So’nggi yangiliklar

08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  1 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  1 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  6 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  1 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  80 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  1

Superliga. AGMK Samarqandda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Superliga. AGMK Samarqandda mag'lub bo'ldi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Dinamo" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 5-daqiqasida mezbonlar ilk xavfli hujumni tashkil etishdi, Sardor Eminovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 19-daqiqada Kamron Saidazimovning kuchli zarbasini Botirali Ergashev ushlab oldi. 21-daqiqada Sardor Eminovning jarimadan yo'llagan zarbasi biroz yuqoriroq ketdi. 

30-daqiqada mezbonlar hisobni ochishdi. Biroq qanot hakami Qadamboy Nurmetovning golini o'yindan tashqari holatda deb topdi. 

34-daqiqada SHohruh Abdurahmonov jarima maydoniga kirib zarba berdi, qaytgan to'pni Nurmatov darvozaga kiritayotganida darvozabonga nisbatan qo'pollik qildi. 36-daqiqada Qadamboy Nurmatovning bosh bilan yo'llagan zarbasi ozginagina noaniq chiqdi.

Birinichi taymda hisob ochilmadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

47-daqiqada hisob ochildi. CHap qanotdan havodan uzatilgan to'pni SHohruh Abdurahmonov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0.

58-daqiqada Jasur Hasanov autdan uzatgan to'pini Sardor Rahmonov darvozaga yo'lladi, Botirali Ergashev o'z o'rnida.

83-daqiqada Amirjon Safarov birga-bir vaziyatga chiqib borib gol ura olmadi.

88-daqiqada Amirjon Safarov gol urdi, ammo hakamlar o'yindan tashqari holatni qayd etishdi.

Uchrashuvda "Dinamo" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. 


Superliga, 8-tur
"Dinamo" - AGMK 1:0
11 may 2019 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 17:30
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Ruslan Serazitdinov, Andrey Capenko, Ravshan Abdivohidov.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gol: SHohruh Abdurahmonov 47, - 1:0.

"Dinamo": 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Lokaev, 4.Hakimxon Alamxonov, 7.Jasur Azimov, 11.Qadamboy Nurmetov (10.Amirjon Safarov, 67), 16.Bobur Qosimov, 18.Abbos SHodmonov (Vohid SHodiev, 74), 23.Sardor Eminov (21.Damir Temirov, 89), 24.Jasur O'rinov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 34.SHoxrux Abdurahmonov.

AGMK: 1.Nizomiddin Ziyovuddinov, 5.Dilshod Jo'raev, 9.Zafar Polvonov, 17.Murodjon Toshmatov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.G'ulomhaydar G'ulomov, 22.Mirolyub Kostich (19.Jasur Hasanov, 56), 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov (99.SHahzodbek Nurmatov, 61), 44.Boburbek Yuldashev (37.SHerzod Fayziev, 69), 60.Kamron Saydazimov.

Zaxira: Akbar To'raev, Mirjamol Qosimov, Sanat SHixov, SHoxnazar Norbekov, Jasurbek Hakimov, SHahboz Umarov,

Ogohlantirishlar: Saydullo Rahmatov 20, Vohid SHodiev 90+2.


Dinamo

SHohruh Abdurahmonov - 47'

Superliga. 8-tur

11/05/2019, 17:30

0
:
1
Tugadi

OKMK

45'
90'
47'  SHohruh Abdurahmonov
67'  Qadamboy Nurmetov (Amirzhon Safarov)
74'  Abbos Shodmonov (Vohid Shodiyev)
89'  Sardor Eminov (Damir Temirov)
90'  Vohid Shodiyev
20'  Saidullo Rahmatov
56'  Mirolyub Kostich (Jasur Hasanov O)
61'  Sardor Rahmonov (Shahzodbek Nurmatov)
69'  Boburbek Yuldashev (Sherzod Fayziev)



Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика