 10 martda esa seminar hamda Jey-Liga o'yinlari uchrashuvlarini tomosha qilish belgilangan. SHuningdek, o'zbekistonlik delegaciyaning taklif va savollari bo'yicha ham rejalar tuzish imkoniyati borligi malum qilingan.  


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика