So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Superliga hakamlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

Superliga hakamlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  HakamlarSuperliga
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarini sifatli boshqarilishini taminlash maqsadida, bir qator chora tadbirlar amalsha oshirilmoqda.

Ana shu maqsadda “Bunyodkor” stadionida Superliga hakamlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Superliganing 3ta turi davomida hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi.

Yig'ilishda O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar va nazoratchilar bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimov, FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA instruktori Farhod Abdullaev yig'ilganlarga hakamlar tomonidan Superliga uchrashuvlarida yo'l qo'yilgan xatolarni namoyish qilib, kelgusi uchrashuvlarda bu kabi xatolarning oldini olish va hakamlik borasida kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik borasida amalga oshirilishi kerak bo'lgan zarur chora-tadbirlar haqida so'z yuritishdi.

Kunning ikkinchi qismida Superliga hakamlari uchun maydonda turli bahsli vaziyatlar yaratildi. Hakamlar esa bu vaziyatlar bo'yicha qarorlar chiqarishdi. Barcha jarayon videotasvirga olinib, keyin hakamlarga sekinlashtirilgan holda vaziyatlar namoyish qilindi. Har bir hakam qaror chiqarish jarayonida yo'l qo'ygan kamchiliklarini ko'rib, o'zi uchun tegishli xulosalar chiqarib oldi.

Bu kabi yig'ilishlar mavsum davomida muntazam ravishda o'tkazib borilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика