So’nggi yangiliklar

19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  2 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  3 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  26 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   11 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  15

"Buxoro" - "Paxtakor" va "Metallurg" - "So'g'diyona". Kimning imkoniyatlari qanday? Yangiliklar

"Buxoro" - "Paxtakor" va "Metallurg" - "So'g'diyona". Kimning imkoniyatlari qanday?

Kecha superliganing 5-tur uchrashuvlariga start berildi.

Bugun “Paxtakor” jamoasi “Buxoro” bilan kuch sinashsa, “Metallurg” Bekobodda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qiladi. 7 aprel kuni 5-tur uchrashuvlari yakunlanadi. SHu kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi Namanganning “Navbahor” klubi mehmoni bo'lsa, “Lokomotiv” Toshkentda “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvlar oldidan jamoalarning o'zaro o'yinlari statistikasini va imkoniyatlarini taqdim etamiz.




“BUXORO” – “PAXTAKOR”

Buxoroning “Buxoro” bundan avvalgi turda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmoni bo'lib 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchragandi. Bu turda ham “Buxoro” jamoasi poytaxtning boshqa bil klubi “Paxtakor”ni qabul qiladi. Ushbu ikki jamoa o'zaro 50 marotaba to'qnash kelishgan. O'tkazilgan 50 uchrashuvning 39tasida “Paxtakor” jamoasi g'alaba qozongan. 6ta o'yinda “Buxoro”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, qolgan 9ta bahsda durang natija qayd etilgan. Ushbu o'yinda muxlislar haqiqiy jang guvohi bo'lishi mumkin. Musobaqa reytingidagi ikki jamoa o'rtasidagi ochkolar tafovuti 1 ochkoni tashkil etadi. Ikkala jamoa ham faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqishi shubhasiz. Bu o'yinda “Paxtakor”ning imkoniyatlari ko'proq.

30/30/40



“METALLURG” – “SO'G'DIYONA”

Musobaqa jadvalida so'nggi pog'onada borayotgan Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi ushbu turda Bekobodning “Metallurg” jamoasi mehmoni bo'ladi. Bundan avvalgi turda “So'g'diyona” o'z uyida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qilib 1:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Musobaqaning 4-turiga kelib “So'g'diyona” jamoasi 1 ochko jamg'arishga erishdi. “Metallurg” esa “So'g'diyona” jamoasidan ko'ra ancha yaxshi natija qayd etmoqda. Ushbu jamoalar o'zaro 32 marotaba to'qnash kelishgan. 12 uchrashuvda “Metallurg” g'alaba qozongan bo'lsa, 13ta o'yinda “So'g'diyona”ning qo'li baland kelgan. Qolgan 7ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Bu turda “Metallurg” g'alabalar soni bo'yicha “So'g'diyona”ga etib oladimi? Superliga bahslarida “So'g'diyona” omadsiz ishtirok etmoqda. SHuning uchun ham bu bahsda “Metallurg” jamoasining imkoniyatlari ko'proq.

50/30/20


“NAVBAHOR” – “NASAF”

Qarshining “Nasaf” jamoasi bu turda mehmonda Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. “Ajdarlar” OCHL musobaqasini guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'lishdi. Ularning hisobida hozircha 1ta rasmiy uchrashuv turibdi. Ushbu o'yin “Nasaf” uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. SHuning uchun ham Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bor etiborlarini ichki chempionatga qaratgan. “Navbahor” jamoasi bilan bo'ladigan o'yinda “Nasaf” g'alaba qozonish uchun harakat qiladi. Ushbu jamoalar o'zaro 42 marotaba to'qnash kelishgan. SHundan 22ta o'yinda “ajdarlar” g'alaba qozongan. 11 o'yinda esa “Navbahor”ning qo'li baland kelgan. Qolgan 11 uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. “Nasaf” jamoasi safarda “Navbahor”ni 3 marotaba mag'lub etishga erishgan. Namanganda bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 9tasida “Navbahor” jamoasi g'alaba qozongan. “Nasaf” esa 4 marotaba safarda mezbon jamoadan ustun kelgan. 7 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Nasaf” so'nggi 8 yilda Namanganda 2 marotaba g'alaba qozongan. Bundan ko'rinib turibdiki, “Navbahor”ning uy uchrashuvlardagi imkoniyati “Nasaf”ga qaraganda ko'proq.

30/40/30



“LOKOMOTIV” – “QO'QON-1912”

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi ichki ikkita frontda kurash olib borayotgani bois chempionatda u darajada yaxshi natija qayd eta olmayapti. Kuni kecha BAA “Al Vahda” jamoasini yirik hisobda g'alaba qozondi va o'z imkoniyatlarini yaxshilab oldi. “Temiryo'lchilar” mana shunday ko'tarinki ruhda Toshkentga qaytib kelishdi va “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ushbu jamoalar o'zaro 6 marotaba to'qnash kelishgan. “Lokomotiv” jamoasi o'tkazilgan o'yinlarning 4 tasida g'alaba qozongan va 2 ta o'yinda durang natija qayd etgan. Bundan ko'rinib turibdiki, “Qo'qon-1912” jamoasi “Lokomotiv”ni biror marotaba ham mag'lub eta olmagan. Bu turda “Lokomotiv” jamoasining imkoniyatlari raqiblarga qaraganda ko'proq.

40/30/30

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика