So’nggi yangiliklar

23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   0 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  10 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  4 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  166 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  51 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  5 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2

Superliga. Birinchi davra vunderkindlari Yangiliklar

Superliga. Birinchi davra vunderkindlari

Superliganing joriy mavsumi ekvatoridan o'tdik. Birinchi davrada klublar safida bir qator yosh futbolchilar, iqtidorli to'p teparlar ko'zga ko'rindi.

Gollari, o'yinlari bilan etiborni torta oldi. Quyida ularning 5 nafari bilan tanishamiz.


SHahzod Nematjonov - So'nggi 5 yilda o'z tarbiyalanuvchilari, o'rinbosarlariga etiborni oshirgan "Metallurg" safida yildan yilga yangi nomlar etishib chiqmoqda. Ular turli yoshdagi terma jamoalarda muvaffaqiyatga ham erishayotgani bor gap. SHahzod Nematjonov garchi bekobodliklar safida o'tgan mavsumda debyut qilgan bo'lsada, aynan bu yilga kelib u imkoniyatlaridan foydalana olyapti. Dastlab O'zbekiston U-20 terma jamoasini nimchorak finalga olib chiqqan gol muallifiga aylangan bo'lsa, "Metallurg" safida 5ta o'yinda urgan 2 goli jamoaga 4 ochkoni taqdim qildi. Maydonda jami 375 daqiqa to'p tepdi. 

Asadbek Rahimjonov - "Turon"dan ijara asosida "Olimpik"ka o'tgan Rahimjonov Kapadzening etiboriga tezda tushdi. Superligada o'z imkoniyatini sinab ko'rishiga murabbiylar ishonch bildirishdi. 2004 yilda tug'ilgan yarim himoyachi birinchi davrada 9ta uchrashuvni to'liq 90 daqiqa o'tkazdi, yana 2ta uchrashuvda zaxiradan o'yinga qo'shildi. Tez qaror chiqaradigan, to'p bilan o'ynashni yaxshi ko'radigan Rahimjonov olimpiya terma jamoasiga ham nomzod hisoblanadi. 

Asilbek Jumaev - "Surxon" bu yildan boshlab yoshlar bilan yaxshi jamoa shakllantirmoqda. Sergey Tokov o'zi bilgan shogirdlari va mahalliy futbolchilar bilan quvnoq o'yin ko'rsatmoqda. O'yinda mazmun bor. 2005 yilda tavallud topgan Asilbek Jumaev "Surxon"ning kashfiyoti bo'la oldi, deya olamiz. Murabbiylar unga 10ta uchrashuvda imkoniyat taqdim qilishdi, u raqiblar darvozasiga 2ta gol urgan bo'lsa, 2ta golga assistentliq qildi. "Bunyodkor" darvozasiga urgan goli "Surxon"ga muhim 3 ochkoni keltirdi. "Neftchi"ga urgan goli esa durang uchun etarli bo'ldi. 

Zafarmurod Abdirahmatov - Bu futbolchi "ajdarlar" libosida 2022 yil debyut qilgan edi. Joriy yilga kelib esa terma jamoadagi o'yinlari hisobiga ko'proq ko'zga tashlandi, deya olamiz. Ro'ziqul Berdiev esa Superligada 3ta o'yinda imkoniyat berdi. Qanotdagi tezkor reydlari, oldinga o'tishdan qo'rqmasligi, raqiblaridan tezkorligi evaziga qochib ketishi kabi hislatlarini takidlash joiz. Murabbiylar muntazam o'yin amaliyoti bersa, keyingi yil u "Nasaf"ning muhim figurasiga aylanadi. 

Asadbek Karimov - Beshlikni "Surxon" futbolchisi yakunlab beradi. Aytganimizdek termizliklar safida bu mavsum ko'plab yoshlar yuzaga chiqayotgani rost. Ulardan yana biri Asadbek Karimovdir. 20 yoshli futbolchi "Surxon" safida bu yil debyut qildi. Bitta gol urdi va bitta qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

Bu borada siz ham o'z fikringizni qoldirishingiz mumkin


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика