So’nggi yangiliklar

13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  0 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  8 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4

Superliga. Bakaev "Buxoro" bilan ilk g'alabasini "Metallurg" ustidan qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. Bakaev "Buxoro" bilan ilk g'alabasini "Metallurg" ustidan qo'lga kiritdi

Bugun Coca Cola Superligada 9-tur bellashuvlariga start berildi.

Turni Buxorodagi to'qnashuv boshlab bermoqda. "Buxoro" o'z maydonida "Metallurg"ni mehmon qildi. Ulug'bek Bakaev buxoroliklar boshqaruvida birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Buxoro

Ro’zimboy Ahmedov - 35'

Superliga. 9-tur

04/05/2023, 19:00

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
35'  Ro’zimboy Ahmedov
35'  Aleksandar Stanisavlevich
50'  Vsevolod Nixaev
60'  Ro’zimboy Ahmedov (Aleksandr Kasyan)
66'  ZHavohir Ro'ziev (Humoyunmirzo Iminov)
83'  Asil Begimqulov (Rustam Abduxamidov)
84'  Aleksandar Stanisavlevich (Fayzullobek Jumanqo'ziev)
85'  Rustam Abduxamidov
31'  Ivan Yosovich (Filip Stamenkovich)
41'  Kerim Palich
49'  Ibrohim Ibragimov
59'  Marko Obradovich (Damir Temirov)
73'  Vladislav Kasminin
85'  Filip Stamenkovich (Diyorbek Toirov)
88'  Xudoyshukur Sattorov
90'  Xudoyshukur Sattorov

Superliga, 9-tur

04.05.2023, 19:00

"Buxoro" sport majmuasi

"Buxoro" - "Metallurg" 1:0

Gol: R.Ahmedov (A.Stanisavlevich) 35

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov. 

Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov.

Zaxira hakami: Dauletbay Amanbaev.

VAR: Firdavs Norsafarov.

AVAR: Nayim Qosimov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov.

Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 5.Dilshod Jo'raev, 15.Obid Jo'raboev, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 22.Ro'zimboy Ahmedov (9.Aleksandr Kasyan, 60), 25.Abbosjon Otaxonov, 70.Aleksandar Stanisavlevich (77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 84), 80.Farruhjon Ibrohimov, 88.Vsevolod Nixaev, 91.Asiljon Begimqulov (14.Rustamjon Abduhamidov, 83), 99.Javohir Ro'ziev (10.Humoyunmirzo Iminov, 66)

Zaxira: 1.Amon Bakaev, 4.Mirjalol Jumaev, 6.Bekzod Kamolov, 7.Jasur Azimov, 29.CHingizxon Qodirov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Bektemir Abdumannonov, 14.Abrorbek To'shqo'ziev, 17.Vladislav Kasminin, 22.SHaxzodbek G'ofurbekov, 30.Ibrohim Ibragimov, 33.Ivan Yosovich (55.Filip Stamenkovich, 31 (29.Diyorbek Toirov, 85), 91.Marko Obradovich (11.Damir Temirov, 59).

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 7.Husniddin G'ofurov, 19.Ergash Ismoilov, 21.Abdujalil Manazarov, 23.Behruz SHodmonov, 97.Muhammadali Aliqulov

Ogohlantirishlar: V.Nixaev 50, R.Abduhamidov 85 - K.Palich 41, I.Ibragimov 49, A.Kasyan 73, X.Sattorov 88

CHetlatish: X.Sattorov 90+5


MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi.

90+5 - Qizil. Xudoyshukur Sattorovga ikkinchi sariq va maydondan chetlatildi.

90+3 - Kasyanning zarbasi ustunga tegib qaytdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88 - Mehmonlardan X.Sattorov ogohlantirildi.

85 - Hozirgina maydonga tushgan R.Abduhamidov ogohlantirildi.

83 - O'zgarishlar: Mezbonlar safida Begimqulov va Stanisavlevich o'rniga Abduhamidov hamda Jumanqo'ziev tushdi.

73 - A.Kasyan ogohlantirildi.

71 - Zarba, Zabihilloning kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi.

70 - "Metallurg" asta sekin ustunlikni qo'lga olib gol urishag urinmoqda.

66 - O'zgarish: Mezbonlarda J.Ro'ziev o'rniga Humoyunmirzo Iminov tushdi.

60 - O'zgarish: Mezbonlar safida R.Ahmedov o'rniga Aleksandr Kasyan tushdi.

59 - O'zgarish: Mehmonlarda Obradovich o'rniga Damir Temirov tushirildi.

56 - I.Ibragimovning uzoqdan tepgan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

53 - Zarba, Bektemir Abdumannonovning zarbasini Qobuljonov ushlab oldi.

50 - Mezbonlardan Nixaev ogohlantirildi.

49 - Ibrohim Ibragimov ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.

1-bo'lim yakunlandi.

45+5 - Ro'zievning zarbasi noaniq.

45+1 - Palichning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

41 - Ogohlantirish. Kerim Palich Javohir Ro'zievga qo'pollik uchun sariq oldi.

Gol inobatga olindi. R.Ahmedov ofsaydda emas ekan. "Buxoro" oldinga chiqib oldi.

35 - GOOOLLL... Ro'zimboy Ahmedov hisobni ochgandi, ammo u o'yindan tashqari holatda ekan. Gol inobatga olinmadi.

31 - O'zgarish: "Metallurg"da jarohat olgan Yosovich o'rniga Filip Stamenkovich tushirildi.

29 - Bekobodliklar markaziy himoyachisi Ivan Yosovich ikkinchi marta orqa mushaklarini ushlab o'tiribdi maydonda. Balki almashtirilar...

27 - Zarbaaa, Ibrohim Ibragimov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, salgina noaniq.

25 - "Metallurg" burchak zarbasini ijro etdi. Ibragimovdan pas, Yosovichdan noaniq zarba.

17 - Bosh hakam vaziyat penaltiga tortmaydi deb hisobladi. O'yin davom etadi.

15 - Bosh hakam Ravshan Abduvohidov VARga bordi. Nimadir bo'ladiyov...

Buxoroliklar tashabbusni qo'l va oyoqqa olishmoqda.

13 - Zarbaaa, Stanisavlevichning pasidan keyin Dilshod Jo'raevdan zarba va Lobanovdan seyv. Bu safar ofsayd-pofsayd yo'q. Statistikaga kiradi bu holat.

12 - Zarbaaa, Dilshod Jo'raevning ajoyib pasidan keyin Ubaydullaev deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi va Lobanovdan chiroyli seyv. Ammo, Ubaydullaev ofsaydda ekan. Ugutamiz epizodni)

Ayni paytda "Buxoro" 4 ochko bilan jadvalda 13-pog'onada, "Metallurg" esa 7 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.

6 - Lobanov to'pni tepib yuborayotganda to'p Ro'zim Ahmedovga tegib ortga qaytdi va mehmonlar darvozasi tomonda sal sarosima kuzatildi.

Uchrashuvga start berildi.

Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib kelishdi. O'yinoldi rasmiy tadbirlarni o'tkazib olishadi.





O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика