So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Superliga. 5-turning 3 ta o'yini nomalum muddatga qoldirildi Yangiliklar

Superliga. 5-turning 3 ta o'yini nomalum muddatga qoldirildi

Qatar mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo Kubogi startiga sanoqli kunlar qoldi.

Timur Kapadze boshqaruvidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2 aprel kuni yig'inga kirishadi. 

Parij Olimpiadasi yo'lida kurashga kiradigan Kapadze terma jamoa yig'iniga "Nasaf"dan 4 va "Paxtakor"dan 5 nafar futbolchini jalb qildi. Ularning barchasi o'z jamoasining asosiy futbolchilari hisoblanadi. SHuningdek, "Olimpik" terma asosini tashkil qiladi. 

Liga olimpiya termasi bilan 2024 yilgi taqvim masalasida o'tgan mavsumning oktyabr oyida fikr almashgan bo'lib, unda Superliga 5-turidagi ayrim bellashuvlar sanasi o'zgarishi ko'zda tutilgandi. Olimpiyachilar Qatarga yo'l oladigan davrda esa O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. Mazkur musobaqada "Olimpik" Toshkentda qolgan futbolchilar bilan ishtirok etishi masalasida kelishilgan.

Kutilganidek, Kapadze "Nasaf" va "Paxtakor" klublarining 3 nafardan ortiq futbolchisiga suyanishga qaror qildi. "Superliga va Proliga reglamenti"ning 10.9-bandida olimpiya terma jamoasi uchun uch futbolchisini taqdim etgan klub oldindagi bellashuv sanasini o'zgartirishni so'rashga haqli ekanligi ko'rsatilgan. "Nasaf" va "Paxtakor" bu imtiyozdan foydalanishga qaror qildi. SHuningdek, kelishuv asosida "Olimpik" ishtirokidagi Superliga o'yini ham ular qatorida boshqa sanada o'tkaziladi. 

Superliga 5-turida "Nasaf" "Navbahor" bilan uy, "Paxtakor" esa "Neftchi" bilan safar o'yinida ishtirok etishi kerak edi. Liga qoldirilgan bellashuvlar qachon bo'lib o'tishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика