So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  36 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Superliga. AGMK - "Nasaf" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

Superliga. AGMK - "Nasaf" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

Superliganing 3-turi doirasida qoldirilgan AGMK - "Nasaf" bahsi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


Superliga, 3-tur.
Qoldirilgan o'yin.

AGMK — "Nasaf" - 2:2
26 iyun 2022 yil. Olmaliq, OKMK stadioni. 20:00
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylovov, Sultonmurod Abdurahmonov.
VAR hakami: Aziz Asimov.
VAR yordamchi hakami: Timur Gaynulin.
Nazoratchi: Igor Nexochin.

Gol: Norchaev, 26 (0:1), Haqnazariy, 66 (1:1), Boake, 75 (2:1), Abdurahimov, 82 (2:2)

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev, 5.Anzur Ismoilov, 2.Akrom Komilov - 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (15.Andrey Mishenko, 68), 88.Siyavush Haqnazariy - 22.SHohruh Gadoev (77.Nodir Abdurazzoqov, 90+4), 23.Aleksandr Kasyan (27.Martin Boake, 68), 10.Xurshid G'iyosov.
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 45.Jamoliddin Hikmatov - 9.Zafar Polvonov, 31.Ahmadullo Muqimjonov, 63.Alisher Jalilov.

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Xusniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. SHarof Muhiddinov, 8. Dilshod Saitov (34. SHerzod Nasrullaev, 73), 10. Xusayn Norchaev, 17. Suhrob Nurulloev (9. Ivan Solovev, 73), 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (18. Bahrom Abdurahimov, 73), 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 35. Abduvohid Nematov - 2. Alibek Davronov, 20. SHaxzod Akramov, 23. Sardor Sadullaev, 30. Aziz Xolmurodov, 

Ogohlantirishlar: Nurulloev (54), Aliqulov (72), Mishchenko (90+5)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Jangovar o'yinda jangovar durang qayd etildi.

90+5. Mishchenko qo'polligi uchun ogohlantirildi.

90+4. O'zgarish: Gadoev o'rniga Nodir Abdurazzoqov maydonga tushdi.

90+3. Dastlab Bozorov, keyin esa Norchaev o'ta qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Ikkala jamoa futbolchilari "kalla urishtirishdi". SHifokorlar sahna markazida.

85. Nasrullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

82. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Abdurahimov hisobni tenglashtirdi! Eshmurodovning himoyadagi standart ijrosidan so'ng Aliqulov faol harakat qilib, ikkinchi qavatda ustunlik qildi. Bahrom esa hujumni muvaffaqiyatli yakunladi.

80. Olmaliqliklar oldinga chiqib olganiga qaramay, hujum qilishda davom etmoqda.

75. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! BOAKE!!! Kambek! Mana buni hujumchi desa bo'ladi!!! 


73. "Nasaf"da birato'la uch o'zgarish: Dilshod Saitov, Suhrob Nurulloev, Marko Stanoevich maydonni tark etdi, SHerzod Nasrullaev, Ivan Solovev va Bahrom Abdurahimov o'yinga qo'shildi.

72. Aliqulov ogohlantirildi

68. AGMKda ikki o'zgarish: Qosimov va Kasyan maydonni tark etdi, Andrey Mishenko hamda Martin Boake o'yinga qo'shildi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Komilovning pasidan so'ng Haqnazariy kuchli zarbasi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi!


63. Ikki raqib futbolchilari to'p ketidan quvlashmachoq o'ynadi. Gadoev to'pga endi etdim deganda, to'p yumalab maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

61. Haqnazariy dastlab sherigining pasini to'xtatolmadi, keyin esa alamini Mozgovoydan oldi.

57. Kasyanga "Nasaf" mukofot puli ajratishi kerak. AGMK foravrdi deyarli bir metrdan raqib darvozasini ishg'ol qilolmadi.

55. Tursunov Italiya faxriylari posboni Abyattiga urgan golini takrorlagisi keldi, biroq har gal o'xshayvermaydi-da.

54. Nurulloev hakam hushtagidan so'ng zarba berganligi uchun "minnatdorchilik sifatida" sariq kartochka mukofoti bilan siylandi.

53. Qarshiliklarga qarshilik qilish mushkul bo'lmoqda. Jamoa navbatdagi standartni ishlab oldi.

49. Gadoevdan javob.  O'ng qanotdan oldinga borgan futbolchining pasidan so'ng Kasyanning oyog'i kaltalik qildi.

48. "Nasaf"ning "Bavariya" uslabidagi hujumining yakuni bavariyacha bo'lmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi va yakuniga etar-etmas hakam hushtagini chaldi. Tanaffus.

45. Bozorov Abdullaevni maktab bolalari singari aldab o'tib, zarba yo'lladi, biroq uning zarbasiyam ikkichi maktab bolalariniki singari amalga oshdi.

44. Standartdan so'ng Ergashev mashg'ulotlardagi odatiy harakatlarini amalga oshirib, qo'llarini barchadan yuqoriga cho'zgancha, to'pni o'zlashtirib oldi.

43. Haqnazariy haqqoniy tarzda burchak zarbasi ishlab oldi. 

40. Mozgovoy shifokor amakilarning xizmatiga ehtiyoj sezdi. 

38. "Nasaf"ning burchak zarbasi bartaraf etildi.

36. Gadoev G'aybullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakamga "O'zi boshladi", deya etiroz bildirdi.

33. ZARBAAAA! Ismoilovning kechirilmas xatosidan so'ng Norchaev chap oyoqda zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

32. G'aybullaev ham gol urgisi keldi, biroq undagi zarbaning gol bo'lish ehtimoli juda-juda past edi.

26. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! NORCHAEV!!! O'ng qanotdan Stanoevichning uzatmasini ikki bo'ydor raqib himoyachilar qurshovida turgan Husayn bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi! Valijon Rahimov ham keyin ko'rolamanmi-yo'qmi deya indamasdan golni tomosha qildi.

25. Stanoevichning zarbasi ham o'zi istagan adresga etib bormadi.

24. Aliqulov merganligini uzoq masofadan sinab ko'rdi, hozircha biroz ishlash kerak ekan.

21. Norchaev Salohning kayfiyati bo'lmagan paytidagi ijro etadigan zarbalaridan birining nusxasini ijro etdi.

20. Komilovning uzatmasidan so'ng "Nasaf" darvozaboni to'pni qatradi, shu bilan birga, to'p raqib futbolchisidan maydon tashqarisiga chiqishini taminladi. 

17. G'aybullaev Kasyanni oldinga yolg'iz yuborgisi kelmadi hamda ko'kragini erga tekkazdi, oqibatda hakam olmaliqlik futbolchi foydasiga qaror qabul qildi.

16. Bozorov-Mozgovoy kombinaciyasi yakuniga etmay qoldi.

13. Kasyan tabloga qaraydigan kishini ishga solishiga bir bahya qoldi.

12. Bozorov zarbasining spidometri past ko'rsatkichni qayd etdi, bu esa raqib posboniga qiyinchilik tug'dirmadi. 

10. Bozorov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatda qoldim deb endi ichiga quvonib turganida, hakam "Yo'q, ofsaydda qolding", deya uning quvonchiga barham berdi.

8. Gadoev o'yindan so'ng "Cinepar gel" olishiga to'g'ri keladi shekilli, har holda "Nasaf" futbolchilari shunga majbur qilishmoqda.

6. "Nasaf" futbolchilari "Bo'ldi-da, o'z uslubimizdan chekinmaylik", deya oldinga tashlanishdi. Dastlabki yurishdan so'ng burchak to'pi ishlandi.

4. Mezbonlar dastlabki daqiqalarda hujumlar yomg'irini amalga oshirishmoqda, "Nasaf" esa bunga qarshi mudofaa "soyaboni"i bilan himoyalanmoqda.

2. Tursunovga nisbatan Stanoevich qo'pollik ishlatdi. 

1. Uchrashuvni "Nasaf" futbolchilari boshlab berdi.

Olmaliqliklar bugun 4-3-3, qarshiliklar esa 3-4-3 sxemasida o'ynni boshlaydi.

Bugun AGMK oq, "Nasaf" esa qizil rangli libosda maydonga chiqdi. Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv Superliga 3-turining qoldirilgan bahsi hisoblanadi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Dam olish kunida futbolga borishga eringan bo'lsangiz-da, muzdek qovun-tarvuzni suygancha, ekran yoki telefon qarshisida qiziqarli futbol guvohiga aylanishga nima etsin!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика