So’nggi yangiliklar

23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  2 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  0 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  0 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  4 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:46Туркия кубоги. "Галатасарой" - "Истанбул Башакшеҳир" учрашуви асосий таркиблари маълум!  15 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  9 19:56Феллайни Бельгия жамоаси мураббийлар штабига қўшилди  0 19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  1 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  12

Superliga. "Neftchi" "Andijon" maydonidagi vodiy derbisida ustun keldi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" "Andijon" maydonidagi vodiy derbisida ustun keldi

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

"Andijon" – "Neftchi" 0:2

09.05.2025, 18:00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Islom Azimov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: 0:1 – 11, Farruh Sayfiev (G'ulom Haydar G'ulomov), 0:2 – 59, Jamshid Iskanderov (Abror Ismoilov)

"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov (11.Islam Mashukov, 84), 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov (22.Usmonali Ismonaliev, 78), 10.Ilhomjon Abdug'aniev (9.Mirzad Mehanovich, 66), 13.Sardor Azimov (23.Doniyor Abdumannopov, 46), 18.Damir Temirov, 32. Luka Uskokovich, 33.Oleg Zoteev, 71.Bektemir Abdumannonov (17.Farhod Sohibjonov, 66)

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 8.Iskandar Shayqulov, 14.Abdurahmon Komilov, 66.Miomir Jurichkovich

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (14.Jamshid Boltaboev, 66), 7. Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov (17.Muhammadali G'iyosov, 90+3), 11.Quvondiq Ro'ziev (77.Bilolxon Toshmirzaev, 77), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 24.G'ulom Haydar G'ulomov, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 78), 34.Farruh Sayfiev

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 9.Shohrux Gadoev, 28.Nodir Komilov, 33.Shohrux Yoqubjonov

Ogohlantirishlar: Doniyor Abdumannopov (86), Anvar G'ofurov (88)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+3. "Neftchi"da o'zgarish bo'ldi.

90+2. Zarba! Tomatadze raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda gol ura olmadi, Rahimov to'pni qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Andijon"  darvozaboniga to'pni o'yinga kiritishda xalaqit bergan Anvar G'ofurovga sariq kartochka ko'rsatildi.

86. Sayfievga nisbatan qo'pol o'ynagan Abdumannopov ogohlantirildi.

84. "Andijon" yana bir o'zgarishga qo'l urdi.

80. Zarba! Rahimov Boltaboevning zarbasini qaytardi.

78. "Andijon"da bitta, "Neftchi"da ikkita o'zgarish amalga oshirildi.

74. Marushichning pasidan so'ng Kreziu vaziyatni yo'qqa chiqardi.

71. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning yon chiziqdan uzatmasi Turdimurodovning zarbasi bilan yakunlandi. Yaqin masofadan bosh bilan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

66. "Andijon"da ikkita, "Neftchi"da bitta o'zgarish amalga oshirildi.

59. GOL! Ismoilov o'ng qanotdan "Andijon" jarima maydoniga yorib kirib, markaz tomon pas berdi. Iskanderov esa to'pni to'xtatmasdan yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

57. Zoteevning chap qanotdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

53. Markazda Temirovga nsibatan fol ishlatildi.

49. "Neftchi" standart vaziyatga ega bo'ldi. Ro'zievning uzatmasi qaytarildi.

46. Turdimurodovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Andijon"da o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Turdimurodovning zarbasidan so'ng Ergashev to'pni egallab oldi.

41. Iskanderovning burchakdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

38. Iskanderovning yana bir uzatmasi Ubaydullaevning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

37. Zarba! Ismoilovning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

36. Zarba! Sayfievning pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Marushich aniq zarba yo'llay olmadi. 

32. VAR "Andijon" darvozasiga belgilanishi mumkin bo'lgan ehtimoliy penaltini ko'rib chiqishdi: qaror o'zgarmadi, penalti yo'q.

31. Iskanderovning chap qanotdan pasini Marushich zarbaga aylantira olmadi.

29. Mezbonlarning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi. Ergashev to'pni egallab oldi.

22. Zarba! Kreziuning jarimadan yo'llangan aniq zarbasini Ergashev qaytardi.

20. Iskanderovning burchak uzatmasini Rahimov egallab oldi.

16. Abdumannonov tomonidan burchakdan uzatilgan to'p noaniq ko'rinish oldi. Aut.

12. Aliboev fol ishlatdi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Altin Kreziuning uzatmasi raqib himoyachilari tomonidan qaytarildi.

11. GOL! Farruh Sayfiev markazdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan o'ng oyog'ida "Anijon" darvozasiga joylab qo'ydi!9. Zarba! Abdumannonov tomonidan yo'llangan zarbani Ergashev qaytardi.

Bugungi o'yinga "Andijon"ni yordamchi murabbiy Artyom Petrosyon tayyorladi. Hamkasbimizning xabar berishicha, bosh murabbiylikka davogar Maksim Shackix ayni damda Andijonda, "Bobur Arena"da mazkur uchrashuvni kuzatib bormoqda.

2. Ismoilovning o'ng qanotdan uzatmasini Rahimov urib yubordi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Andijon" qizil, "Neftchi" sariq-qora rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика