Superliga hakamlari test-sinovlari topshirishmoqda
25 iyu 2018 11:01
Yangiliklar
Superliga hakamlari test-sinovlari topshirishmoqda
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni taminlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, bugun Superligada ishtirok etayotgan bosh hakam va hakamlar yordamchilari Engil atletika federaciyaga qarashli yugurish yo'lakchasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test-sinovlari topshirishdi.
Test-sinovlarini O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov va boshqarma mutaxassislari Baxtiyor Namozov hamda Bobur Haydarovlar olishdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida hakamlar Dukentda nazariy bilimlar bo'yicha imtihonlar topshirishadi. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar 30 iyunga qadar davom etadi.
Fikrlar