So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Superliga hakamlari ishtirokida seminar o'tkazildi Yangiliklar

Superliga hakamlari ishtirokida seminar o'tkazildi

Bilasiz, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlari malaka va salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan qator chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, o'tgan mavsum davomida Superliga va Pro-ligada tur o'yinlari yakunlangach O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o'yinlar davomida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borilgan edi. Mazkur anana yangi start olgan mavsumda ham davom ettiriladi.

Bugun O'FA majlislar zalida Superliga 1-tur uchrashuvlari yakunlariga bag'ishlangan seminar tashkil qilindi. Unda hakamlar, nazoratchilar, shuningdek OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Seminar davomida 1-tur uchrashuvlarida ishlagan hakamlarning hatti-harakatlari tahlil qilinib, yo'l qo'yilgan bazi xatolar ko'rsatib o'tildi, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi o'yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi tajribali FIFA yo'riqchisi Farhod Abdullaev va boshqa yo'riqchilar tomonidan tushuntirildi. OAV vakillari ham tur doirasidagi hakamlik, turli bahsli vaziyatlar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bu kabi seminarlar mavsum davomida o'tkazib boriladi.


Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика