So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Superliga hakami qancha gonorar oladi? O'zFHM rahbari javob berdi Yangiliklar

Superliga hakami qancha gonorar oladi? O'zFHM rahbari javob berdi

Coca Cola Superligasida tanaffus davom etadi.


Barcha jamoa va futbolchilar singari hakamlar ham yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishdi. Biz ham "CHig'atoy" sport-komleksida o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashib, O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori Laziz Qo'chqorovning fikrlari bilan qiziqdik:

— Kelayotgan mavsum startiga oz muddat qoldi. Tayyorgarlik jarayoni qizg'in ketyapti. Barcha hakamlarning jismoniy holati va o'yin qoidalari bo'yicha bilimini testdan o'tkazyapmiz. Har kuni ikkitadan o'yin bor. SHu orqali VAR hakamlari ham sinovdan o'tadi.

— O'tgan yilning sentyabr oyida o'tgan o'quv-seminarida yordamchi hakamlar "gonorar"ini ko'tarish haqida gapirilgan edi. Bu narsa amalga oshdimi?

— Ha, o'tgan mavsumdayoq yaxshi tomonga o'zgarish bo'lgan edi.

— Nimaning hisobiga?

— Bunga homiylik shartnomalari evaziga erishdik. Hozir kattaroq kompaniyalarga ham taklif bilan chiqyapmiz. Rejalarimiz amalga oshsa, kelajakda ayollar futbolida ishlaydigan referilar va nazoratchilarning "gonorar"ida ham o'sish bo'ladi.

— Sir bo'lmasa, Superliganing bitta o'yini uchun qancha "gonorar" to'lanadi?

— Bugungi holatda bosh hakam 6 mln, laynsmenlar esa 3 mln so'mdan olishadi. 

— Yig'in avvalida barchadan normativ test olindi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovdan o'ta olmagan referilar ham bo'ldimi?

— Bo'ldi. Superliga guruhidagi bazi hakamlar jarohat tufayli topshira olmagan bo'lsa, yangi kelgan yoshlarning aksari qoniqarsiz natija qayd etdi. Ularga keyingi imkoniyat mart oyining oxirida taqdim etiladi.

— Yangi mavsumni har doimgidek O'zbekiston Superkubogi ochib beradi. Bu yilning eng muhim o'yinlaridan biri. SHunaqa bahslarga hakamlar qanday mezonlar asosida tanlanadi?

— Hakamning tajribasi va oldingi mavsumni qanday o'tkazganiga qaraymiz. SHuningdek, qishki tayyorgarlik yig'inida ko'rsatgan natijalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

— Kelayotgan mavsumda hakamlar orasida yangi nomlarni ko'ramizmi?

— Albatta. Kuzatgan bo'lsangiz, o'tgan yili ham har turda bittadan o'yin yoshlarga topshirildi. Yangi mavsumda ham yo'nalishimizni o'zgartirmaymiz. Yosh hakamlarga ko'proq etibor berishimiz kerak. CHunki ular bizning kelajagimiz. Agar faqat tajribali referilar xizmatidan foydalansak, ular faoliyatini yakunlaganidan keyin juda katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. SHuning uchun ertgangi kun haqida hozirdan o'ylashimiz kerak...

VIDEO  Firdavs Norsafarov: "Namangandagi penalti bo'yicha fikrim o'zgarmagan" 

VIDEO  Akobirxo'ja SHukurullaev: "Hakamlar o'yin natijasiga tasir qilishdan qo'rqishadi"

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика